www.ziyouz.com kutubxonasi
105
— Maktabimizga direktor edi. Har kuni bizni hovliga tizib «Osmonga qarab «Xudo, konfet
ber», deb yalininglar», derdi. Aytganini qilardik. «Xo‘-o‘sh, berdimi? Yo‘q. Demak, Xudo
yo‘q ekan, a? Endi «Direktor bova, konfet bering» denglar», derdi. Aytganimizdan so‘ng
uch-to‘rtta bolaga popuklik konfet berardi. «Xo‘-o‘sh, Xudo zo‘rmi yo menmi?» derdi.
Ellik sakkizinchi yilda bir o‘quvchi qizni boplab qo‘ygan ekan. Stalin repressiya qildi, deb
o‘tiribdi haromi. Bir boplayman, deb yuruvdim, uchragani yaxshi bo‘ldi.
Paxmoqsoqol Kesakpolvonni tanimadi. Lekin maktabdagi o‘sha holni esladi. Kesakpolvon
uni «boplaganidan» xursand ketdi. Paxmoqsoqol esa shunday esi yo‘q bandalarni ham
yaratgani uchun Xudoga shukrlar qilib, sochilib yotgan pullarni yig‘ib, cho‘ntakka urdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |