1.2. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribalari va
ulardan samarali foydalanish
Turistik biznes har qanday davlat, viloyat, tumanning iqtisodiyotiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodchilarning baholariga qaraganda, undan olinadigan pul
tushumlari bir yil davomida 3 martadan 5 martagacha muomalada bo‘ladi. Katta
mablag‘lar talab qilishiga qaramay, turistik sohasiga kapital qo‘yish ancha
foydalidir, chunki bu mablag‘lar nisbatan tezroq o‘zini oqlaydi va ko‘proq xorijiy
valyutada sarmoya keltiradi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda turizmdan olinadigan
tushumlar yuqori sur’atlar bilan ko‘payib bormoqda.
Turistik xizmatlar bozori doimiy rivojlantirish va nazorat qilish asosida
boshqarishga muhtoj bo‘lib, bunda ilmiy va oqilona rejalashtirish tamoyillaridan
foydalanish zarur. Ana shunda turistik davlatga katta iqtisodiy foyda keltirishi,
shuningdek ekologik shart-sharoit va jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy jarayonlarga
yaxshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining “Turistik
to‘g‘risida”gi Qonuni turistikni rivojlantirish bo‘yicha milliy, mintaqaviy, mahalliy
dasturlar ishlab chiqish, ushbu yuqori rentabelli iqtisodiyot tarmog‘ining oyoqqa
turishi uchun me’yoriy-huquqiy baza yaratish asosida turistik sohasida davlat
siyosatini amalga oshirishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq Respublikamiz
Birinchi Prezident I.A.Karimov rahbarligida o‘zining bosh strategik maqsadini
belgilab oldi. Bu bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat barpo
etish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishdan iborat. Ushbu tarixiy
19
jarayonning samarali kechishi, shubhasiz, o‘z kasbiga sodiq, vatanparvar,
salohiyatli kadrlar faoliyatiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq.
8
Bilamizki, yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash
kelajagimizning ishonchli poydevoridir. Bu avlod kelajakda kadrlar bo‘lib
etishadilar. Bunga ta’lim sohasini jadallashtirish bilan erishiladi. Bu haqda Birinchi
Prezident
I.A.Karimov
ta’kidlaganidek:
“Oldimizda
turgan
eng
ezgu
maqsadlarimiz mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va
farovon hayotimiz ham O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday
o‘rin egallashi ham bularning barchasi, avvalambor yangi avlod, unib o‘sib
kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga etishiga bog‘liqdir”.
9
Bevosita yuqoridagi jarayonlarni kelajakda kadrlar amalga oshiradilar. Bu
turizm sohasidagi kadrlar bo‘lib, ularni tarbiyalash asosida har tomonlama
barkamol bo‘lib voyaga etgan avlodga bog‘liq. Haqiqatdan ham, yosh avlod
kelajakda malakali kadr sifatida jamiyatda muhim o‘rinni egallaydi va ta’lim
tizimida ularning rolini kuchaytirish hamda rivojlantirish yo‘nalishini belgilash
ustuvor vazifaga aylanib boradi.
Chunki, mamlakatimizda turistik faoliyati mustaqillik yillaridan boshlab,
iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida talqin qilinib, unga e’tibor
iqtisodiy siyosat darajasiga ko‘tarilgan. Sohaning rivoji uchun zaruriy tashkiliy-
huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli me’yoriy
hujjatlar qabul qilindi va bu boradagi ishlar hozirgi kunda ham davom
ettirilmoqda.
Shu bilan birga, xorij tajribasida personal, ya’ni xodim muammolarini hal
qilishga doir quyidagi ikki xil asosiy yondashuv mavjud (1.2.1-rasm).
8
http://huquqburch.uz/uz/view/340
9
Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta'minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo’lishiga erishish bizning
bosh maqsadimizdir. Birinchi Pr
е
zid
е
nt I.A.Karimovning O’zb
е
kiston R
е
spublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga
bag’ishlangan marosimdagi ma'ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. –T.: O’qituvchi, 2013. - 56 b.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |