10
Ayrim iqtisodchilar tadbirkorlik va biznesni sinonim tushun-
chalar deb hisoblasalar, boshqalari ularni bir-biridan farqlaydilar.
Tadbirkorlik va
biznesning farqlari
Tadbirkorlik
Biznes
Tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, har
qanday sharoitda tegishli choralarni
topa olish, ijodiy faoliyatning izlanish
xarakteri
Erishilgan yutuqni
mustahkamlashga intilish,
faoliyatning
reproduktiv (takrorlash, nusxa olish)
xarakteri
G‘oyasi bor odam
Foyda keltiradigan ishi bor odam
Start
(dastlabki)
kapitaliga
ega
bo‘lmasligi mumkin
Kapitalga egalik qiladi
Tavakkalga
moyillik,
yangilikni
yaratuvchi va qo‘llovchi, “alloh karam
ko‘rsatgan” iste’dod
Mu’tadillikka intilish, fikr va hara-
katlarda
konservator,
menejerlik
iste’dodi
Tadbirkorlik foydasini olish
Kapitalning daromadini olish
Hayotda kamroq uchraydi
Hayotda ko‘proq uchraydi
Olimlar jahonda 15-20 foiz atrofidagi odamlargina tadbirkor tar-
zida fikrlash va harakat qilish qobiliyatiga ega deb hisoblaydilar.
Ammo tadbirkorlik va biznesning orasida nazariy jihatdan farq
bo‘lishiga qaramay kundalik hayotimizda biznes (inglizcha “ish”
so‘zidan) bilan shug‘ullanuvchilarning hammasini tadbirkorlik deb
hisoblash qabul qilingan.
Respublika
matbuotining
materiallaridan
kelib
chiqib,
O‘zbekistondagi tadbirkorlikning sotsiologik so‘rovlar
jarayonida
aniqlangan ayrim o‘ziga xos xususiyatlarni ta’riflash mumkin. Masa-
lan, O‘zbekiston tadbirkorlarining ijtimoiy tarkibi quyidagicha:
so’ralganlardan 51,3 foizi ilgari davlat sektorida ishlagan; 9,8
foizi
oliy o‘quv yurtini, texnikum yoki maktabni tugallashlari bilanoq
biznes bilan shug‘ullana boshlagan; 8,6
foizi biznesning bosh-
lang‘ich ko‘nikmalariga ega bo‘lgan (kooperativlarda ishlashgan, ti-
jorat yoki yakka tartibdagi faoliyat bilan shug‘ullanishgan); qol-
ganlari ilgari jamoa xo‘jaliklarida xizmat qilishgan, armiyadan qay-
tishgan, bungacha ishsiz bo‘lishgan.
Shunisi xarakterliki, so‘rovda qatnashganlarning 11 foizining
ota-onalari tijorat bilan shug‘ullanishadi, lekin ularning 88,2 foizi
bevosita ish jarayonida bilim va ko‘nikmalar to‘plab borib, qarin-
doshlarining yordamlariga umid qilmaydilar.
O‘zbekistonda tadbirkorlik, asosan erkaklarning ilmi; so‘rovda
qatnashganlarning faqat 10,5 foizini ayollar tashkil qiladi.
11
Ko‘pchilik holatlarda biznesga 21-30 yoshli (so‘rovda qatnash-
ganlarning 40,1 foizi) odamlar kelmoqdalar.
So‘rov qilinganlarning ma’lumot darajasi baland: ularning 50
foizi oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumotga,
ularning ichida esa
32,9 foizi iqtisodchi mutaxassislikka ega. Demak, biznesga profes-
sionallar kirib kelmoqdalar, bozor madaniyatlashib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: