Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
Asadbek to uning qorasi o‘chmaguncha izidan tikilib turdi. A’yonlar «o‘gay amaki»ning 
ahvoliga achinganday indashmadi. 
— Endi o‘z holiga qo‘yinglar, — dedi Asadbek. — Jinnixonaga qaytmasin. Yuraversin. 
Chuvrindi buyruqni yaxshi anglamay, Asadbekka qaradi: 
— Kuzatuvdagi yigitlarni boshqa ishga olaveraymi? 
— Ha, ishlaring bo‘lmasin, dedim-ku! Jinnixonaga tayinla, bolalari olib borsa, qabul 
qilmasin. Tamom! 
Ming to‘qqiz yuz elliginchi yilning birinchi yanvaridagi hukmning so‘ngroq tuzatilgan 
ikkinchi yarmi shu zaylda ijroga kirdi. 
Zinatulinni qabrlararo tanho qoldirib, izlariga qaytdilar. Go‘rkovlar xonasiga ko‘tariluvchi 
zina yonidagi ensiz supaga ko‘rpacha to‘shalibdi. Ko‘rpacha ustida chordana qurib 
o‘tirgan, boshiga qozonni eslatuvchi qo‘lbola qalpoq kiygan, paxmoqsoqol ularning 
e’tiborlarini tortdi. Jamshid go‘rkovboshini tashqariga qo‘ymay iziga qaytargach, dam 
o‘tmay ko‘rpacha ko‘tarib shu paxmoqsoqol chiqib kelgan edi. Ko‘rpachani supachaga 
to‘shab o‘tirib olgani uchun Jamshid unga indamadi. Paxmoqsoqol bir nimaning ilinjida 
o‘tirganini sezsa ham Asadbek to‘xtamay o‘tib ketmoqchi edi. 
— Ie, vey, to‘xta, — dedi Kesakpolvon paxmoqsoqolga tikilib, — direktorimga o‘xshaydi-
ku? 
Asadbek to‘xtab, Kesakpolvonning izidan qaradi. Paxmoqsoqol o‘tirgan yerida salomga 
alik oldi. Kesakpolvon supa chetiga omonat o‘tirgach, paxmoqsoqol tilovat boshladi. 
So‘zlarini yamlab  talaffuz qilishiga e’tibor berib, bu «qori» ham keyingi paytda birdaniga 
bodrab chiqqan chalamullalardan biri ekanligini fahmlash qiyin emasdi. Tilovat tugagach, 
Kesakpolvon o‘n so‘m uzatdi. Paxmoqsoqol shunga yarasha uzoq duo qildi. 
Kesakpolvon paxmoqsoqolga tikilganicha o‘tiraverdi. 
— Ha, o‘g‘lim, meni birovga o‘xshatyapsizmi? — dedi paxmoqsoqol o‘ng‘aysizlanib. 
— O‘xshatyapman... Siz o‘ttiz ikkinchi maktabda ishlamaganmisiz? 
— Ha, endi... sho‘rolarga ham xizmatimiz singgan. Sababi tirikchilik-da. Siz, o‘g‘lim, shu 
maktabda o‘qiganmisiz? 
— Tikilmang, tanimaysiz meni. Sizni qamalib ketgan deb eshituvdim. 
— Ha, endi... tuz-nasib qo‘shilgan ekan... 
— Bir o‘quvchi qizni... a? 
— Astag‘firulloh! Bu bo‘hton gap. Stalin davrida  reprisa qilinganman. 
— Qani, qori aka, bi-ir osmonga qarang, — paxmoqsoqol ajablandi, biroq, 
Kesakpolvonga itoat etdi — osmonga qaradi. — Endi Xudoga yolborib, «menga yuz 
so‘mlik yog‘dir», deng. 
— Shakkoklik qilmang, o‘g‘lim. 
— Siz aytganimni bajaring, — Kesakpolvon bu safar tahdid bilan gapirdi. Paxmoqsoqol 
cho‘chib, bir nima deb pichirladi. 
— So‘radingizmi, bermadimi? Endi mendan so‘rang.  
— O‘g‘lim, qo‘ying, gunoh bo‘ladi... 
— So‘ra deyapman! 
— Yuz so‘mlik yog‘diring... o‘g‘lim. 
Kesakpolvon cho‘ntagidan bir dasta pul chiqardi-da, Paxmoqsoqol ustidan sochdi. 
Paxmoqsoqolning ko‘zlari qinidan chiqquday bo‘lib o‘ynab ketdi. 
— Qani, men kuchlimanmi, yo Xudomi? — dedi Kesakpolvon unga zaharli nigohini 
qadab. Paxmoqsoqol boshini egib o‘tiraverdi, javob bermadi. 
— Nimaga unday qilding? — dedi Asadbek, mashinaga o‘tirishgach. 
— Haromidan o‘chimni oldim, — dedi Kesakpolvon sigaret tutatib. 
— Kim u? 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish