Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

Yangi oy-u iyd iki qullug‘ching o‘lsun, aylagan 
Sen hilol aning otin, bayram bu yerning kunyatin. 
Husayn Boyqaro Navoiyni davlat ishlariga jalb qiladi. Shoir dastlab 1469 – 1472-
yillarda muhrdor lavozimida, 1472 – 1476-yillarda esa amir (vazir) lavozimida xizmat 
qiladi. Tarixchi Mirxond uning bu davrdagi faoliyati haqida «Ravzat us-safo» asarida 
shunday yozadi: «
... amir bir necha vaqt muhrdorlik lavozimida qoyim turib, xizmatkorlik 
poyasini yuqori osmondan ham o‘tkazdi. Bir necha vaqtdan keyin bu mansabni tark etish 
bobida iltimos qilib, bu lavozimga amir Ahmad Suhayliyni tayin qilishni iltimos qildi. 
Xoqoni Mansur uning bu iltimosini qabul qildi, lekin hijriy 876-yili sha’bon oyida 
(
1472-
yil yanvar
)
bandanavoz podshoh ul vojib ul-atob amirni amorat mansabi bilan sarafroz 


190 
qilmoqchi bo‘ldi... xoqoni Mansurning pokiza ko‘ngli shu ediki, amir Alisher vojib ul-
iz’on farmonga ko‘ra boshqa amirlardan yuqori muhr bossa, lekin ul janobning qo‘liga 
ma’lum soatda muhr bossin uchun nishon berganlarida, nafsi siniq bo‘lganidan va 
bag‘oyat ulug‘ tavozu’liligidan, nishonning shunday joyiga muhr bosdikim, undan 
tubanroqqa muhr bosishga joy qolmadi...
» 
Alisher Navoiy vazir lavozimida ishlab yurgan paytlarida o‗zining butun kuch-
quvvatini mamlakat obodonchiligi, el farovonligi uchun sarf qiladi: 
Kim bor edi boshima ko‘p mehnatim, 
Yo‘q edi bosh qoshig‘ali fursatim
 

Hayrat ul-abror
»
dan
).
 
Mamlakatda zulm va haqsizlikka chek qo‗yadi, ilm va san‘at ahliga rahnamolik 
qiladi, bunyodkorlik va obodonchilik ishlariga keng e‘tibor qaratadi. «Amiri kabir» va 
«Amir ul-muqarrab» unvonlariga sazovor bo‗ladi.
Alisher Navoiyning mamlakatdagi katta huquqlari va el orasidagi yuksak e‘tibori 
saroy amaldorlari, ayniqsa, Majididdin va uning tarafdorlarining keskin noroziligiga sabab 
bo‗ladi va saroyda fisq-fasod kuchaya boradi. 1476-yili Navoiy vazirlik lavozimidan 
iste‘fo beradi va badiiy ijod bilan shug‗ullanadi.
Alisher Navoiy vazirlik lavozimidan ketgandan so‗ng ham Sulton Husayn saroyida 
eng nufuzli siyosiy arbob bo‗lib qolaveradi. Husayn Boyqaro uni o‗ziga g‗oyat yaqin 
tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va shoirning fikrini nihoyatda qadrlar edi. Bu 
holat ulug‗ shoir va saroy amaldorlari orasidagi nizoning oshishiga olib keladi. Husayn 
Boyqaro Navoiyni Astrobodga hokim qilib yuborish bilan saroydagi nizolarga chek 
qo‗ymoqchi bo‗ladi.
Alisher Navoiy 1487 – 1488-yillarda Astrobodda hokimlik qiladi. Mirxondning 
yozishicha, «
Astrobod gulshani adolat xislatlik amirning kelishi bilan Eram gulistonining 
g‘ayratini keltiradigan bo‘lib, Jurjonning sayyidlari, ulamosi, e’tiborli kishilari, fozillari 
ul maqtovga munosib sifatli amirning lutf-u marhamatlari bilan faxr va quvonch topdilar. 


191 
Yana ra’iyati uning adolat-u insofining barakoti bilan zulm-u bedodlik zulmatidan najot 
topib, tinchlik va omonlik, farog‘at va osudalikka erishdilar
»
.
1489-yili Alisher Navoiy Hirotga qaytgach, o‗rniga Astrobod hokimi qilib shahzoda 
Badiuzzamon tayinlangan edi. Bu orada Balxda Darveshali qo‗zg‗oloni boshlanadi. 
Husayn Boyqaro Navoiyni olib Balxga jo‗naydi. Darveshali bilan sulh tuziladi, lekin 
Hisorda Abu Sa‘idning o‗g‗li Sulton Mahmud Husayn Boyqaroga qarshi kurash 
boshlaydi. Shoh Navoiyni Balxda qoldirib, o‗g‗li Badiuzzamonni olib Hisorga otlanadi. U 
bilan ham murosaga kelishib orqaga qaytadi va Balxni Badiuzzamon tasarrufiga beradi. 
Badiuzzamon o‗n uch yoshli o‗g‗li Mo‗min mirzoni Astrobodda qoldirib, Balxga keladi. 
Husayn Boyqaroning suyukli ayoli Xadichabegim bilan Majididdinning o‗rniga vazir qilib 
tayinlangan Nizomulmulk Astrobodga Muzaffar mirzoni hokim qilib tayinlashga 
erishadilar. Xadichabegim shohning mastlik chog‗ida Mo‗min mirzoni o‗ldirish haqidagi 
farmonga imzo qo‗ydirib, uning zudlik bilan ijro qilinishiga erishadi. Husayn Boyqaro 
hushiga kelib yangi farmon jo‗natadi. Lekin vaqt o‗tib bo‗lgan edi.
Bu hodisa Alisher Navoiyga qattiq ta‘sir ko‗rsatadi va ko‗pdan buyon orzu qilgani 
haj safariga tayyorgarlik ko‗ra boshlaydi. Shohdan ijozat olib yo‗lga otlanadi. 1499-yili 
Marvda Husayn Boyqaroning yana bir o‗g‗li Abulmuhsin otasiga qarshi bosh ko‗taradi. 
Shoh isyonni bartaraf qilish uchun qo‗shin bilan Marvga otlanadi. Mirxondning xabar 
berishicha, «
Marv qamali uch-to‘rt oyga cho‘zilib, fath-u zafar shohidi murod ko‘zgusida 
ko‘rinmagani uchun, xoqoni Mansur sulhga mayl qildi. Abulmuhsin mirzo ham 
qal’adorlikning cho‘zilib ketganidan g‘am chekib, otasi qoshiga chopar yubordi va amir 
Alisherni talab qildikim, to ul janobning vositachiligi bilan sulh ishi voqe bo‘lsin
»

Shoh 
Mashhad ostonalariga yetib qolgan Alisher Navoiyga tez chopar yuboradi. Alisher Navoiy 
Mashhad ulug‗lari va hamrohlari bilan maslahatlashadi. Ular mamlakatning tinchligi har 
narsadan ustun ekanligini aytib, hajga borishni kechiktirishni maslahat beradilar. Alisher 
Navoiy ortga qaytadi va ota-o‗g‗il orasida sulh imzolanadi.
1500-yil dekabrining oxirlarida Husayn Boyqaro Astrobod yurishidan qaytadi. 
An‘anaga ko‗ra, saroyning barcha e‘tiborli kishilari shohni kutib olishga yo‗lga chiqadilar. 
Ular orasida hazrat Navoiy ham bor edi. Sog‗lig‗i juda yomonlashganiga qaramay, shoir 
safardan qaytgan sulton huzuriga yetib keladi va hamrohlari yordamida uning ko‗ksiga 


192 
bosh qo‗yib hushidan ketadi. Bu holat «Makorim ul-axloq»da shunday tasvirlanadi: «
Bir 
farsaxga yaqin yurganda sohibqironning dabdabali va ko‘rkam muhafasi ko‘rindi. Shu 
vaqt Xudoning inoyati bilan ul zotning muborak boshi aylanib qoldi. Olijanob amir Xoja 
Shihobuddin Abdullani huzuriga chaqirib: 
«
Meni ehtiyot qilishdan g‘ofil bo‘lmang, 
ahvolim o‘zgarib qoldi
», –
dedi. Shu payt a’lo hazratning qo‘lini o‘pishga yetishmoq 
uchun otdan tushdi. To‘satdan yetishgan kasallikning og‘irligi so‘nggi haddiga borib 
qolgani va yurishga madori qolmaganidan, mazkur amir va Mavlono Jaloluddin Qosim 
uning qo‘ltiqlariga kirib ulug‘ Amir boshini baland martabali podshohning quchog‘iga 
qo‘ya oldi. A’lo hazrat ul buyuklik va dabdaba doirasi markazining ahvolida o‘zgarish 
ko‘rib, g‘oyatda qayg‘uga botdi, g‘amgin bo‘ldi
»

Shoirni og‗ir ahvolda uyga olib 
keladilar. Uch kun hushsiz yotgan Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida sakta 
kasalligi tufayli vafot etadi.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish