UTV.
Kompьyuter, videoproektor, ekran, slayd, tarqatma materiallar.
IPT.
«Aqliy hujum».
Yuklash mashinalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
Kon-qidiruv lahimlarini o’tishda tog’
jinslarini yuklash – qiyin jarayon bo’lib, umumiy lahim o’tish davrining 60 % gacha bo’lgan vaqtini
egallaydi. Yer osti qidiruv lahimlarini o’tishda tog’ jinslarining asosiy hajmi yuklovchi
mexanizmlar yordamida olinadi va bir qismigina qo’l mehnati bilan bajariladi. Yuklovchi
mexanizmlar sifatitida yuklash mashinalari ishlatiladi.
Yuklash mashinalari yer osti lahimlarini burg’ilab-portlatish usuli bilan o’tishda massivdan
ajratilgan tog’ jinslarini transport vositasiga yuklashni mexanizatsiyalashtirishga mo’ljallangandir.
Har qanday yuklash mashinasi ikkita asosiy funktsiyani bajaradi: massivdan portlatish ajratilgan
tog’ jinsini qamrash ya’ni ishchi organini to’ldirish yoki tog’ jinsiga botirish; yukni ma’lum
balandlikka ko’tarib transport vositasiga uzatish. Bu jarayonlarni bajarishiga qarab yuklash
mashinalarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
- ish bajaruvchi organi turi bo’yicha – cho’michli, taroqsimon, baraban-g’ildirakli,
qamrovchi-panjali (19.1-rasm, a);
- ish bajaruvchi organining ishlash usuli bo’yicha - davriy va uzluksiz (19.1-rasm, b);
- tog’ jinsini qamrash usuli bo’yicha – tagidan, yonidan va ustidan qamrovchi (19.1-rasm,
v);
- yukni transport vositasiga uzatish usuli bo’yicha – to’g’ridan-to’g’ri yoki pog’onali
yuklovchi (19..1-rasm, g);
- mashinaning harakatlanish usuli bo’yicha – g’ildirak-relьsli, gusenitsali, pnevmog’ildirakli
(19.1-rasm,
d
).
Tog’ jinsini tagidan qamrovchi cho’michli davriy yuklash mashinalari eng ko’p tarqalgandir.
Bu mashinalarning to’gridan-to’gri yuklovchi (19.2-rasm, a) va pog’onali yuklovchi (19.2-rasm, b)
101
turlari farqlanadi. To’g’ridan-to’g’ri yuklovchi bu mashinalarning ikki hil modeli bo’lib, bir-biridan
yukni to’kish usuli bilan farqlanadi. Bularga cho’mich rukoyati mashina ustidan aylanib o’tib
to’kuvchi va cho’michni yon tarafdan ag’daruvchi mashinalar kiradi.
19.1-rasm. Yuklash mashinalari sinflari.
Oxirgi turdagi mashina tayyorlov lahimlarni o’tishda tog’ jinslarini konveyer transportiga
yuklashni mexanizatsiyalashtiradi. Pog’onali yuklovchi cho’michli yuklash mashinalari mashina
konstruktsiyasiga kiruvchi uzatuvchi lentali, plastinkali yoki kurakli konveyerlar bilan
ta’minlanadi.
19.1-jadval
Davriy ishlovchi yuklash mashinalari texnik tavsiflari
Ko’rsatgichlari
Turi
PPN-1
PPN-3A
PPN-2G
PPN-5
PPN-7
Texnik unumdorligi, m
3
/min
0,8
1,75
2,0
1,0
0,8
CHo’michi hajmi, m
3
0,2
0,55
0,8
0,25
0,28
O’lchamlari, mm
- eni
1250
1500
1800
1370
1400
- uzunligi
2250
3200
-
6100
9450
Maksimal yuklash balandligi,
mm
2250
2800
3200
2150
1800
Yuklash fronti, m
2,2
3,2
CHegaralan-
magan
3,2
4,8
Massasi, t
3,5
6,8
13
8,2
14,4
Dvigatel quvvati, kVt
4
38,3
20
23
40
Yuruvchi qismi
g’ildirak-relьsli
gusenitsali
g’ildirak relьsli
Iste’mol energiyasi turi
pnevmatik
elektrik
Uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari texnik tavsiflari
Ko’rsatgichlari
Turi
PNB-1
1PNB-2
2PNB-2
3PNB-2
PNB-3
Texnik unumdorligi, m
3
/min
1,45
2,0
2,0
2,5
4,0
CHo’michi hajmi, m
3
-
-
-
-
-
O’lchamlari, mm
- eni
1100
1600
1800
1800
2000
- uzunligi
6500
7100
8000
-
8500
Maksimal yuklash balandligi,
mm
1350
1800
1800
2800
2400
Yuklash fronti, m
CHegaralanmagan
102
Massasi, t
4,7
6
10,5
18
22
Dvigatel quvvati, kVt
21
31
65
100
88
Yuruvchi qismi
gusenitsali
Iste’mol energiyasi turi
elektrik
Jaxon tajribasida eng ko’p ishlatiladigan yuklash mashinalari – tog’ jinsini yon tarafdan
qamrovchi uzluksiz ishlovchi mashinalardir (19.2-rasm, v). Bunday mashinalarning ish bajaruvchi
organi – qamrovchi panjali, sidirg’ichli barlar, qirralangan disklar bo’lishi mumkin.
Yuqorida ko’rib chiqkan mos ravishdagi konstruktiv tuzilishlardan eng ko’p ishlatiladigan
yuklash mashinalaridan PPN turi ( to’gridan –to’g’ri yuklovchi davriy (PPN-1, PPN-3A, PPN-2G)
yoki tagidan qamrovchi pog’onali yuklovchi ) va PNB turlari (yondan qamrovchi uzluksiz
ishlovchi) mavjuddir.
19.2-rasm. Yuklash mashinalari konstruktiv sxemalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |