Dilnavoz Yusupova


Gadoiyning yashagan davri haqidagi ma’lumot



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

Gadoiyning yashagan davri haqidagi ma’lumot. 
Demak, Gadoiy Bobur 
mirzo zamonida yashagan, ijod qilgan. Bobur mirzo Abulqosim Boburdir. U 1452 – 1457-
yillarda hukmronlik qilgan.
2.
Adibning yoshi haqidagi ma’lumot.
Ma‘lumki, «Majolis un-nafois» hijriy 807 (milodiy 1491 – 1492)-yili tuzilgan. Agar 
shu paytda Mavlono Gadoiyning to‗qson yoshlarda ekanligini nazarda tutsak, adib 
taxminan XV asr boshlarida tug‗ilgan bo‗ladi.
Gadoiy – devon tuzgan shoir. Uning devonida g‗azallar asosiy o‗rin tutadi. Gadoiy 
g‗azallari, asosan, 7 baytli (131 ta) hamda 5 baytli (74 ta) g‗azallardan iborat.
Shuningdek, unda mustazod, qit‘a janrlari namunalari mavjud.


179 
G‘azallaridan namunalar 

Buti siyminbarim, bizni unutma,
Dudoqi shakarim, bizni unutma.
 

Ey ko‘ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga,
Vodiyi hijron ichinda o‘zga ne g‘amdur sanga? 
 

Yoz fasli yel bori bu lazzat-u ishrat bila,
Yolg‘uz men mubtalo dard-u g‘am-u mehnat bila.
 

Yana yoz bo‘ldi-yu, topti bo‘ston nash’-u namo,
Ey nasimi ruhparvar, hayra maqdam, marhabo.
10.4. Atoyi 
XV asr o‗zbek mumtoz adabiyotining rivojlanishida shoir Atoyining o‗ziga xos o‗rni 
bor. Shoir haqida Yusuf Amiriyning «O‗q va yoy» munozarasida, Alisher Navoiyning 
«Majolis un-nafois» va «Muhokamat ul-lug‗atayn» asarlarida ma‘lumotlar uchraydi. 
Xususan, Navoiyning tazkirasida shoir haqida quyidagi fikrlar bitilgan: «
Mavlono Atoyi 
Balxda bo‘lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq va munbasit 
kishi erdi. Turkigo‘y erdi. O‘z zamonida she’ri atrok orasida ko‘b shuhrat tutti va bu 
matla’ aningdurkim: 
Ul sanamkim, suv qirog‘inda paridek o‘lturur, 
G‘oyati nozikligidin suv bila yutsa bo‘lur.
Qofiyasida aybg‘inasi bor.
9
Ammo mavlono ko‘b turkona aytur erdi. Qofiya 
ehtiyojig‘a muqayyad emas erdi. Qabri Balx navohisidadur
»
.
9
Bu o‗rinda Navoiy Atoyi qo‗llagan qofiyalar: «o‗lturur, bo‗lur»da raviy harfi o‗zak emas, qo‗shimcha tarkibida kelganligiga 
ishora qilyapti. Mumtoz qofiya talabiga ko‗ra, raviy harfi qofiyaning o‗zagida kelishi shart hisoblangan. 


180 
Atoyining tug‗ilgan va vafot etgan yillari haqida aniq ma‘lumot yo‗q. Faqat Navoiy 
«Majolis un-nafois» tazkirasida Atoyini ikkinchi majlisga kiritganligini hisobga olib shoir 
yashagan davrni XIV asr oxiri va XV asrning birinchi yarmi deb taxmin qilish mumkin.
Hozirgi Qozog‗istonning Turbat qishlog‗ida unga nisbat berilgan qabr bor. Shundan 
uning hayoti Sayram, Balx, Samarqand, Hirot shaharlarida kechgan deb aytish mumkin. 
Bizga bir devoni yetib kelgan bo‗lib, u 260 g‗azalni o‗z ichiga oladi. Shoirning asl ismi 
ma‘lum emas, «Atoyi» uning adabiy taxallusidir. Shoirning nasl-nasabi mashhur shayxlar: 
Ismoil ota, Ibrohim ota, Ahmad Yassaviylarga borib taqaladi, shu sababli ham shoir 
«Atoyi» taxallusini tanlagan. «Ato» so‗zining ma‘nolaridan biri shayx va zohiddir.
Atoyi lirik turning g‗azal janrida barakali ijod qildi. Uning ijodini, asosan, 7 baytli 
g‗azallar tashkil qiladi. G‗azallarda ishqiy mavzu yetakchi. «Qon bo‗ldi ko‗ngil» g‗azali 
firoqda qiynalayotgan oshiqning ko‗ngil izhorlari bilan boshlanadi: 
Qon bo‘ldi ko‘ngil firoqi birla,
Kuydi jonim ishtiyoqi birla.
She‘rning keyingi baytida yorning sochi askarlarga – cherikka o‗xshatiladi. Ular ko‗z 
bilan ittifoq tuzib jamol mulkini – go‗zallik mamlakatini egallashgan: 
Zulfung cheriki jamol mulkin
Oldi ko‘zung ittifoqi birla.
 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish