Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

Istabon tashxisi xotir ustod, 
Nazm o‘quturkim ravon bo‘lsun savod.
Nasrdin ba’zi o‘qur ham doston, 
Bu 
«
Guliston
»
 yanglig‘-u ul 
«
Bo‘ston
»
.
Menga ul holatda tab’i bulhavas 
«
Mantiq ut-tayr
»
 aylab erdi multamas.
Topti sokin-sokin ul takrordin, 
Soda ko‘nglum bahra ul guftordin.
1453-yili Alisher maktabdosh do‗sti Husayn bilan Abulqosim Bobur xizmatiga 
kiradi. Avval Sabzavorda, so‗ng Mashhadda yashaydi. Bu yillarda ham yosh Alisher 
o‗qish va ilm o‗rganishda davom etadi.
1457-yili Abulqosim Bobur mirzo vafot etadi. Xuroson taxtini Abu Sa‘id mirzo 
egallaydi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga kirishib ketadi. Alisher Navoiy esa 
Mashhad madrasalarida o‗qishni davom ettiradi. Bu davrga kelib endi Navoiy ikki tilda 
she‘rlar bituvchi «zullisonayn» shoir sifatida ancha tanilib qolgan edi. Xondamirning 
ma‘lumot berishicha, bir kuni Alisher Navoiy Lutfiy huzuriga borganida, «malik ul-
kalom» undan yangi yozilgan bir g‗azalini o‗qib berishni so‗raydi. Navoiy o‗zining:
Orazin yopqoch, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh, 
Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh, – 
 


187 
matla‘si bilan boshlanuvchi g‗azalini o‗qiydi. Shunda Lutfiy agar imkoni bo‗lganida, 
o‗zining 10 – 12 ming forsiy va turkiy tilda bitilgan baytlarini shu g‗azalga almashtirishini 
aytib shoirning iste‘dodiga yuksak baho beradi.
Shoir Mashhad madrasalarida o‗qib yurgan paytida bir muddat xastalanib qoladi. U 
talabalar uchun ajratilgan hujrada kasal bo‗lib yotgan holatini «Majolis un-nafois»da 
shunday eslaydi:
«
... Sulton Abu Sa’id mirzo zamonida Mashhadda g‘arib va xasta bir buq’ada yiqilib 
erdim. Qurbon vaqfasi bo‘ldi, olamning aqso bilodidin xalq imom ravzasi tavofig‘a yuz 
qo‘ydilar. Rasmdurkim, musofirlar muttayyin buq’a gashtiga ham borurlar, ul 
buq’adakim, faqir yiqilib erdim, jamoati mavolivash el sayr qilib devorda bitilgan abyotni 
o‘qib, bir bayt ustida bahsga tushtilar. Bir ulug‘roq kishikim, ul jamoat ango tobe’ 
erdilar, ul jamoatni ilzom qildi. Faqir za’f holida ul jamoat jonibidin so‘z ayttim. Anga 
dedilarkim: bu bemor yigit ham bir so‘z aytadur. Ul ulug‘roq kishi xud Shayx Kamol 
ermishkim, ziyoratga kelgan ermish! Boshim ustiga kelib, mabhasni orag‘a soldi. Faqir 
javob bergach, o‘z so‘zidan qaytib, tahsinlar qilib, holimni tafahhus qildi. Ersa ul ham 
faqirni eshitgan ekandur va ko‘rar havasi bor ekandur
»

Alisher Navoiy va davrining 
mashhur shoiri Kamol Turbatiy o‗rtasidagi uchrashuv shu tariqa yuz beradi.
Alisher Navoiy 60-yillar boshlarida Hirotga qaytadi. Bu davrda Alisherning tog‗alari 
Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G‗aribiylar Husayn Boyqaroning sipohiylari sifatida 
Sulton Abu Sa‘id mirzoga qarshi jangda halok bo‗lgandilar. Shoir Hirotda uzoq 
qololmaydi va Samarqandga yo‗l oladi.
12
Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond va 
Xondamir shoirning Samarqandga borish sabablarini ilm o‗rganishga intilish bilan 
bog‗lasalar, Zahiriddin Muhammad Bobur «ixroj» (surgun) deb ataydi. Alisher 
Navoiyning o‗zi Sayyid Hasan Ardasherga yozgan «Masnaviy» maktubida Samarqandga 
ketishining bir necha sabablarini ko‗rsatadi: 
12
Sh.Sirojiddinov Navoiy Samarqandga aynan Hirotdan yo‗l olganligi masalasiga shubha bilan qaraydi. Olimning fikricha, 
Navoiy haqidagi manbalarning birortasida ham shoirning aynan Hirotdan Samarqandga safar qilganligi haqidagi ma‘lumot 
keltirilmaydi, balki «Xurosondan Samarqandga» yo‗l olganligi aytiladi. Mashhad ham Xuroson tarkibida ekanligi hisobga 
olinsa, Navoiy Samarqandga Mashhaddan borgan bo‗lishi ham mumkin (Sirojiddinov Sh. Alisher Navoiy: manbalarning 
qiyosiy tipologik, tekstologik tahlili. – B.45 – 48).
Navoiyshunos olim Q.Ergashev ham ulug‗ shoir hayotining aynan shu davri navoiyshunoslikda yaxshi o‗rganilmaganligiga 
e‘tibor qaratadi (Ergashev Q. Alisher Navoiy hayoti va ijodiy biografiyasiga doir // Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman 
materiallari. – B.35 – 36).


188 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish