12.4. Moliyaviy hisobot va uni yuritish talablari.
Moliyaviy natijalar to`g`risidagi umumlashgan ma`lumotlar moliyaviy
hisobotning muhim shakli 2 shaklda «Moliyaviy natijalar to`g`risidagi» hisobot
shaklida ifodalanadi.
Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga kirib,
barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladi.
Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot va uni to`ldirish tartibi O`zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140 sonli Yo`riqnomasi
asosida belgilanadi.
Moliyaviy
natijalar
to`g`risidagi
hisobot
shaklining
asosiy
ko`rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi;
1.
Mahsulot sotishdan olingan yalpi (sof) tushum.
2.
Mahsulot sotishdan yalpi foyda.
3.
Asosiy faoliyatdan foyda (zarar).
4.
Moliyaviy faoliyatdan foyda (zarar).
5.
Umumxo`jalik faoliyatidan foyda (zarar).
6.
Favqulodda foyda (zarar).
7.
Soliq to`loviga qadar foyda (zarar).
8.
Sof foyda (zarar).
Ushbu ko`rsatkichlarni hisob-kitob qilish yuzasidan albatta korxonaning
quyidagi xarajat qatorlarini ham tarkiblash va farqlash lozim.
1. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
187
2. Davr xarajatlar.
3. Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar.
4. Favqulodda xarajatlar.
Daromad va xarajatlarni bu tarkibda turkumlanishi quyidagilarga
imkon beradi:
- ishlab chiqarish xarajatlarini boshqa xarajatlardan farqlash va korxona
ishlab chiqarish faoliyati samaradorligiga baho berish; - moliyaviy boshqaruv
yuzasidan operatsion xarajatlarni boshqa xarajatlardan farqlash;
- korxona tomonidan olinadigan daromadlarni ularning yuzaga kelishi yoki
shakllanishi bo`yicha alohida tarkiblash (asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan
hamda kutilmagan holatlardan).
Moliyaviy natijalar to`g`risidagi yangi hisobot shakli ularning har bir
shakllanish qatori bo`yicha to`liq axborotlarni olish imkonini beradi. Bu axborotlar
ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarining manfaatlar to`qnashuvini keltirib
chiqarmaydi. Agar shunday bo`lganda edi, moliyaviy hisobotni tuzish qoidasi
buzilgan bo`lar edi. Negaki, moliyaviy hisobotdagi ma`lumotlarda hech qachon bir
turkum axborot foydalanuvchilar foydasiga, boshqa turkum zarari hisobiga aks
ettirishlar bo`lmasligi talab etiladi. Ushbu qoida O`zbekiston Respublikasining
«Buxgalteriya hisobi to`g`risidagi» Qonunining 6 moddasida ham berib o`tiladi.
Ya`ni moliyaviy hisobotlarni tuzishdagi betaraflik qoidasi.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularning turlari
Bugungi erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida respubdikamizda amaldagi
huquqiy me`yorlarga muvofiq xo`jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy
natijalarining shakllanishi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda 1999
yil 5 fevradda tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish
xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to`grisida»gi
Nizomga asosan belgilanadi. Mazkur Nizomga muvofiq moliyaviy natijalarning
shakllanish qatorlariga quyidagilar kiritiladi:
1. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija.
2. Asosiy faoliyatning yalpi moliyaviy natijasi.
188
3. Moliyaviy faoliyatdan ko`rilgan natija.
4. Umumxo`jalik faoliyatidan olingan yalpi moliyaviy natija.
5. Favqulodda kutilmagan holatlardan natija.
6. Soliq to`langungacha bo`lgan yalpi moliyaviy natija.
7. Yilning sof foydasi (zarari).
Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natija va uning
o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillar tahlili
Mahsulot ish va xizmatlarni sotishdan olingan moliyaviy natija mahsulot, ish
va xizmatlarni sotishdan olingan sof tushumdan shu mahsulot ish va xizmatlarning
ishlab chiqarish tannarxini chegirish asosida aniqlanadi. Savdo tashkilotlarida
moliyaviy natijalarni aniqlashda tovarlarni sotishdan olingan sof tushumdan shu
mahsulotlarni sotib olish qiymatini chegirish asosida aniqlanadi.
Tahlilda sotishning uchta qatori xarakterlanadi:
1. Mahsulot ish va xizmatlarni sotishdan moliyaviy natija.
2. Asosiy vositalarni xisobdan chiqarish va sotishdan natija.
3. Boshqa aktivlarni sotishdan olingan natija.
Mahsulot sotishdan olingan foyda o`zgarishiga quyidagi omillar ta`sir etishi
mumkin:
- korxonaning o`ziga bog`liq omillar yoki ichki omillar;
- korxonaning o`ziga bog`liq bo`lmagan yoki tashqi omillar.
Korxonaning o`ziga bog`liq bo`lgan omillarga mahsulotlarning ishlab
chiqarish tannarxi, hajmi, assortiment va struktura omillari kiritiladi. Uning o`ziga
bog`liq bo`lmagan yoki tashqi omillarga davlatning soliq siyosatining o`zgarishi,
baho omili va boshqa omillar kiradi.
Umumiy jixatdan olganda faqat korxonaning o`ziga tegishli va tegishli
bo`lmagan ta`sir omillarini tartiblash qiyin. Ularni faqat nisbiy jihatdan qarash
mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining kritik darajasi ham odatda ushbu qator
bo`yicha o`rganiladi. Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi deganda
korxonaning foyda yoki zarar olmasdan mahsulot ish va xizmatlar hajmini
189
belgilash darajasi olinadi. Kritik hajm darajasida mahsulot ish va xizmatlarni
sotishdan olingan tushum faqat shu mahsulot ish va xizmatlarga ketgan
o`zgaruvchan va doimiy o`zgarmas xarajatlarni qoplashga yetishi kuzatiladi.
Kritik hajm darajasi amaliy qo`llovimizga endigina kirib kelayotgan
ko`rsatkich hisoblanadi. Ushbu ko`rsatkichni aniqlash asosida korxonaning
mahsulot ishlab chiqarish rejasi yoki foyda rejasini oldindan chamalash,
belgilashda asosiy ko`rsatkich sifatida foydalanishimiz mumkin.
Tahlilda kritik hajm darajasi va uni aniqlashning uslubiy bog`lanishlari
belgilanadi. Shuningdek uning o`zgarishini omilli tahlil etish orqali yechimlar
beriladi.
Kritik hajm darajasini quyidagi formula shaklida ifoda etish mumkin. Bunda
bevosita mahsulotning qiymat ifodasidan yoki sotish bahosidan kelib chiqiladi.
Mahsulotning qiymat ifodasini esa quyidagicha belgilash mumkin.
Mahsulot qiymati = O`zgaruvchan xarajat + O`zgarmas xarajatlar + foyda.
Bundan kritik hajm darajasiga yuqorida berilgan ta`rifdan kelib chiqqan
holda quyidagi bog`lanishni berish mumkin.
Kritik hajm darajasida mahsulot hajmi =
= O`zgaruvchan xarajatlar + o`zgarmas xarajatlar + 0.
Bu bevosita qiymatni iqtisodiy kategoriya sifatida belgilashdagi
ifodalashning o`zidan iboratdir. Ya`ni
Mahsulot hajmi = Doimiy kapital + O`zgaruvchi kapital + Foyda.
Kritik hajm darajasida mahsulot ishlab chiqarishning o`zgarishiga ta`sir
etuvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
— mahsulot birligiga to`gri keladigan o`zgaruvchan xarajatlarning
o`zgarishi;
— mahsulot birligining bahosi;
— mahsulotlar miqdor o`zgarishlari;
— o`zgarmas xarajatalar o`zgarishi va \.k.
190
Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasini quyidagi misol asosida
aniqlash mumkin.
Davr xarajatlarining tahlili
Davr xarajatlari deyilganda — bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan
bog`liq bo`lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi. Davr xarajatlari tarkibiga
mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xo`jalik sarflari kiritiladi.
Ularni
Do'stlaringiz bilan baham: |