448
har kuni kurashga chiqadi. Qalbida ezgulik yashaydigan insongina o‗zi suygan
feruza guli
– sevgi-muhabbatini
himoya qila oladi.
Ezgulikning «ko‗ngil ko‗zi ochiq» bo‗ladi.
«Kichkina shahzoda» asarini yaratgani uchun yozuvchining vatani – Fransiyada,
Antuan de Sent-Ekzyuperi tug‗ilgan yurt – Lion shahri markazida unga o‗rnatilgan
haykalda ko‗kka bo‗у cho‗zgan baland oq marmar ustun ustida o‗tirgan
adibning
yelkasiga qo‗lini qo‗ygancha Kichkina shahzoda turibdi.
III. Romanlari
«Janub chopari» (1929)
«Tungi parvoz» («Femina» mukofotini olgan asar, 1931)
«Erkaklar zamini» (1939)
Musa Jalil
(
1906 – 1944
)
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
Musa Mustafo o‗g‗li Jalilov
–
Musa Jalil 1906-yilning 15-fevralida
Rossiyaning
Orenburg guberniyasida dehqon oilasida dunyoga keladi. U dastlab ovuldagi boshlang‗ich
maktabda savod chiqaradi. Oilasi shaharga ko‗chib kelgach, Orenburgdagi mashhur
«Husayniya» madrasasida tahsilini davom ettiradi. Musa
talaba tengdoshlari orasida
o‗zining izlanuvchanligi, ko‗p narsaga qobiliyatli ekani bilan ajralib turar edi.
Moskva davlat universitetining adabiyot fakultetiga o‗qishga kirgan Musa Jalil 1931-
yili uni muvaffaqiyatli bitiradi.
Keyinchalik Musa Jalil Tatariston yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qildi.
Ikkinchi jahon urushi boshlangach o‗z o‗rnini urush maydonlarida deb bilgan Musa
Jalil jangchilar o‗rtasida ma‘rifiy targ‗ibot ishlarini olib borar,
front gazetalarida harbiy
muxbir sifatida turli xabar, maqola va badiiy asarlari bilan faol ishtirok etardi.
1942-yilning yozida Volxov daryosi bo‗yida kechayotgan
shiddatli janglar paytida
Musa Jalil og‗ir yaralanadi va dushman qurshoviga tushib qoladi.
Urushdan keyin Moabit turmasidan qutulib chiqqan belgiyalik partizan Andre
Timmermans ismli kishi Bryussel (Belgiya)dagi konsulxonaga she‘rlar bilan to‗lgan bir
449
yon daftarni olib keladi. U mazkur daftar qamoqxonadagi yaqin do‗sti, tatar shoiri Musa
Jalilga
tegishli ekanini aytib, ijodkorning o‗zi fashistlar tomonidan vahshiylarcha
o‗ldirilganini so‗zlab beradi. Daftarda Musa Jalilning o‗limi
oldidan yozib qoldirgan
quyidagi vasiyati ham bor edi:
«Tatarcha yozuvni taniydigan va bu daftarni o‗quvchi do‗stga.
Bularni tatarlarning taniqli shoiri Musa Jalil yozib qoldirdi. Uning tarixi bunday...
1942-yilda urushga ketib ham... asirlikda ko‗p azoblar tortib qirq o‗limdan qolib, oxirida
Berlinga keltirildi. Berlinda yashirin siyosiy uyushmada qatnashuvda ayblanib qo‗lga
tushdi va turmaga qamaldi. Balki, uni o‗lim jazosiga hukm etarlar. U o‗lar. Ammo uning
asirlikda va tutqunlikda yozgan 115 she‘ri bor. U shular uchun qayg‗uradi. Shuning uchun
115 she‘rning 60 tasini bo‗lsa hamki ko‗chirib qoldirishga tirishdi. Ammo bu kitob
qo‗lingga tushsa, she‘rlarni
yaxshilab, diqqat bilan oqqa ko‗chirib saqla ham urushdan
so‗ng
Qozonga xabar qilib, tatar xalqining marhum shoirining she‘rlari deb nashr ettir.
Mening vasiyatim shu! Musa Jalil, 1943-yil dekabr».
Bu vasiyatnoma yozilganidan keyin oradan bir oy o‗tib –
Do'stlaringiz bilan baham: