hayvonlar tanasida yog' almashinuvida jigar muhim rol o'ynaydi. Turli a'zolardagi hamda turli
hayvonlardagi yog'lar bir-biridan o'zlarining tarkibi, fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari bilan
farq qiladi (erish harorati, konsistensiyasi, sovunlanishi va b).
Yog'ning turga nisbatan spetsifikligi mavjud bo‘lib, u har bir tur hayvon yog'ining o'ziga
xos belgilari bilan ifodalanadi. Masalan, qo'y yog'i, cho'chqa yog'i, parranda yog'i yoki boshqa
hayvonlarning yog'lari erish harorati, tarkibi va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi va bunday
holat doimiyligicha qoladi. Shu bilan bir qatorda tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, agar hayvon bir
turdagi yog'ni doimiy holda uzoq vaqt iste'mol qilib borsa, tanada to'plangan yog' ham shunga
yarasha kimyoviy va fizikaviy o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. A.Lebedov o‘z tajribalarida
aytib o‘tilgan fikrning to‘g'riligini e'tirof etgan. U 2 ta it olib, ularni tanasidagi zaxira yog'
butunlay yoq bo'lib ketmagunicha hayvonlarga ovqat berilmagan. Shundan keyin itlarning biriga
zig'ir yog'i, ikkinchisiga qo‘y yog'i berib boqilgan. Uch haftadan keyin itlar vazni o'z holatiga
qaytib kelganidan keyin ular so‘yilib tanasidagi yog' ajratib olingan va fizikaviy tahlil qilingan.
Ma'lum bo‘lishicha birinchi it yog'i suyuq bo‘lib 0
0
C da to‘nglanmagan (qotmagan) va zig'ir
yog'iga o‘xshagan bo‘lgan. Ikkinchi itdagi yog' esa qattiq bo'lib, uni 50
0
C da isitgandagina erigan
va bu yog' qo‘y yog'iga o‘xshash bo‘lgan. Shuningdek odam terisi ostida to‘plangan yog' ham
uning qanday yog' iste'mol qilishiga bog'liq bo'lar ekan. Qo‘y yog'ini doim iste'mol qilib yurgan
odamlarning terisi ostidagi yog' qo'y yog'iga, kokos yog'i iste'mol qilganlarniki kokos yog'iga va
tyulen yog'ini iste'mol qilganlarniki shu yog' xususiyatlarini qabul qilar ekan. Har bir organizm
uchun spetsifik bo‘lgan yog' ichak epiteliysida, jigarda va boshqa ichki a'zolarda to'planar ekan.
Ayrim to‘yinmagan yog' kislotalari masalan linol, linolen va araxidon kislotalari odam va
ayrim hayvonlarning tanasida hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun ularni almashtirib bo‘lmaydigan
yog' kilotalari shaklida guruhlanadi. Ular hayot uchun juda zarur, shuning uchun tashqaridan
doimiy ravishda qabul qilinib turishi kerak. Agar odam uzoq vaqtlar davomida yog' iste'mol
qilmasa yog'da eriydigan vitaminlar avitaminoziga uchraydi. Buning mohiyati shundaki, A, D, E,
K vitaminlar ya'ni yog'da eruvchi vitaminlar asosan yog' bilan kiradi. (A vitamin bundan
mustasno). Bunday paytlarda yog'li ovqatlar iste'mol qilinsa yuzaga kelgan yetishmovchilik
bartaraf qilinadi.
Odatda yog'li ovqatlarning aksariyat qismi o‘z tarkibida ancha-muncha lipoidlar, ya'ni
fosfotidlar va sterinlarga ham ega bo'ladi. Odam va hayvonlar organizmi uchun bu moddalarning
ahamiyati juda katta. Ular hujayra tarkibiga kirib, uning membranasida, yadrosida va
sitoplazmalarida mavjud bo'ladi. To'qimalardan, ayniqsa nerv to‘qimasi fosfotidlarga juda boy.
Fosfotidlarning sintezlanishi ichak devorida va jigarda qayd qilingan fosfotidlarning tipik vakili
bo‘lib, letsitin jigarda mo'l bo‘ladi, ayniqsa yog'li ovqatlar ko'p iste'mol qilinganida uning
jigardagi miqdori sezilarli darajada ko‘tariladi. Sterinlarning ichida xolesterin odam va hayvonlar
organizmida muhim ahamiyatga ega u allbatta har bir hujayraning membranasi tarkibida uchrab,
bir vaqtning o‘zida o‘t kislotalari hosil bo'lishida qatnashadi. Yana u buyrak usti bezining
po'stloq qismidan ajraladigan gormonlar hosil bo‘lishida hamda jinsiy bezlar faoliyatida muhim
ahamiyat kasb etadi. Xolesterin
ilk bor o‘t toshidan ajratib olingan, u tuzlar, kislotalar, aminlar,
oqsillar va neytral birikmalar bilan qo‘shilib komplekslar hosil qiladi. Vitamin D ham
xolesterindan hosil bo‘ladi. Tanada xolestirin almashinuvi buzilsa yoki u tegishli miqdordan
ko‘p qabul qilinsa hayot uchun xavfli xastaliklar yuzaga keladi. Bunga misol qilib yomon sifatli
xolesterinlarning qon tomirlari devorlariga yopishib qolib, me'yoriy qon oqishining buzilishini,
ya'ni ateroskleroz kasalligini misol qilib olish mumkin. Shuni aytib o‘tish joizki, tanadagi
ortiqcha xolesterin jigar orqali tashqariga chiqariladi. O‘t tarkibida har vaqt xolesterin uchrab
turadi. Odam qonida xolesterin miqdori o'rtacha 150-200 mg % ga teng bo‘ladi. Oziq-ovqat
mahsulotlari ichida xolestiringa boy bo'lganlari hayvon miyasi, tuxum tarkibida ko‘p bo‘ladi.
Xolesteringa boy ovqatlarni ko‘plab iste'mol qilish, ayniqsa keksa odamlarda yog'dagi
xolesterinning miqdorini oshirib yuborib, ba'zan o‘t yo'llarining bekilib qolishiga, jigarda yog'li
infiltrat hosil bo‘lishiga, o‘t toshlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu narsani ham aytib
o‘tish joizki, yog'li ovqatlar ko‘p iste'mol qilinganida limfa suyuqligida ancha-muncha
uchraydigan diametri 1 mikron bo‘lgan yog' zarrachalari ko‘payib ketadi. Ularni
Do'stlaringiz bilan baham: