Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

(
ta’did san’ati
). 
Farrux bir farzandga orzumand edi. Nihoyat, yangi yilning boshida, ya‘ni Navro‗z 
kunida unga Alloh farzand ato etadi, go‗dakka Navro‗z deb nom qo‗yadilar. Navro‗z 
o‗tkir aql va bilim sohibi bo‗lib voyaga yetadi: 
Kichik yoshdin qamuq fanlarni bildi, 
Ko‘pin o‘z aqli birla fahm qildi.
Bir kuni u tushida Farhor mamlakati podshosining qizi Gulni ko‗rib qoladi. Bulbul 
orqali Gul haqida xabar topgan Navro‗z Farhorga borganida, Gul Chin xoqoniga 


174 
uzatilayotgan bo‗ladi. Ikki yosh kemada qochib ulgurishadi, lekin dengiz falokati tufayli 
Navro‗z Yamanga, Gul Adanga borib qoladi. O‗zaro jangda ular bir-birlarini tanib 
qoladilar va adovat do‗stlikka aylanadi. Asarda mamlakatlar o‗rtasidagi ittifoq va ahillik 
ulug‗lanishi orqali temuriy shahzodalarga murojaat qilinayotgandek tuyuladi.
Asarning ramziy timsollari:
Farrux
– go‗zal, baxtli, muborak, qutlug‗ yuzli. 
Navro‘z
– yangi kun, ya‘ni yangi yil boshlanishidagi dastlabki kun.
Navshod
– xalqining go‗zalligi va chiroyi bilan mashhur bo‗lgan shahar nomi. 
Mushkin
– mushk hidli. 
Farhor
– orasta, chiroyli va shinam joy (uning Gul tug‗ilgan mamlakat sifatida talqin 
qilinishi bejiz emas, zero, gul bor joyda orastalik, go‗zallik bor). 
Rafi’
– oliy, baland. 
Bahman
– qishning eng ayozli kunlari. 
Yaldo
– qish mavsumidagi eng sovuq, uzun va qorong‗i kecha. 
Najd
– yerning baland qismi, to‗siq. 
10.2. Sakkokiy 
 
Iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag‘osidin Mavlono Sakkokiy va 
Mavlono Lutfiykim, birining shirin abyoti iftixori Turkistonda bag‘oyat va birining latif 
g‘azaliyoti intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur ham devonlari mavjud bo‘lgay.
(Alisher Navoiy) 
Alisher Navoiy bu ijodkorni: «Turk alfozi (so‗zlari)ning bulag‗o (balog‗atga 
erishgan)laridan», – deb baholaydi. Alisher Navoiyning ushbu bahosi Sakkokiyning o‗z 
zamonasida juda mashhur bo‗lgani hamda she‘riyati xalq ijod ahli orasida keng 
yoyilganini ko‗rsatadi.
Sakkokiy – adibning taxallusi. Uning asl ismi ma‘lum emas. «Sakkokiy» so‗zining 
ma‘nosi «pichoqchi» bo‗lib, bu adibning kasbiga ishoradir.


175 
Sakkokiyning qachon tug‗ilgani va qachon vafot etgani ham ma‘lum emas. Ammo 
asarlari orasida bir necha qasidalar mavjud, ular Xalil sulton, Arslon Xo‗ja tarxon, Xo‗ja 
Muhammad Porso va Mirzo Ulug‗bek singari tarixiy shaxslarga bag‗ishlangan.
Ma‘lumki, Xalil sultonning hukmronlik qilgan davri 1405 – 1409-yillarga to‗g‗ri 
keladi. Arslon Xo‗ja tarxon Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarini 
ko‗chirtirgan shaxs sifatida tarixda qolgan. Bu voqea 1444-yili Samarqandda bo‗lgan edi. 
Mirzo Ulug‗bekning hayotiga oid sanalar esa 1394 – 1449-yillarni o‗z ichiga oladi.
Agar qasida yozishning ancha murakkabligini, buning uchun muayyan ijodiy tajriba 
zarurligini e‘tiborga olsak, Xalil sultonga bag‗ishlangan qasida yozilgan paytlarda (1405 – 
1409) Sakkokiyning qalami anchagina charxlanganini anglaymiz. Demak, Sakkokiy XIV 
asrning ikkinchi yarmida, ehtimol, oxirgi choragida tug‗ilgan.
Shoirning movarounnahrlik ekanligi haqidagi ma‘lumot esa Navoiyning «Majolis un-
nafois» asarida qayd etilgan.
Sakkokiy she‘rlari devon holida yetib kelgan. Bu devonning turli davrda ko‗chirilgan 
bir necha nusxalari bor. Lekin, mutaxassislarning fikriga qaraganda, ularning birortasi 
ham to‗liq emas. «Alif»dan «nun»gacha bo‗lgan harflar, so‗ng «vov» bilan tugallanuvchi 
g‗azallar yo‗q va bularning taqdiri noma‘lum. Shu tariqa uning o‗n bir qasidasi va 
qirqtacha g‗azali yetib kelgan. Lekin saqlanib qolgan asarlarining o‗zi ham uning 
anchagina yuksak she‘riy iqtidoridan dalolat beradi.
Sakkokiy g‗azallarining bosh mavzusi – muhabbat. Uning tasviridagi yor benihoya 
go‗zal:
Yuzungni ko‘rsa qilur gul o‘zini yuz pora,
Xo‘tan yozisida ohu ko‘zungdin ovora.
Yor shu qadar suluvki, gul uning yuzini ko‗rsa uyat va nomusdan o‗zini pora-pora 
qiladi. Ko‗zlarining chiroyi uning go‗zal ko‗zlariga teng kelolmaganidan ohular Xo‗tan 
sahrolarida ovora-yu sarson kezib yurishibdi. Atoyida gul xijolat bo‗lib uyatdan qizargan 
edi, bu yerda u o‗zini pora-pora qilmoqda. Atoyida «ohulayn (ikki ohusifat) ko‗zlar» edi. 
Sakkokiyda ohuning ko‗zi yor ko‗zi oldida muqoyasaga chiday olmagani sabab, u Xo‗tan 


176 
sahrosida yuribdi. Nega Xo‗tan sahrosi? Chamasi, bir vaqtlar Adanda dur, Badaxshonda 
la‘l ko‗p bo‗lganidek, Xo‗tan sahrolarida ham ohu – kiyiklar serob bo‗lgan ko‗rinadi. 
Chunki bu o‗xshatish mumtoz adabiyotda juda qadimdan keladi. Yor og‗zining ta‘rifi 
undan ham g‗aroyib: 
Ko‘ngul shakar bikin og‘zing ko‘rub adam bo‘ldi,
Ayitmading bir og‘iz: Ey faqiri hech kora.
Atoyida og‗iz kichikligi, uni ko‗rmoqchi bo‗lib qidirib topmadim degan mubolag‗ali 
kichraytirish bilan berilgan bo‗lsa, Sakkokiyda bu tasvir yanada kuchaytiriladi. Avvalo, bu 
yerda yor og‗zi – shakar og‗iz. Ikkinchidan, uning kichikligini «yo‗q» darajada deb 
ta‘riflash shoir uchun juda sodda, odmi tuyuladi. Shu sababli u tashqi ko‗rinishni qo‗yib, 
ruhiyatga urg‗u beradi. Uning yordamida manzara yaratmoqchi bo‗ladi. Ya‘ni: ko‗ngul 
shakarday og‗zingni ko‗rib o‗zini yo‗qotdi – «adam bo‗ldi». Demak, birinchidan, oshiq 
yorning shakar og‗zini ko‗rdi-yu ko‗ngli ketdi. Ikkinchidan, «adam» so‗zining og‗iz bilan 
yonma-yon ishlatilishining o‗zidayoq she‘rxonda muayyan fikriy silsila hosil qiladi va 
og‗iz g‗oyat kichikligini o‗z-o‗zidan anglatib turadi.
Bale, bu ranj-u baloni men ixtiyor etdim,
O‘zumga ishni o‘zum qildim, emdi ne chora?! 
Ko‘zum yoshig‘a nazar qil, ko‘ngul bo‘lur ravshan,
Ey sarvinoz, oqar suvg‘a qilsa nazzora.
Oshiqning: «Ey sarvinoz, sen mening ko‗z yoshlarimga bir nazar sol. Oqar suvga 
qaralsa, ko‗ngil ravshan bo‗ladi deydilar-ku», – tarzidagi murojaatida yorga intizorlik 
yo‗lida uning ko‗z yoshlari ariqdagi oqar suv misoli to‗kilgani ta‘sirli ifodalangan. Bu 
o‗rinda, birinchidan, tashbehning ifrot (o‗ta mubolag‗ali) ko‗rinishidan foydalanilgan. 
Ikkinchidan, shoir unga monand ravishda «Oqar suvga qaralsa, ko‗ngil ravshan bo‗ladi» 
degan chiroyli bir maqolni ishlatyapti. Maqol ham yorni o‗z ahvolidan ogoh qilish ham 


177 
undan iltifot kutish (ko‗ngil ravshan bo‗lishi) umidini anglatmoqda. Irsoli masal san‘ati bu 
yerda juda qo‗l kelgan.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish