Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

 
Asardan parchalar 
Andijon tasviri: 
...Farg‗ona viloyati beshinchi iqlimdindur... Sharqi Koshg‗ar, g‗arbi Samarqand
janubi Badaxshonning sarhadi tog‗lar... Yetti pora qasabasi bor: beshi Sayhun suyining 
janub tarafida, ikki(si) shimol jonibida... Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq 
rasm emas. Andijonning noshpotisidin yaxshiroq noshpoti bo‗lmas. Movarounnahrda 
Samarqand va Kesh qo‗rg‗onidin so‗ng mundin ulug‗roq qo‗rg‗on yo‗qtur. Uch darvozasi 
bor. Arki janub tarafida voqe bo‗lubtur. To‗qqiz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir 
yerdin ham chiqmas... Ovi qushi dog‗i ko‗p bo‗lur, qirg‗ovuli behad semiz bo‗lur. Andoq 
rivoyat qildilarkim, bir qirg‗ovulni uskunasini to‗rt kishi yeb tugata olmaydur… 
Samarqand tasviri



260 
Rub‘i maskunda Samarqandcha latif shahr kamroqdur. Beshinchi iqlimdindur. Shahri 
Samarqanddur, viloyatini Movarounnahr derlar. Hech yog‗iy qahr va g‗alaba ila munga dast 
topmog‗on uchun «baldayi mahfuza» derlar. Samarqand amirul mo‗minin Usmon 
zamonida musulmon bo‗lg‗ondur. Sahobadin Qusam Ibn Abbos anda borg‗ondir. Qabri 
Ohanin darvozasining toshidadur. Holo Mazori Shohg‗a mashhurdir. Samarqandni Iskandar 
bino qilg‗ondur. Mo‗g‗ul va turk ulusi Semizkand derlar. Temurbek poytaxt qilib edi. 
Temurbekdin burun Temurbekdek ulug‗ podshoh Samarqandni poytaxt qilg‗on emastur. 
Qo‗rg‗onini fasilning ustidin, buyurdumkim, qadam urdilar, o‗n ming olti yuz qadam 
chiqti... Ko‗hak suyi shimolidin oqar, Samarqanddin ikki kuruh bo‗lg‗ay. Bu suv bila 
Samarqand orasida bir pushta tushubtur. Ko‗hak derlar. Bu rud muning tubidin oqar uchun 
Ko‗hak suyi derlar. Bu suvdin bir ulug‗ rud ayiribturlar, balki daryochadur. Darg‗am suyi 
derlar... 
...ikki meva Samarqanddin mashhurdur: sebi Samarqand va sohibiyi Samarqand... 
Samarqand arkida Temurbek bir ulug‗ ko‗shk solibtur, to‗rt oshyonliq, Ko‗ksaroyg‗a 
mavsum va mashhur va bisyor oliy imorattur. Yana Ohanin darvozasig‗a yovuq qal‘aning 
ichida bir masjidi jum‘a solibtur, sangin aksar Hindistondin eltgan sangtaroshlar anda ish 
qilibturlar. Masjidning peshtoqi kitobasida bu oyatni «Va iz yarfau Ibrohimu al-qa-voida... 
(ila oxirihi)» andoq ulug‗ xat bila bitibturlarkim, bir kuruh yovuq yerdin o‗qusa bo‗lur... 
Samarqandning sharqida ikki bog‗ solibtur, birikim yiroqroqtur, Bog‗i Bo‗ldudur, yovuqrog‗i 
Bog‗i Dilkushodur. Dilkushoda ham ulug‗ ko‗shk soldirubtur, ul ko‗shkta Temurbekning 
Hindiston urushini tasvir qilibturlar. Yana pushtai Ko‗hakning domanasida Konigilning 
Qorasuyining ustidakim, bu suvni Obirahmat derlar, bir bog‗ solibtur, Naqshijahonga 
mavsum. Men ko‗rgan mahalda bu bog‗ buzulub erdi, oti besh qolmaydur edi... 
...madrasaning janubida bir masjid solibtur, masjidi Muqatta‘ derlar. Bu jihattin Muqatta‘ 
derlarkim, qit‘a-qit‘a yig‗ochlarni tarosh qilib, islimiy va xitoyi naqshlar solibturlar
tamom devorlari va saqfi ushbu yo‗sunluqtur. Bu masjidning qiblasi bilan madrasa 
qiblasining orasida bisyor tafavuttur. .. 
Yana pushtai Ko‗hakning domanasida g‗arb sori bog‗e solibtur Bog‗i Maydonga 
mansub. Bu bog‗ning o‗rtasida bir oliy imorat qilibtur Chilsutun derlar. Du oshyona, 
sutunlari tamom toshdin. Bu imoratning to‗rt burchida to‗rt manordek burjlar 


261 
qo‗poribturlarkim, yuqorig‗a chiqar yo‗llar bu to‗rt burjdindur. O‗zga tamom yerlarda 
toshdin sutunlardur. Ba‘zini morpech xiyora qilibturlar... Ushbu bog‗chada yana bir 
chordara solibtur, izorasi tamom chiniy. Chiniyxona derlar. Xitoydin kishi yiborib 
keltirubtur. 
Samarqand qal‘asining ichida yana bir qadimiy imorattur, masjidi Laqlaqa derlar. Ul 
gunbazning o‗rtasida yerga tepsalar, tamom gunbazdin laq-laq un kelur, g‗arib amredur, 
hech kim muning sirrini bilmas. 
Samarqand shahri ajab orosta shahredur, bu shaharda bir xususiyate borkim, o‗zga kam 
shaharda andoq bo‗lg‗ay. Har hirfagarning bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut 
emastur, tavr rasmedur. Xub nonvoliqlari va oshpazliklari bordur. Olamda yaxshi qog‗oz 
Samarqanddin chiqar. Juvozi qog‗ozlar suyi tamom Konigildin keladur. Konigil Siyohob 
yoqasidadurkim, bu qora suvni Obirahmat ham derlar. 
Samarqandning yana bir matoi qirmizi maxmaldurkim, atrof va javonibqa eltarlar. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish