164
Rahbarning qaror qabul qilish modeli.
Muammolarni ijobiy hal qilish qobiliyatidan mahrum bo`lgan rahbar, eng
yaxshisi rahbarlik qilayotgan tashkilotning evolyutsion
rivojlanishini yaxshi
nazoratini amalga oshirishi mumkin, ammo uni ilg`orlar darajasiga chiqarishga
qobiliyatli emas. Ijodiy fikrlovchi rahbar, vaziyatning xo`jayini bo`ladi va optimal
qarorlar qabul qiladi. Muammolar bo`yicha rahbarning
qaror qabul qilishi modeli
quyidagicha bo`ladi:
Qarorning ilmiy asoslanganligi. Qarorlarni muayyan ishlab chiqarish
sharoitini tahlil qilishdan kelib chiqib, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa hozirgi zamon
fan yutuqlari asosida qabul qilinishi kerak.
Qarorlarning birligi. Odatda asosiy masalalarni hal qilish bilan birga kichik
masalalarni ham o`tishga to`g`ri keladi.
Qarorlarni adolatligi – haqqoniyligi. Qarorlar fakat rahbarlarga berilgan
huquq darajasidagina qabul qilinishi mumkin.
Qarorning to`g`ri yo`naltirilganligi. Har qaysi qaror o`z ijrochilariga
tushunarli va kimga mo`ljallanganligi aniq bo`lishi kerak.
Qarorlarning qisqaligi. Axborotlar bilan ishlash
vaqtini tejash maqsadida
qisqa aniq qarorlar qabul qilinadi.
Qarorlarning vaqt bo`yicha aniqligi. Rahbar o`z qo`li ostidagilarga
topshiriqlarning bajarish muddatini aniq ko`rsatmasdan berishi mumkin emas.
Qarorlarning operativliligi. Bunday qarorlar bir daqiqada, ya`ni
ishlab
chiqarish holati talab qilganda qabul qilinishi mumkin.
Strategik qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish.
Qarorlarni tayyorlash va qabul qilish borasidagi ishning mantiqi rahbarlik
darajasiga, vazifalarning harakteriga va qaror qabul qilinayotgan sharoitga bog`liq
holda bir-biridan ancha farq qiladi. Shu bilan birga konkret yondashuvlarning
xilma-xilligidan rahbar harakatlarining umumiy belgilarini
va izchilligini alohida
qilib ko`rsatish mumkin:
165
konkret ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish asosida
muammoni aniqlash; ushbu muammoni
hal etish uchun maqsadlarni, shuningdek
uni hal etish muddatlari, vositalari va yo`llarini
belgilash; ehtimoli tug`ilgan
alternativlarni ishlab chiqish; mezonlar (kapital mablag`larni tejash, muddatlarni
qisqartirish va boshqalar)ni aniqlash va eng qulay variantni tanlash; qarorni qabul
qilish; uning bajarilishini tashkil qilish. Ravshanki, bunday sxemani taxminiy deb
bilmoq lozim. U vaziyatning xususiyatlariga va
hal qilinayotgan holatning
ko`rinishiga qarab o`zgarishi mumkin. Shuningdek aniq, tahliliy va noaniq
vaziyatlar bo`lgan sharoitlar matritsa tizimli reja asosida
qarorlar qabul qilinadi,
unda boshqarish qarorini turli tizimi mavjud bulib, qiyin muammolarga tegishli
bo`lgan murakkablashayotgan tavakkalchilik sharoitlarida
rahbarga chiziqli
boshqarish bo`yicha ma`lum qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: