Tadqiqot approbatsiyasi.
Tadqiqot natijalari 3 ta respublika ilmiy-amaliy
8
konferensiyalarida ma’ruza va tezislar ko‘rinishida bayon qilingan va
ma’qullangan.
Tadqiqot ishining tarkibi.
Dissertatsiya ishining tarkibi kirish, 3 ta bobdan
iborat 9 ta paragraf, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va
ilovalar qismlaridan iborat.
Ishning I-bobi “Kadrlar tayyorlash tizimi rivojlantirishning nazariy-uslubiy
asoslari” deb nomlanib, unda kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning muhim
vazifalari, kadrlar tayyorlash bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribalari va ulardan
samarali foydalanish hamda turizm sohasida kadrlar va ularga qo‘yiladigan talablar
yoritilgan.
Ishning II-bobi “Turizm sohasida kadrlar tayyorlashning holati va uning
muhim xususiyatlari” deb nomlanib, unda O‘zbekiston turizm sohasida kadrlar
tayyorlash muammolari, turizm sohasida kadrlar tayyorlashning bugungi holati
tahlili, kadrlar tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat
qo‘mitasining roli va ishtiroki ochib berilgan.
Ishning III-bobi “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash jarayonining asosiy
yo‘nalishlari va istiqbollari” deb nomlanib, unda Xorazm viloyatida turizmga
ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash jarayoni va asosiy
yo‘nalishlari, Xorazm viloyati turizm sohasida oliy o‘quv yurtining ishtiroki va
faoliyatining muhim yo‘nalishlari hamda Xorazm viloyati turizm sohasida
kelajakda kadrlar tayyorlashning zamonaviy vazifalari va istiqbollari yoritib
berilgan.
9
I-BOB. KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI
RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY–USLUBIY ASOSLARI
1.1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning muhim vazifalari
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlari va ta’sirchan mexanizmlarini
yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish
respublikada
amalga
oshirilayotgan
islohotlarning
asosiy
maqsadi
va
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Bu jarayon turli omillar va shart-sharoitlar
hisobiga ta’minlanadi. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy
qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va
texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini
shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
3
Ushbu tizim respublikamiz sharoitida to‘la amal qilib, 1997 yil 29 avgustda
“Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” qabul qilinib, bu tegishli qonun asosida
faoliyat yuritib boshladi. Avvalo, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi t
ӯ
g‘risida”gi
qonunining asosiy maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan
qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan
demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir.
Ushbu milliy dasturning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlaridan biri ta’limning
fan hamda ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta’sirchan mexanizmlarini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy etish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan muhim
omildir. Shu boisdan ham, Yevropa va rivojlangan boshqa barcha davlatlarda
ta’lim sifatini oshirishda fan va ishlab chiqarish integratsiyasi masalasiga jiddiy
e’tibor qaratib kelmoqda.
Natijada, kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilinib, buni amalga
oshirishga qaratilgan omillar tizimi shakllantirildi (1.1.1-rasm).
3
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. // O’zb
е
kiston R
е
spublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-
son, 295-modda.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |