24
2.4. Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar
Tarmoq tuzilmasi deyilganda, uning tarkibi, tarmoqlar o`rtasidagi nisbatlar
va o`zaro bog`liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini
belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o`zgarishlarni aks ettiradi.
Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin bo`ladi:
•
ijtimoiy mehnat taqsimoti va
kooperatsiyaning darajasini;
•
mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini;
•
sanoat va butun xalq xo`jaligining ilmiy-texnika salohiyatini;
•
mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojlanish darajasini;
•
sanoat tarmog`ining «A» guruhi bilan «B» guruhi o`rtasidagi ishlab
chiqarish aloqadorligini;
•
ijtimoiy mehnat unumdorligi yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining
darajasini;
•
mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy darajasi o`sganligini.
Sanoat tarmoqlari tuzilmasini tavsiflash uchun ayrim tarmoqlar o`rtasidagi
ma`lum ishlab chiqarish aloqadorligini ifodalovchi miqdoriy nisbatlarni aniqlab
olish kerak. Bu muammoni hal etish uchun bir qator ko`rsatkichlardan
foydalaniladi. Ulardan biri tarmoqlar o`rtasidagi
nisbatlarni ifodalasa, ikkinchisi
ma`lum davr ichidagi tuzilmaviy o`zgarishlarni, uchinchisi esa ishlab chiqarish
aloqalarini ifodalaydi.
Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko`rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
-
mustaqil sanoat tarmoqlarining soni;
-
tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmidagi salmog`i;
-
tarmoq rivojining sur`ati;
-
tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsienti.
Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning
iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi.
Tarmoqning yalpi mahsulot sanoat ishlab
chiqarishi umumiy hajmidagi
ulushi, ishchilar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog`i ko`rsatkichlari bilan
o`lchanadi.
25
Tarmoqning rivojlanish sur`atini quyidagicha ifodalash mumkin:
;
100
X
P
S
=
bu yerda:
S
– tarmoqning rivojlanish sur`ati;
P
– tarmoq rivojlanishining rejali darajasi;
X
– tarmoq rivojining hisobot davridagi darajasi.
Tarmoqning rivojlanish koeffitsienti tarmoqlar tarkibidagi miqdor
o`zgarishlarni ifodalaydi va ma`lum davrdagi sanoat tarmoq tuzilmasidagi
siljishlarni ko`rsatib beradi. Bu koeffitsient quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
;
s
S
s
T
K
r
r
=
bu yerda:
T
r
s
– tarmoqning rivojlanish sur`ati;
S
r
s
– sanoatning rivojlanish sur`ati.
Sanoat tarmoqlari orasidagi yuzaga kelgan
mutanosibliklar va ularning
o`zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir
qator omillar ta`sir etadi.
Sanoat ishlab chiqarish tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga
quyidagilar kiradi:
-
fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish;
-
material va yoqilg`i, energetika resurslarini iqtisodiy tejashni kuchaytirish;
-
ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishning
darajasi;
-
sanoat ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari;
-
aholining moddiy va madaniy darajasi o`sishi;
-
ijtimoiy-tarixiy sharoitlar;
-
mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o`zlashtirish darajasi;
-
mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o`rni
va uning boshqa
mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi.
26
Sanoat tuzilmasining o`zgarishiga ishlab chiqarishni tashkil etishning
ijtimoiy shakllari – kontsentratsiyalash, ixtisoslashtirish va kombinatlashtirish juda
katta ta`sir ko`rsatadi. Ishlab chiqarishda kichik korxonalarning ko`payishi tarmoq
taraqqiyotini tezlashtirgani holda uning umumsanoat mahsulotidagi miqyosini
oshirishga olib keladi. Ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat taqsimoti jarayonini
ifodalagani holda ayrim mahsulotlar yoki mahsulot qismlarini mustaqil ishlab
chiqarishga,
tayyorlashga, yangi sanoat tarmoqlari tashkil qilinishiga sabab
bo`ladi.
Sanoat tarmoqlari tuzilmasiga ta`sir ko`rsatuvchi eng muhim omillardan
yana biri, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o`rni hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: