Yig‘ib yaxshiliq birla yaxshi qiliq,
Qiliqdek boshingdin ayoq yaxshiliq.
240
11 – 14-boblarda qadimgi fors-eron shohlarining to‗rt tabaqasi: peshdodiylar,
kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar tarixi haqida ma‘lumotlar keltiriladi.
Dostonning asosiy qismi 15-bobdan boshlanadi. Asosiy qism o‗ziga xos
kompozitsiyaga ega. Uni shartli ravishda quyidagi 4 qismga bo‗lish mumkin:
1)
Iskandar voqeasi – Iskandar hayoti bilan bog‘liq biror voqea yoki
hodisa bayoni;
2)
nazariy masala – muayyan axloqiy muammoning ta’rifi;
3)
hikoyat – shu axloqiy masalaga doir hikoyat;
4)
hikmat – Arastu va Iskandarning suhbati.
Birinchi qism lirik xotimaga ham ega. Bu soqiy, mug‗anniy va Navoiyga murojaat
tarzidagi baytlar bo‗lib, Nizomiyda «Iskandarnoma»ning birinchi qismi bo‗lmish
«Sharafnoma»da soqiyga, ikkinchi qism «Iqbolnoma»da mutribga murojaatni ko‗rsak,
dehlaviy dostonida ham soqiy, ham mutribga murojaat mavjudligini kuzatamiz. Navoiyda
esa soqiy va mutribdan so‗ng o‗z-o‗ziga ham murojaat qilinganligi ko‗rinadi.
Asosiy qism voqealari Iskandarning tug‗ilishidan boshlanadi. Rum mamlakatining
shohi Faylaqus tangridan farzand so‗raydi. Bir kuni ovdan qaytar ekan, shaharga
kiraverishdagi vayronada yangi tug‗ilgan chaqaloq va o‗lik onani uchratadi. Shoh o‗likni
dafn ettirib, chaqaloqni o‗ziga farzand qilib oladi va unga Iskandar deb nom beradi. Shoh
Iskandarning ta‘lim-tarbiyasiga katta e‘tibor beradi va Arastuning otasi Naqumojisni unga
ustod qilib tayinlaydi. Iskandar toj-taxt va boylikka emas, balki ilm-fan va olijanob
fazilatlarga muhabbat ruhida ulg‗ayadi.
Doston bilan tanishish jarayonida Navoiy shunchaki Iskandar tarixini yozishni emas,
balki u bilan bog‗liq voqealarning ma‘nosini ochishni maqsad qilganini ko‗ramiz. Buni
yuqorida keltirganimiz muayyan axloqiy masalaning ta‘rifi, hikoyatlar, savol-javob va
lirik xotimalarning o‗zaro almashinib kelishidan ham sezish mumkin.
Faylaqus vafot etgach, valiahd sifatida taxtni Iskandar egallashi kerak edi, lekin u
taxtga chiqishga oshiqmaydi. Xalq uning shoh bo‗lishini qattiq talab qilib turib olgandan
keyingina, Arastu unga toj kiygizadi. Iskandar xalq oldiga shart qo‗yib, kimning arz-dodi
bo‗lsa, shohni o‗zi bilan teng ko‗rib ahvolini aytishini so‗raydi:
241
Ki, berdi manga dodgarlik Iloh,
Bor ersa xaloyiq aro dodxoh,
Kelib ollima arzi hol aylasun,
O‘z ahvolini qiyl-u qol aylasun!
Iskandar taxtga o‗tirgach adolat bilan mamlakatni boshqara boshlaydi. Xalqni ikki
yillik xirojdan ozod etadi. Dostonda shu o‗rinda adolatning ta‘rifi beriladi. Bu ta‘rif
hadislar vositasida tushuntiriladi. Masalan, bir soatlik adolat farishtalarning, dunyodagi
barcha insonlarning toatidan afzal degan hadis keltiriladi. So‗ng shoh Mas‘udning bir kuni
tushida otasi Mahmudni nurga g‗arq bo‗lgan holda jannat bog‗larida yurganini ko‗rgani va
otasidan bu holga qanday sazovor bo‗lganini so‗raganida, otasi Hindistonni egallash
vaqtida elga qilgan birgina adolati tufayli Alloh unga shunday martabani loyiq ko‗rgani
haqida so‗zlab berganiga doir hikoyat ilova qilinadi. «Hikmat» bobida esa Iskandarning
Arastu bilan adolat haqidagi savol-javobi keltiriladi. Arastuning fikricha, shoh har bir
ishda adolat mezoni asosida ish tutsa, uning mulk-u mamlakati obod, xalqi badavlat
bo‗ladi. Xalq badavlat bo‗lsa, askarlarning maoshi ham ortadi va qo‗shin hamisha g‗olib
chiqadi.
Shu tariqa Iskandar adolat mezoni asosida ko‗plab mamlakatlarni egallaydi, suv
tubiga tushadi. 23-bobdan dostonga Doro obrazi kirib keladi. Navoiy Doroga tavsif
berarkan, uning kayoniylar sulolasi vakili ekanligini, jahon podshosi sifatida Kayxisrav-u
Kayqubodlarning avlodiligini, uning davlatni boshqarishida Luxrosbning tartiblari,
qo‗shinida Gushtosbning qonunlari ustuvor ekanligini bayon qiladi. Doro va Iskandar
orasidagi xiroj mojarosi bu ikki shoh o‗rtasida ixtilofning paydo bo‗lishiga olib
kelganligini afsus bilan ta‘kidlaydi.
Urush boshlanadi. Ammo tez orada Doroning noiblari xiyonat qiladilar va Doro
yarador holda Iskandar qo‗liga asir tushadi. O‗limi oldidan xiyonatkorlarni jazolash, uning
qarindosh-urug‗lariga ozor bermaslik va qizi Ravshanakka uylanishni Iskandarga vasiyat
qiladi. Iskandar Doroning barcha vasiyatlarini ortig‗i bilan ado etadi, Doroni izzat-ikrom
242
bilan dafn qiladi. Shu o‗rinda Iskandarning jahongir shoh bo‗lish bilan birga cheksiz mehr
sohibi ekanligi ham g‗oyat mohirlik bilan tasvirlanadi.
Iskandar Eronni egallagach jahonni fath etishga kirishadi. Ko‗plab o‗lka
podsholariga xat yozib mamlakatda adolat va osoyishtalik o‗rnatmoqchiligini va shunga
mos holda o‗z ixtiyorlari bilan unga taslim bo‗lishlarini so‗raydi. Aksariyat podsholar
unga bo‗yin egib keladilar. Faqat Kashmir, Hind va Chin xoqonlarigina unga bo‗ysunishni
istamaydilar. Iskandar Kashmirga yurish qilishga majbur bo‗ladi va mamlakat shohi
Malluni bo‗ysundiradi. Uning vasiyatiga binoan qizi Mehrnozga uylanadi, o‗g‗li Feruzni
Kashmirga podsho qiladi. Hirot va Samarqand shaharlarini barpo etadi. Tez orada Hind va
Chin xoqonlari ham Iskandarning sha‘n-u shavkatiga tan berib, unga jangsiz taslim
bo‗ladilar.
Iskandar yer yuzini egallagach dengiz sirlarini ham bilish uchun uzoq safarga
chiqadi. Shishadan sandiq yasab ummon tubiga tushadi va ko‗plab ajoyibotlarni ko‗radi.
Ammo safardan qaytishda xastalanadi va tutingan onasi Bonuga o‗g‗illikni o‗rniga qo‗ya
olmaganidan uzr so‗rab maktub yozadi. Mazkur maktub butun dunyoni zabt etsa-da, oxir-
oqibat u dunyoga hech bir narsasiz, ochiq qo‗l bilan ketayotgan, bu olamga shoh
bo‗lgandan ko‗ra onadek buyuk zotga qullik qilish sharafi yuksakroq ekanligini anglagan
ulug‗ jahongirning iqrornomasi edi:
Boshimg‘a tushub harza andeshaye,
Dedim olam ochmoq erur peshaye.
Ne qilg‘on xayolim bori xom emish,
Havas jomi ko‘nglumga oshom emish.
Kerak erdi, to kirdi mag‘zimg‘a hush,
Xirad toki soldi dimog‘img‘a jo‘sh.
Demon qilsam erdi o‘g‘ulluq sanga,
Qabul aylasam erdi qulluq sanga.
243
Sanga aylabon xoki dargohliq,
Aning otin aytsam edi shohliq.
Asosiy qismning so‗nggi bobida yetti faylasuf hakim: Aflotun, Suqrot, Balinos,
Buqrot, Hurmus, Farfinyus va Arastu Iskandarning onasiga ta‘ziya bildirgani keladilar va
shu bilan Iskandar voqeasi poyoniga yetadi.
Doston boshqa dostonlardan farq qilib, kattagina xotima bilan yakunlanadi. Xotima 6
bobdan iborat bo‗lib, «Saddi Iskandariy» dostonini tugallash bilan muayyan ma‘noda
«Xamsa»ga ham yakun yasaydi. Xotima quyidagi boblarni o‗z ichiga oladi:
84-bob – Husayn Boyqaro va uning farzandlari ta’rifi
85-bob – Hakimlar
(
donishmandlar
)
ta’rifi
86-bob – Gadoning shohga nasihati xususida
87-bob – So‘z gavhari xususida
88-bob – Darveshaliga nasihat
89-bob – Xulosa
Dostonning so‗nggi bobida Navoiy unga baxt-davlat rahnamolik qilib, nihoyat,
«Xamsa»ni yakunlaganini yozar ekan, «Hayrat ul-abror» dostoni yozilishidan boshlab
«Saddi Iskandariy» yakunlanguncha bo‗lgan jarayonni birma-bir eslab o‗tadi. Navoiy tong
otib kech kirguncha el-yurt tashvishi bilan band bo‗lgani holda salaflari uzoq muddat
yozgan «Xamsa»ni juda qisqa muddatda – ikki yilda yakunlaganini, agar bevosita faqat
yozish uchun ketgan vaqt hisoblab chiqilsa, olti oyga ham bormasligini faxriya tarzida
bayon qiladi.
«Saddi Iskandariy» mutaqorib bahrining
Do'stlaringiz bilan baham: |