Ishlab chiqarish iktisodiyoti I


Ishlab chiqarishni tashkil qilish



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/53
Sana16.03.2022
Hajmi0,77 Mb.
#498106
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
Bog'liq
ishlab chiqarish iqtisodiyoti (1)

Ishlab chiqarishni tashkil qilish
– bu mehnat vositalarini, 
mehnat predmetlarini va mehnatning o‘zini ishlab chiqarish jarayon-
larini va butunlay tadbirkorlik faoliyatini samarali yuritish maqsa-
dida zamon va makonda maqsadga eng muvofiq tarzda birlashtirish 
va foydalanishni ta’minlovchi usularning yig‘indisidir.


63 
Tadbirkor eng avvalo ishlab chiqarish texnologiyalariga 
asoslangan ishda muvoffaqiyat qozonishni rejalashtiradi. Bu 
texnologiyalar tadbirkor ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lmagan ilmiy – 
texnik faoliyat natijasidir. Texnika, texnologiya, tabiiy sharoitlar, 
tashqi holatlardan tashqari ishlab chiqarish jarayoniga unga jalb etil-
gan xodimlarning faoliyatining o‘zi kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bu omil 
tadbirkorlarga yaqin va u xodimlarga ta’sir ko‘rsatish orqali ishlab 
chiqarish jarayoni natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Tadbirkor xodimlar faoliyatini tashkil qilishni quydagi talablar 
va tamoyillarga bo‘ysindiradi: 
1. Ishlarning to‘siqsizligi shundaki, tashqi o‘zgarishlar bo‘lishi 
ehtimoli bo‘lgan sharoitlarda bitta ijrochini faoliyatining natijalari 
uning o‘ziga halaqit beruvchi o‘z to‘sig‘i emas. To‘siqsizlikka rioya 
qilish ishlab chiqarishning kamchiliklarini, uning jarayonlaridagi 
kelishmovchiliklarini bartaraf etish ishlab chiqarishning uzluksizligi 
tamoyiliga amal qilishga imkon yaratadi, u uskunalarning ortiqcha 
zaxiralari to‘planishi, boshqa xodimlarni kutishni chiqarmasligi 
kerak. 
2. Ishlab chiqarish resurslari va bajariladigan ishlarning mu-
vofiqlashtirganligi. Ishlab chiqarish resurslarini muvofiqlashtirib 
foydalanish uskunalarni ishlab chiqarish binolarini optimal yuklash 
ishchilarni oqilona (ratsional) band etishni o‘z ichiga oladi. Bu 
tamoyilni ishlatishdan samara shundaki, xodim tadbirkorlik sohasida 
shuningdek tadbirkor ham bo‘ladi, lekin u kapitalga suyanmaydi.
3. Ishlar sifatining kafolatlanganligi o‘z ichiga ishlab chiqarish 
vazifasini topshiriqlarga ijrochiga aniq qo‘yish, materiallar asboblar 
va nazorat vositalari bilan ta’minlashga sinchiklab, batafsil bo‘lib 
chiqishni o‘z ichiga oladi.
4. Ishlarning o‘z muddatlarida bajarilishining kafolatlanganligi 
amallarni 
bajarish 
vaqtini 
me’yorlash, mahsulot jo‘natish
muddatlarini, asboblarini, buyurtmalarni bajarish, xizmatlarni taqdim 
etish muddatlarini hisobga olishni o‘z ichiga oladi.
5. Xodimining hamkorlik qilishga tayyorligi mehnat sharoitlari, 
shu jumladan muhofaza qilish sharoitlarini ham takomillashtirilishiga 
asoslanadi. Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lgan tarbiyaviy samara ijobiy 
ham, salbiy ham (xizmatdoshlarini, rahbariyatni hurmat qilmaslik – 
uchastkadagi tarang munosabatlar majburiyatlarning noaniq taqsim-
lanishi) mumkin.


64 
Ishlab chiqarishning xarakteri va tuzulmasi chiqarilayotgan 
mahsulotning 
o‘ziga 
xosliklaridan, 
ishlab 
chiqarishning
qo‘llanillayotgan mehnat vositalaridek. Mehnat predmetlari va 
texnologik jarayonlariga bog‘liqdir to‘g‘ri tashkil qilingan ishlab 
chiqarish ixtisoslashtirish, proporsionallik, paralellik, uzluksizlik, 
To‘g‘ri oqimlilik va ritimlilik kabi asosiy tamoyillariga amal qilib 
quriladi.
Ishlab chiqarishning ixtisoslashtirilishi – bu konstruktiv va texnik 
jihatdan o‘xshash mahsulotlarini chiqarishni jamlashdir. Konstruktiv 
va texnalogik o‘xshashlik keng miqyosda unifikatsiyalashtirish yo‘li 
bilan yaratiladi. Eng umumiy ko‘rinishda unifikatsiya - ko‘p xillikni 
unifikatsiyalashtirilayotgan obyektni ayrish tomonidan yaxshilash bi-
lan oqilona bir xillikka keltirishdir.
• Proporsianallik – bu ishlab chiqarishning hamma 
bo‘linmalarining ishlab chiqarish quvvatlarini qo‘shishdir. U 
mahsulotni kerakli miqdorda, nomenklatura (ro‘yhat) da, assorti-
mentda va butlikda, tadbirkor belgilangan muddatlarda chiqarish 
imkonini beradi.
• Parallelik – ishlab chiqarish jarayonining amallari va bosqichla-
rini bir vaqtda bajarishdir. Bu tamoyil pirovard mahsulot tayyorlash 
bo‘yicha keng ish fraktini yaratish imkonini beradi.
• Uzluksizlik – ishlab chiqarishni shunday tashkil qilishni, bunda 
bir amal boshqasidan so‘ng bir smenda, smenalar o‘rtasida, amal 
ichida va amallar orasidagi tanaffuslarsiz keladi.
To‘g‘ri oqimlilik – mahsulotning ishlab chiqarish jarayonida 
harakatlanishini oqilona tashkil qilish bo‘lib, u mahsulotning tayyor-
lashning bir bosqichdan (amaldan) navbatdagisiga eng qisqa yo‘l bi-
lan harakatlanishini ta’minlaydi.
• Ritimililik – mahsulotlarni vaqtning teng buloqlari ichida bir xil 
yoki takrorlanuvchi mahsulotlarni o‘sib boruvchi miqdorda 
chiqarishdir.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish