Raximboyev akmal azatboyevich turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish yo


-rasm. Xorijiy mamlakatlarda xodimlarni o‘rganishga bo‘lgan



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/38
Sana16.03.2022
Hajmi0,53 Mb.
#498046
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Bog'liq
turizm sohasida malakali kadrlar tajyorlash zharayonlarini takomillashtirish jollari xorazm viloyati misolida (1)

1.2.1-rasm. Xorijiy mamlakatlarda xodimlarni o‘rganishga bo‘lgan 
yondashuvlar
10
 
Rasmda keltirilgan yondashuvlarga asosan, “personal”, ya’ni xodim atamasi 
ko‘pincha unchalik katta bo‘lmagan firmalar, bu erda “100 nafar kishidan kamroq 
kishi band bo‘ladi” tomonidan ishlatiladi. “Inson resurslari” atamasidan 
foydalanuvchilar orasida xodimlarining soni 2,5 ming nafar kishidan ortiq bo‘lgan 
yirik tashkilotlar ustunlik qiladi.
Avvalo, xorijiy mamlakatlar tajribasiga muvofiq, mehmonxona tarmog‘ida 
ishlaydigan xodimlarining ishlab chiqarishdagi xulq-atvori korxona va 
tashkilotning maqsadlariga erishishga qanchalik yaqin bo‘lsa, ular ishining 
samaradorligi, inson resurslaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori 
bo‘ladi. Demak, inson resurslarini boshqarish vazifasi tashkiliy maqsadlarga 
erishish uchun har bir xodimning talab qilingan xulq-atvorini ta’minlashdan iborat.
Bundan tashqari, inson resurslarini boshqarishning sifat xususiyati, yana 
mikdor xususiyati ham mavjud bo‘ladi. Mehmonxona o‘z maqsadlariga erishish 
uchun zarur bo‘ladigan miqdordagi xodimlar soniga ega bo‘lishi lozim. Umuman, 
inson resurslarini boshqarish mehmonxonani ishlab chikarish vazifalarini bajarish 
10
Manba: Zaynutdinov Sh., Nurimbetov R. Personalni boshqarish. – T.: Yangiyo’l, 2007. 
Birinchi yondashuv
“Inson r
е
surslarini 
boshqarish”
Ikkinchi yondashuv
“odam r
е
surslarini 
boshqarish”
Bu yondashuv mazkur muammoni hal 
qilishning strat
е
gik jihatlari, shu jumladan 
ijtimoiy rivojlantirish masalalarini qamrab 
oladi, “p
е
rsonalni boshqarish” esa ko’proq 
kadrlar bilan op
е
rativ ish olib borishga 
taalluqli hisoblanadi 
Bu yondashuv m
е
hnat va bandlik sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solish masalalari, 
“p
е
rsonalni boshqarish” esa korxona 
darajasida m
е
hnat munosabatlariga qaratilgan 
bo’ladi 


21
uchun talab qilinadigan zarur miqdordagi xodimlar bilan ta’minlashdan iborat 
bo‘ladi. 
Korxona falsafasi - bu firmaning ichki tamoyillari va o‘zaro munosabatlar 
qoidalarining yig‘indisi, ixtiyoriy rioya etiladigan qadriyat va e’tiqodlarning o‘ziga 
xos tizimidir.
Zamonaviy sharoitda har qanday korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat olib 
borishi talablaridan biri uning tashqi muhit o‘zgarishi oqibatida kelib chiqadigan 
holatlarga tayyorligidir. Bunday o‘zgarishlar korxona hayotining turli tomonlarini 
qamrab oladi va tahlillarning ko‘rsatishicha, ularni o‘zgacha holat sifatida emas, 
balki xo‘jalik yuritishning doimiy omili sifatida ko‘rib chiqish lozim.
G‘arb tadqiqotchilari ilmiy ishlarining miqdori korxonaning ma’lum 
o‘zgarishlarga tayyorgarligi va ularni boshqarishni tashkil etishga bag‘ishlangan. 
Korxona faoliyati rivojlanishning rejalashtirilgan doimiy jarayoni sifatida 
qaraladigan Amerika kompaniyalaridagi boshqaruv tizimini takomillashtirish 
tajribasi bilan tanishib chiqish foydadan holi bo‘lmaydi. Amerika kompaniyalarida 
vujudga kelgan o‘zgarishlarni boshqarish tizimi boshqaruvning yangi usullariga 
tajribiy o‘tishni ta’minlaydi, ammo tajribalarning ko‘rsatishicha, yangi usullarning 
20 foizi amalda o‘z o‘rnini topadi.
Bugungi kunga kelib, MDH mamlakatlarining ko‘pchilik korxonalari o‘ziga 
xos quyidagi muammolarga duch kelmoqdalar: 
- sotish hajmi va undan boladigan daromadning qisqarishi; 
- an’anaviy bozorlardagi qiyinchiliklar; 
- rivojlanishning aniq yo‘nalishlarga ega emasligi; 
- yangi texnologiyalar va turdagi mahsulotlar uchun zaxiralarning etarli 
emasligi; 
- moliyaviy qiyinchiliklar; 
- boshqaruv usullari va tizimlarining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
qiyinchiliklar; 
Yuqorida texnologiyalarning rivojlanishi va texnika murakkabliklarining 
ortishi bilan tashabbuskor va o‘z ishiga ijodiy yondashuvchi ishchi-xodimlarga 


22
ehtiyoj ortib bormoqda. Hozirgi kunda malakali ijrochilar emas, balki o‘z 
kompaniyasi kelajagi haqida o‘ylovchi, o‘z korxonasi va davlati taqdiri uchun 
mas’uliyatli mutaxassislar har doimgidan ko‘proq zarur. 
Korxona mafkurasi chuqur o‘zgarishlar davrida, o‘z faoliyatini jadallashtirish, 
rivojlanishda yangi bosqichlarga ko‘tarilish, ishchi-xodimlami safarbarlikka 
chorlash va birlashtirish talab qilinganda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish