Dilnavoz Yusupova


hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf
(ruknlari va 
taqti‘i: 
maf’ulu mafoilun fauvlun
) vaznida yozilgan. Lekin dostonda mazkur vazn bilan 
birga qo‗shimcha tarzda hazaji musaddasi axrami ashtari mahzuf (ruknlari va taqti‘i: 
maf‘ulun foilun fauvlun) vaznining ham qo‗llanilganini kuzatish mumkin. Bu holat 
tasodifiy bo‗lmay, doston mazmuni va g‗oyasi bilan chambarchas bog‗liq. Dostondagi 
3623 baytdan 240 misra aynan mana shu ritmik variatsiya (bir vaznning ichki 
imkoniyatlar asosida yangi variantlarga ega bo‗lishi)da yaratilgan bo‗lib, dostondagi 
ziddiyatli voqealar, asar qahramonlarining chuqur ruhiy iztiroblari tasviri, 
qahramonlar ruhiyatining tabiat tasviri bilan bog‘liq bayoni, qahramonlar hayrati aks 
etgan misralar, lirik chekinish paytida 
mazkur variatsiyaga murojaat qilingan.
11.7. 
«
Sab’ayi sayyor
»
 dostonining tuzilishi, hikoyatlar tahlili 


227 
Alisher Navoiy «Xamsa»sining to‗rtinchi dostoni «Sab‘ayi sayyor» deb atalib, 1484-
yili yozib tugallangan. Asarning bosh qahramoni Bahrom bo‗lib, tarixiy shaxs sifatida 
Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V (420 – 438-yillarda podsholik qilgan) bilan 
bog‗liq. Bu hukmdor qulon (yovvoyi kiyik)ni ovlashga nihoyatda o‗ch bo‗lganligi uchun 
xalq orasida Bahrom Go‗r (qulon) laqabi bilan shuhrat topgan. Sharq mamlakatlarida 
Mars (Mirrix) yulduzi Bahrom deb atalib, jang-u jadallar homiysi sifatida keladi.
Bahrom timsoli dastlab forsiy adabiyotda Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma»sida 
tasvirlangan. «Shohnoma»da Bahrom Go‗r haqidagi voqea dostonning faqat bir faslini 
tashkil etib, unda Bahromning tug‗ilishi, taxtga chiqishi, mamlakatni idora qilish 
tadbirlari, ov vaqtida o‗z kanizagi Ozoda bilan to‗qnashuviga doir voqealar tasvirlangan.
«Shohnoma»dagi Bahrom Go‗r va uning kanizagi orasidagi bu to‗qnashuv lavhasi 
Nizomiy tomonidan qayta ishlanib, mashhur «Haft paykar» dostoni vujudga keladi. 
Nizomiy Bahromning kanizak bilan bog‗liq hikoyasini qoliplovchi hikoya qilib olib, unga 
7 hikoyat kiritadi.
Nizomiy asaridan 200 yil o‗tgach Xusrav Dehlaviy unga javob tarzida «Hasht 
behisht» dostonini yaratib, 7 hikoyatni hind eposidan oladi.
Turkiy tilda birinchi bo‗lib bu mavzuni Alisher Navoiy qalamga oladi va o‗z 
dostonini «Sab‘ayi sayyor» deb ataydi. «Sab‘ayi sayyor» dostoni 38 bob, 5009 baytdan 
iborat, shundan 11 bobni muqaddima tashkil qiladi.
Doston muqaddimasi an‘anaviy hamd bilan boshlanadi. Navoiy Allohni olamning 
yaratuvchisi sifatida madh etar ekan, dostonning mazmuni taqozosi bilan birinchi 
bobdayoq yetti raqamiga alohida e‘tibor qaratib, iltizom (bir so‗zni biror parchaning 
barcha misra yoki baytlarida qo‗llab shu so‗zning muhimligini ta‘kidlash) badiiy san‘ati 
vositasida falakning yetti qavat ekanligi, yetti gumbazdan tashkil topgani, yer yuzi yetti 
iqlimga bo‗lingani, yetti ko‗k, yetti yulduz kabilar haqida fikr yuritadi.
Dostonning 2-bobi munojot bo‗lib, bunda buyuk shoirning Yaratuvchiga murojaati, 
najot umidi, tavba va iltijolari o‗z ifodasini topgan: 
Qodiro, ul zaif-u osiymen 
Ki, boshimdin ayoq maosiymen.


228 
3-bob Muhammad (s.a.v.) madhiga, 4-bob me‘roj tuni ta‘rifiga bag‗ishlanadi. 5-bob 
so‗z ta‘rifida. Navoiy bu bobda so‗zga yuksak baho berar ekan, shunday yozadi: 
So‘z kelib avval-u, jahon so‘ngra, 
Ne jahon, kavn ila makon so‘ngra...
6-bob ulug‗ salaflar – Nizomiy va Dehlaviy madhiga bag‗ishlangan. Shoir dastlab 
badiiy adabiyotdagi ikki adabiy tur, ya‘ni nazm va nasr ta‘rifiga to‗xtalib, ularni bir-biriga 
qiyoslaydi va nazmning nasrdan ustunligini isbotlar ekan, she‘riy asarlarda chiroyli, 
ta‘sirli ibora va badiiy san‘atlarni ko‗plab qo‗llash va injuni ipga tergandek misralar tizish 
mumkin, nasr esa sochib yuborilgan javohirdek go‗zallikdan mahrum deb yozadi. 
Shuningdek, nazm shakllari orasida masnaviyga alohida to‗xtalib, uni «vase‘ maydon» 
(keng maydon) deb ataydi: 
Masnaviykim, burun dedim oni, 
So‘zda keldi vase’ maydoni.
Navoiy bu ikki xamsanavisni shatranj o‗yinidagi oq ot-u (Nizomiy) qora filga 
(Dehlaviy), o‗zini oddiy piyodaga nisbat beradi.
Dostonning 7-bobi «hazrat shayxulislom mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy» 
madhiga bag‗ishlangan bo‗lib, Jomiyning bu sohalarda yaratgan asarlari devonlari va 
dostonlarining nomlarini keltiradi.
8-bob salaflarning nuqsonlari haqida bo‗lib, shoir bob sarlavhasida ustozlar 
asarlariga mulohaza bildirayotgani uchun uzr so‗raydi. Navoiy bu bobda doston 
yaratishdan oldin tush ko‗rganini, tushida 7 gumbaz, 7 gumbaz ichida 7 xil rangdagi 
mutasaddiyni ko‗rganini, shu yerda 7 kun yurib 7 afsona tinglaganini, bir mo‗ysafid unga 
avvalgi dostonlardagi qusurlarni tuzatishni so‗raganini, uyqudan uyg‗ongach muabbir 
(tush ta‘birchisi) aytgan dalillardan so‗ng doston yozishga kirishganini aytadi. Shundan 


229 
so‗ng o‗zigacha yozilgan Bahrom haqidagi dostonlarni sinchiklab o‗qib chiqqanini 
ta‘kidlab, ustozlarning hurmatini o‗z o‗rniga qo‗ygan holda ularga uchta e‘tiroz bildiradi:
Biri bukim yo‘q anda moyayi dard,
Qildilar ishq so‘zidin ani fard.
Shoir fikricha, oldingi xamsanavislarning birinchi aybi dard-u g‗amga yetarlicha 
ahamiyat bermasdan, uni ishqdan xoli tasvirlaganliklaridadir.
Yana 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish