109
-yupqa qatlamli qazish ish joylarida rudani ish joyi bo’ylab yetkazish.
Skreper qurilmalarlarning ekspluatatsion unumdorligi smenada 20tndan 350tngacha
yetkazilishi mumkin. Kichik quvvatli skreper qurilmalar kon lahimi
ke sim yuzasi kichikroq
bo’lgan tor qazish uchastkalarida ham samarali ishlatilishi mumkin. Katta quvvatli kon
skreper qurilmalari ruda qalin yotqiziqli qazish ish joyi tag qismidan kon lahimiga
tushirilganda yetkazish uchun qo’llaniladi. Bu holatda ruda 20-30m masofaga
rudatushirgichgacha yoki vagonchalarga groxotli yuklash uskunasigacha yetkaziladi va
yuklash ishi bajariladi. Ayrim holatlarda rudani qiya kon lahimlari bo’ylab 150 m masofagacha
tashishda ham ishlatiladi. Umuman olganda skreper qurilmalar
yupqa qalinlikdagi yoki kam
zahirali yotqiziqlarni qazishda, asosiy yotqiziqdan uzoqroq joylashgan zahiralarni qazib
olishda, yillik unumdorligi kichik korxonalarda, hamda yon tomon tog’ jinslari barqaror
bo’lmaganda kichik kesim yuzali kon lahimlarini o’tish zaruriyati bo’lganda va o’zi
yurar
mashinalar va uskunalar ishlatilishi mumkin bo’lmagan sharoitlarda qo’llaniladi.
Skreperlar ishchi a’zosining (idishi) konstruktsiyasi turlari bo’yicha sidirg’ichli, yashikli
va sidirg’ichli-yashikli turlarga bo’linadi.Sidirg’ichli skreper ishchi idishi qattiq bog’langan va
sharnirli yig’ishtiriladigan konstruktsiyali turlarga bo’linadi. Bu skreperlar bir sektsiyali va
ko’p sektsiyali bo’ladi.Qattiq va qoyasimon rudalarni yig’ishtirishda va yetkazishda
marganetsli po’latdan quyilgan, yig’ishtiriladigan skreperlar samarali ishlatiladi. CHunki ular
ish jarayonida ishchi a’zo bilan tog’ jirsini lahim kesimi eni bo’yicha to’liq qamrab oladi; ortga
salt qaytishida cho’mich ort devori yig’ishtiriladi va shuning hisobiga skreper kam qarshilikga
uchraydi, hamda tog’ jinsi to’dasi ustidan bemalol oshib o’tadi.
Ishlab chiqarish sharoitida skreperlashning turli sxemalari qo’llaniladi: to’g’ri chiziqli
yo’nalishda yetkazish
ishlarida ikki barabanli; keng kamerali ish joylarida biror burchak
ostida yetkazish ishlarida ikki- uch barabanli skreper lebyodkalar qo’llaniladi.Rudani biri-
biriga burchak ostida joylashgan yoki birin-ketin ishlash holatida, yoki alohida lahimlarda
o’rnatilgan ikkita ikki barabanli skreperlar; yoki bitta
uch barabanli skreperlar
qo’llaniladi.(19.11.-rasm).Ikki barabanli lebedka ishlatilganda oldin “burchakdan oldingi” ruda
ajratib olinadigan ilgakli ikki tomonli blokli skreper bilan tashiladi, keyin esa eng oxirgi
blokdan sim arqon olinadi va bitta blokda qoldiriladi, hamda ruda yaqindagi blok yordamida
lebyodka tomon yetkaziladi.
110
Uch barabanli lebyodkalar qo’llanilganda to’ldirilgan skreper idishi bitta bosh sim arqon
yordamida birinchi kon lahimi bo’ylab, ikkinchisi bilan esa ikkinchi kon lahimi bo’ylab
yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: