Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

Savol va topshiriqlar: 
1.
 
Epik turga mansub janrlarni sanang.


128 
2.
 
Jahon adabiyotida hikoya ustalaridan kimlarni bilasiz? 
3.
 
Romanlarning mavzu va shakllari deganda nimani tushunasiz? 
4.
 
Roman-dilogiya, roman-trilogiya, roman-tetralogiyalarni ta’riflang. Ular orasida 
qanday o‘xshashlik va farq qiluvchi jihatlar mavjud? 
5.
 
Romanlar turkumi nima? Bu atama qanday shakldagi asarlarga aytiladi?
6.
 
Roman-epopeya deb qanday asarga aytamiz?
7.
 
She’riy roman qanday paydo bo‘lgan? 
8.
 
O‘zbek adabiyotida yaratilgan she’riy romanlar haqida gapirib bering.
7. DRAMATIK TUR JANRLARI 
 
Sahnada qo‗yish uchun yaratilib, harakat, monolog va dialoglardan iborat bo‗lgan, 
muallif asarda tasvirlangan voqealarga ham, unda ishtirok etayotgan obrazlarga ham o‗z 
munosabatini bevosita ifodalamaydigan badiiy asarlar 
dramatik asarlardir. 
Dramatik 
turdagi asarlarning o‗zi ham fojia (tragediya), komediya, drama singari janrlarga 
bo‗linadi. 
Drama
yunoncha «
harakat
» degan ma‘noni ifodalaydigan so‗zdir. Bunday 
nomlanishda adabiy turning eng asosiy xususiyati – sahna asaridagi ifoda obrazlarning 
harakatlari orqaligina yuzaga kelishi, bildirilishi hisobga olingan. Dramatik turning 
quyidagi janrlari mavjud: 
tragediya, komediya, drama, tragikomediya, melodrama
inssenirovka, intermediya, monodrama
va boshqalar.
TRAGEDIYA
adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri bo‗lib, uning lug‗aviy 
ma‘nosi yunoncha «
tragos
»
– echki, 
«
ode
»
– qo‘shiq; tragediya – echki qo‘shig‘i
ma‘nosini anglatadi. Qadimda yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga xalq bayramlari 
o‗tkazilgan. Bu bayramlarda echkilar so‗yilib dasturxonga qo‗yilgan. Qiziqchilar esa 
echki terilarini yopinib yurib turli sahna tomoshalarini ko‗rsatishgan. Bunday jaydari 
qiziqchilarni tragoslar deyishgan. Keyinchalik bu so‗z oqibati fojia bilan tugaydigan sahna 
asarlariga nisbatan qo‗llanila boshlagan.
Tragik asar, ya‘ni tragediyaning boshqa sahna asarlari (komediya, monodrama, 
intermediya)dan farqi shundaki, u qahramonlar o‗rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga 


129 
quriladi, qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi, ular o‗rtasidagi konflikt (ziddiyat) 
shiddatli va keskin tus oladi. Fojeiy asar qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki 
kolliziya (qarama-qarshilik, to‗qnashuv) kuchliligi, personajlar o‗rtasidagi konfliktning 
o‗ta kuchli ekanligi bilan farqlanadi. Tragediya murosasiz kurash, g‗oyatda keskin 
ziddiyat zaminiga quriladi. Bunday asarda kishilar qismati shiddatli, suronli siyosiy 
voqealar, turli ijtimoiy, shaxsiy qarashlar kurashi fonida ko‗rsatiladi.
Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayot-mamot masalalarini ko‗tarib 
chiqadi. Ijobiy qahramon istagi, qarashlari bilan u yashagan muhit o‗rtasidagi ziddiyat 
tragediyaning asosiy kolliziyasi (qarama-qarshiligi)ni keltirib chiqaradi va, albatta, 
ezgulikni e‘zozlagan, haqiqat fidoyisi, yaxshi inson fojiasi uning o‗limi bilan tugaydi. 
Biroq bu qayg‗uli, faqat ko‗z yosh oqizib tomosha qiladigan holat emas, balki dramaturg 
ko‗zda tutgan ezgu g‗oyalarning tantanasi, kelajakka katta ishonch bilan yo‗g‗rilgan 
ijtimoiy ruhning g‗olib kelishidir. Ijobiy qahramonni mahv etgan qora kuchlar asar 
davomida o‗zlarining kaltabinligi, ma‘naviy tubanligi, taraqqiyot dushmanlari ekani kabi 
«xislatlari»ni fosh etadilar. Fojeiy sahna tomoshasi so‗ngida qahramon halokati yovuz 
kuchlarning ham ma‘naviy o‗limi bilan tugaydi.
Tragediya janrining xususiyatlari V.Belinskiy tomonidan quyidagicha asoslanadi: 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish