Nazorat savollari:
1.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat sohalarining shakllanishi.
2.
Davlatning iqtisodiyot, jumladan, sanoat sohasidagi tarkibiy o`zgarishlarga
tegishli siyosati.
3.
Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni ta`minlash deganda nimalar tushuniladi?
4.
Tarmoq va tarmoq tuzilmasining tushunchasi.
5.
Tarmoqlarning iqtisodiy guruhlanishi.
27
III BOB.
SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING IQTISODIY VA IJTIMOIY
SAMARADORLIGI
Reja:
3.1. Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati va mezoni.
3.2. Iqtisodiy samaradorlikni tavsiflovchi ko`rsatkichlar.
3.3. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillari va yo'llari.
Tayanch iboralar:
Iqtisodiy samaradorlik, ishlab chiqarish samaradorligi,
nisbiy samaradorlik, fan-texnika taraqqiyoti, mahsulot tannarxi,
3.1. Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati va mezoni.
Bozor iqtisodiyotining o`tish sharoitida har bir qilingan ishning, yangi
qurilishning, jalb etilgan investitsion mablag`larning iqtisodiy samaradorligini
oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham moddiy ishlab chiqarish-
ning yetakchi tarmog`i hisoblangan sanoatda joriy etiladigan har bir tadbirning
iqtisodiy samaradorlik darajasini to`g`ri va mufassal aniqlash ishlab chiqarish-
xo`jalik faoliyatini ilmiy asosda rejalashtirishni maqsadga muvofiq tashkil
etishning, xo`jalik ishlari sifatini sanoatning har bir tarmog`ida hamda alohida
korxonada boshqarishni ob`yektiv baholashning muhim omilidir. Iqtisodiy
samaradorlikni aniqlash zaruriyatini bozor holatini baholash, loyihalarni baholash,
narx va mahsulot hajmini aniqlash va kelgusi ishlarni amalga oshirishni
bashoratlashda doimo sezib turamiz. Bu esa sanoatda ijtimoiy mehnat xarajatining
samaradorligini aniqlash uslubiyati va uslubi oldiga katta talablar qo`yadi.
Ma`lumki, mahsulot ishlab chiqarilishida ijtimoiy mehnat sarflanishi talab etiladi.
Lekin, bir xil mahsulotni ishlab chiqarish uchun har xil miqdorda ijtimoiy mehnat
sarf qilinishi mumkin. Shuni ham nazarda tutish kerakki,fan-texnika taraqqiyoti
hamda mahsulotishlab chiqarish texnologiyasi va sharoitlari to`xtovsiz o`zgarishi
natijasida mahsulotning har bir birligi uchun kerak bo`lgan buyumlashgan mehnat
xarajati kamayib boradi.
28
Sanoat mahsulotini qaysi usul va vositalar bilan ishlab chiqarishmasalasini
xal etish ko`p jihatdan sanoat ayrim tarmoqlarida ishlab chiqarish fondlarini barpo
qilishga, texnik qurollantirishga va ishlab chiqarishni tashkil etishga sarf
qilinadigan kapital mablag`lar miqdoriga bog`liq. Biroq ishlab chiqarish fondlarini
barpo qilish va ularni kenggaytirilgan takror ishlab chiqarishga, texnik qayta
qurollantirishga yo`naltiradigan kapital mablag`larning hajmi har bir davr uchun
yalpi milliy dromad miqdori hamda uning iste`mol qilinadigan va jamg`ariladigan
qismlarga taqsimlash xarakteri bilan belgilanadi. Shu sababdan ham bozor
iqtisodiyoti sharoitida kishilarning sanoat mollariga bo`lgan ehtiyojlarini to`la
qondira borish uchun kapital mablag`larni eng ko`p samara beradigan qilib
sarflamoq lozim. Xulosa qilib aytganda, agarda kapital mablag`larning hajmi miliy
daromadning va uning jamg`ariladigan qismini hajmiga bog`liq bo`lsa, milliy
daromadning o`sishi,binobarin, halq moddiy- ma`naviy farovonligining yana
yaxshilanishi bu kapital mablag`lardan va ular orqali bunyod etilgan asosiy
kapitallardan samarali foydalanishga bevosita bog`liqdir.
Ishlab chiqarish ayrim sohalarini rivojlantirish masalasi mahsulot birligiga
sarf qilinadigan xarajat miqdori va mahsulot ishlab chiqarish muddatlari bo`yicha
bir biridan farqlanuvchi bir nechta yo`llar bilan hal etilishi mumkin. Chunonchi,
xalq xo`jaligining mahsulot u yoki bu turiga bo`lgan ehtiyojini quyidagicha ta`min
etish mumkin: a) bir xildagi yoki biri ikkinchisining o`rnini bosa oladigan
mahsulot turlarini ishlab chiqarish; b) yangi korxonalar qurish yoki ishlab
turganlarini kengaytirish va rekonstruktsiyalash; v) mamlakatning boshqa-boshqa
iqtisodiy hududlarida turli katta-kichiklikda ixtisoslashuv darajasi har xil bo`lgan
korxonalar barpo qilish; g)yangi texnika, texnologiyaning turli xil vositalarini
qo`llash, xom ashyo turlarini va ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarining
maqsadga muvofiqlarini tanlab olish va shunga o`xshashlar. Sarflangan xarajatlar
jamiyat ehtiyojlarini xar tomonlama qondirishga imkon beradigan bo`lgandagina u
samarali hisoblanadi.Bunday xarajatlar mehnat sarfining har bir birligiga eng qisqa
muddat ichida mahsulot ishlab chiqarishning maksimal o`sishini ta`minlaydi.
Iqtisodiy samaradorlik pirovardida ijtimoiy mehnat unumdorligining o`sishida
29
namoyon bo`ladi. Demak, ijtimoiy mehnat unumdorligining darajasi butun ishlab
chiqarish samaradorligining asosiy mezonidir.
Ishlab chiqarish samaradorligining mezoni bo`lgan ijtimoiy mehnat
unumdorligini oshirish mablag`larni turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar
o`rtasida iqtisodiy jihatdan asoslangan holda taqsimlashga, mablag`larni tejamli
sarflash variantlarini to`g`ri tanlab olishga bog`liqdir. Ijtimoiy xarajatlarning
iqtisodiy samaradorlik darajasi hoh uning ayrim tarmoqlarida bo`lsin, hoh butun
ishlab chiqarish miqyosida bo`lsin, sanoat mahsulotining u yoki bu turini ishlab
chiqarishning eng foydali variantini tanlab olishga bog`liqdir. Sanoatni va uning
ayrim tarmoqlarini bozor iqtisodi sharoitida muvaffaqiyat bilan rivojlantirishda
asosiy fondlarni ko`paytirish uchun, texnika bilan qurollantirish uchun va ishlab
chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish uchun sarf qilinadigan xarajatlarning
iqtisodiy samarasini to`g`ri va aniq usullar bilan topish nihoyatda muhimdir.
Iqstisodiy samaradorlikka xalq xo`jaligi va uning yetakchi tarmoqlarini bozor har
tomonlama o`rganish orqali perspektiv rejalashtirish, loyihalashtirilayotgan
qurilish ob`yektlarini va yangi texnikani eng progressiv va tejamli variantlarini va
boshqa qator tadbirlarni amalga oshirish yo`li bilan erishiladi.
Ammo ijtimoiy mehnat sarfining mutloq (absolyut) va nisbiy (qiyosiy)
iqtisodiy samaradorligini oshirish zarur.
Mutloq samaradorlik har doim olinadigan natijani uni olish uchun zarur
bo`lgan harakatlarga nisbatini ifodalaydi.
Nisbiy samaradorlik bir variantning ikkinchi variantga nisbatan iqtisodiy
afzalligini va foydalilik darajasini ifodalaydi.Turli xil xo`jalik va texnikaviy
vazifalarni hal etishning variantlari quyidagilardan iborat:
•
yangi korxonani qurish yoki ishlab turganini kengaytirish va qayta
jihozlash;
•
bir-birining o`rnini bosa oladigan xom ashyolardan foydalanish va
mahsulotlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish;
•
eski texnika o`rniga, yangi takomillashgan, unumdor va sifatlilarini
kiritish;
30
•
ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va korxonalar birligini tanlash;
•
quriladigan korxonalar joyini tanlash;
•
ishlab chiqarish quvvatini oshirish yo`llari va ishlab chiqarishni tashkil
etish usullarini tanlash;
Mutloq va nisbiy samaradorlikni hisoblash ishlari bir-birini to`ldiradi va
birgalikda mo`ljallangan kapital qo`yilmalarning samaradorligini ta`minlaydi.
Eng foydali variantlarni tanlash ishlab chiqarishning mutloq samaradorligi
ko`rsatkichlarini taqqoslashga asoslanadi.
Mutloq samaradorlik – foyda, daromad, tejam olish maqsadida reja
topshiriqlarini ishlab chiqarishda aniqlanadi. Bunda sarflangan xarajat va
resurslardan olinadigan haqiqiy samarani olish ko`riladi.
Nisbiy samaradorlik – variantlarning birortasining afzalligini, foydaliligini
texnik – iqtisodiy jihatdan asosash uchun hisoblab chiqiladi. Bunda natija sifatida
mahsulot tannarxini kamayishi o`rganiladi. Yangi texnika va boshqa tadbirlar
uchun sarflangan kapital mablag`lari samaradorligini ta`minlash mahsulot
tannarxini kamaytirish hisobiga erishladi.
Nisbiy samaradorlikni aniqlash usuli bir xil hajmdagi mahsulot tannarxining
kamayishiga asoslanadi.
Mutloq samaradorlik esa mahsulotning xili va hajmidan qat`iy nazar milliy
daromad yoki foydaning miqdoriga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |