Dilnavoz Yusupova


 XONLIKLAR DAVRI ADABIYOTI



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

12. XONLIKLAR DAVRI ADABIYOTI 
12.1. Zahiriddin Muhammad Bobur 
(
1483 – 1530
)
 
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Farg‗ona viloyatining 
poytaxti Andijonda tug‗ildi. Otasi ushbu viloyat hokimi Umarshayx mirzo (1455 – 1494) 
Temurbekka evara (Abusaid mirzo – Sulton Muhammad mirzo – Mironshoh – Amir 
Temur) edi. Onasi Qutlug‗ Nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa 
o‗zbeklashgan mo‗g‗ul urug‗idan bo‗lib, o‗n ikki avlod orqali Chingizxonga tutashgan. 
Bobur uni: «Chingizxonning ikkinchi o‗g‗li Chig‗atoyxon naslidandir», – deb tanishtiradi. 
Umarshayx mirzoning Zahiriddin Muhammad Bobur, Jahongir mirzo, Nosir mirzo ismli 
uch o‗g‗li, Xonzodabegim, Mehrbonubegim, Shahrbonubegim, Yodgor Sultonbegim, 
Ruqiya Sultonbegim ismli besh qizi bo‗lib, Bobur o‗g‗illarining eng kattasi edi. O‗zidan 
besh yosh katta Xonzodabegim bilan bir onadan edilar. Umarshayx Andijonning g‗arbida 
joylashgan Axsi (Axsikat deb ham aytilgan, Sirdaryoning o‗ng sohilida, hozirda 
Namangan viloyati Shaxand qishlog‗i hududida xarobalari saqlanadi) shahrini poytaxt 
qilgandi.
1494-yili Boburning tog‗asi va amakisi Sulton Mahmudxon hamda Samarqand 
podshohi Sulton Ahmad mirzo bilan ittifoq tuzib qo‗shin tortib kelganlarida, Axsi 


257 
qo‗rg‗onidagi jar yoqasida turgan Umarshayx mirzo xobxona-yu xosxonasi bilan 
birgalikda jarga qulab halok bo‗ladi.
12 yoshli Bobur dastlab Shayx Mazidbek, so‗ng Boboquli Boboalibek, Qosim 
qavchin kabi beklar yordamida hokimiyatni idora qilishga kirishadi. 1495-yili Boburning 
amakivachchalari, Sulton Mahmudning o‗g‗illari: Sulton Mas‘ud va Boysung‗ur mirzolar 
Samarqand uchun kurash boshlaydilar. Bobur qo‗shin tortib Samarqandni qamal qiladi.
1497-yili Bobur mingga yaqin kishi bilan yana Samarqandga otlanadi va shaharni 
egallaydi.
Lekin unga xiyonat yuz berib, Samarqand ham, Andijon ham qo‗ldan ketadi. Bobur 
1499-yilning iyun oyida, salkam ikki yildan keyin Andijonga qaytib qo‗ldan chiqqan 
yurtini qayta egallashga muvaffaq bo‗ldi.
1501-yilning kech kuzida Shayboniyxon olgan Samarqand shahrini egallashni 
maqsad qilgan Boburning 70 – 80 yigiti tun yarmidan og‗ganda qal‘aga narvon qo‗yib 
Feruza darvozasini ishg‗ol etadilar. Shu yil qishda Bobur va Shayboniy qo‗shinlari 
to‗qnashadi. Jang Shayboniyxon foydasiga hal bo‗ladi.
1503-yilning sentyabri oxirlarida Bobur shiddat bilan borib Kobul va G‗aznani 
jangsiz oladi.
Bobur Kobulni olgach Hindistonni egallash rejasini tuza boshlaydi. Bu boradagi 
birinchi harakat 1507-yilning yanvariga to‗g‗ri keladi. 1526-yil 2l-aprelda Panipatda 
Boburning 12 ming kishilik qo‗shini hind sultoni Ibrahim Lo‗diyning 100 ming kishilik 
askari bilan to‗qnashadi. Jangda Bobur g‗alaba qozonib, Yevropada «Buyuk mo‗g‗ullar 
imperiyasi» nomi bilan shuhrat topgan davlatga asos soladi.
1526-yilning 21-dekabrida Bobur dushmanlari tomonidan zaharlanib, tasodif 
tufayligina omon qoladi. Bobur 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etadi. Keyin 
uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko‗chiriladi.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish