O‘zbеkistоn rеspublikаsi


Uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari



Download 6,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/86
Sana16.03.2022
Hajmi6,01 Mb.
#497009
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86
Bog'liq
kon mashinalari 2

Uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari.
Hozirgi vaqtda qidirkv ishlarini olib borishda va 
foydali qazilmalarni qazib olish uchun tayyorlov lahimlarni o’tishda yuqori unumdorlikli kon jinsini 
yon tarafdan tqamrovchi uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari ishlatiladi.
Yuklash mashinalarining bunday turlari faqat pog’onali yuklash imkoniyatiga egadir. Ishchi 
organi sifatida bir juft qamrovchi panjalar xizmat qiladi. Ular tog’ jinsini yon tarafdan qamrab-
sidirib olib kurakli konveyerga uzatib beradi, kurakli konveyer esa keyingi transport vositasiga 
uzatib beradi. 
19.6-rasm. Uzluksiz ishlovchi qamrovchi panjali yuklash mashinasi 


105 
Bunday yuklash mashinalarining eng ko’p tarqalgan turlaridan biri PNB rusumidagisidir. 
PNB turkumidagi barcha mashinalar (19.6-rasm) bir xil konstruktsiyali bo’lib, quyidagi asosiy 
qismlardan tuzilgandir: ikkita qamrovchi panja 1 dan iborat ish bajaruvchi organ, gusenitsali 2 
yurish organi, kurakli konveyer ko’rinishidagi yuklash organi 3, krivoship 4, qabul qilish plitasi 5 
va yuritmalar va boshqaruv tizimi.
19.7-rasm. Qamrovchi kaftli yuklash qurilmasining ishlash sxemasi 
Juft qamrovchi panjalar (19.7-rasm) – to’rtzvenoli tekis sharnirlardan iborat. Panja korpusi 4 
o’rtasidan sharnir 3 orqali disk 2 bilan bog’langan, panja oxiri esa – tayanch sharniri 7 bilan va 
qisqa (kalta) tebratuvchi richag 6 yordamida – suruvchi (yoki aylantiruvchi) sharnir 5 bilan 
bog’langan.
Etaklovchi disk aylanishi bilan panjalar qabul qilish plitasi 1 da murakkab qamrash 
harakatini bajaradilar. Qamrovchi panjalar uchlari kon jinsi uyumi tag qismiga ta’sir qilib, undan 
tegishli hajmni ajratib olib plitada sidirib konveyerga uzatib beradi. 
19.2-jadval 
Uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari texnik tavsiflari 
Ko’rsatgichlari 
Turi 
2PNB-2 
PNB-2K 
PNB-3D 
PNB-4 
Texnik unumdorligi, m
3
/min 
2,0 
2,5 
4,0 
6,0 
O’lchamlari, mm 
- eni 
1800 
1800 
2500 
2700 
- uzunligi 
8000 
8000 
9000 
10000 
- balandligi 
1450/3000 
1140/1860 1900/3500 
2000/3600 
Massasi, t 
12 

18,0 
34,0 
Dvigatel quvvati, kVt 
65 
80,2 
94,0 
168,0 
O’tiladigan lahimning eng 
kichik yuzasi, m

6,2 
6,5 


PNB-1 yuklash mashinasi gorizontal va 6
0
gacha qiyalikdagi 3 m
2
va undan oshiq kesim 
yuzali kon lahimlarini o’tishda ko’mir va yumshoq kon jinslarini yuklashga mo’ljallangan. PNB-1 
yuklash mashinasi Yasinovotsk mashinasozlik zavodida ishlab chiqarilgan. U ishchi organ iva 
kurakli konveyerli yuklash organ iva harakatlanish organidan tashkil topgan. Ishchi organi 
yuritmasi sifatida ikkita 55 kVt quvvatli KOMF41-8 elektrodvigateli ishlatiladi. Har ikala panja 
alohida yuritmaga ega. Panjalar yuritmasi reduktorlari bir-birlari bilan val-sinxronizator yordamida 
birlashgan. Bu Valga biriktirilgan yulduzcha konveyer sidirgichli zanjirini ham harakatlantiradi. 
Mashina gusenitsalari quvvati 10 kVt li KOMF41-4 elektrodvigateli yordamida reduktor orqali 
harakatlantiriladi. Yurish qismining gidravlik boshqarilishi mashinaning tekis ishga tushishini 
ta’minlaydi. Qamrovchi qismini ko’tarish va tushirish, hamda konveyerni ko’tarish, tushirish va 
gorizontal tekislikda burish gidrotsilindrlar yordamida amalga oshiriladi. Elektr uskunalari 
portlashga xavsiz ishlanganligi sababli gaz va chandan xavfli shaxtalarda ishlatish mumkin. 

Download 6,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish