Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

11.5. 
«
Farhod va Shirin
»
 dostonining timsollar olami 
 


209 
Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi ikkinchi doston «Farhod va Shirin» deb atalib, 1484-
yili yozib tugallangan. Navoiygacha bu mavzu «Xusrav va Shirin» shaklida mashhur edi. 
Afsonaning bosh qahramoni Xusrav Parvez, aslida, tarixiy shaxs bo‗lib, milodiy 590-yili 
taxtga chiqib, 628-yili o‗z o‗g‗li Sheruyaning buyrug‗i bilan o‗ldirilgan Eron shohidir. 
Uning oromiy yoki arman qizi Shiringa bo‗lgan muhabbati ko‗pgina tarixiy asarlarda qayd 
etilgan. Xususan, Alisher Navoiyning o‗zi ham «Tarixi muluki Ajam» asarining 
sosoniylar tarixiga bag‗ishlangan qismida Xusrav Parvez haqida ma‘lumot beradi. Badiiy 
adabiyotda Xusrav va Shirin muhabbati haqida birinchi bo‗lib Firdavsiy o‗zining 
«Shohnoma» dostonida yozib qoldiradi, Nizomiy esa uni alohida ishqiy-sarguzasht doston 
holiga keltiradi. Nizomiyning «Xusrav va Shirin» dostoni 1340-yili Qutb Xorazmiy 
tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan.
Alisher Navoiy bu mavzudagi dostoni uchun avvalgi dostonlarda ikkinchi darajali 
timsol tarzida talqin etilgan Farhodni bosh qahramon qilib oladi. Aslida, Farhodning bosh 
qahramon qilib olinishi adabiyotda ilk bor XIV asrda Ozarbayjonda yashab faoliyat 
yuritgan Orif Ardabiliyning «Farhodnoma» (1369) nomli fors-tojik tilida yozilgan dostoni 
bilan boshlanadi. Lekin unda tasvirlangan voqealar Navoiy dostonidan butunlay farq 
qiladi.
Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni 54 bob, 5782 baytdan iborat. Shundan 
muqaddima 11 bobni o‗z ichiga oladi. Doston an‘anaviy hamd – Allohning maqtovi bilan 
boshlanadi. Dostonda ikkita hamd mavjud. Birinchi hamdda Alisher Navoiy 
Yaratuvchining qudratini ta‘riflab, uning irodasi bilan qalamga olmoqchi bo‗lgan g‗oyaviy 
niyati haqida so‗z yuritar ekan, birinchi misrani arabcha kalima bilan boshlaydi: 
Bihamdik fath abvob ul maoniy, 
Nasib et ko‘ngluma fath o‘lmak oni.
Ya‘ni: Ma‘nolar eshiklarining ochilishi sening maqtoving bilan va ko‗nglumga ularni 
zabt etishni nasib qil.


210 
Keyingi baytlarda Navoiy ma‘nolar xazinasi qulfiga qo‗lining kalit bo‗lishini, shu 
vosita bilan barcha umidlariga yetishishni tilaydi, ana shu ma‘nolar xazinasidan olam 
ahlini bahramand etishni umid qiladi.
Ikkinchi hamdda shoir yozishga kirishayotgani «Farhod va Shirin» dostonining 
umumiy talqini, undagi qahramonlarning muxtasar tavsifini beradi, «dard bog‗i» deb 
ta‘riflangan ishq bilan aloqador barcha hayajon va iztiroblar haqida yozadi. Shoir Xoliq 
maqtoviga kirishar ekan, eng avvalo, u inson ko‗nglini ishq gulshani, bu gulshanda esa 
ishqni xazinaga aylantirganligini madh etadi:
Ki inson ko‘nglin etti gulshani ishq, 
Bu gulshanning harimin maxzani ishq.
Munojot (3-bob)da Alisher Navoiy insonning yo‗qlikdagi holati, dunyoga kelishi, 
go‗dakligi, hayoti to‗g‗risida bayon qiladi. «Lavhi mahfuz» (kishilarning yaxshi va yomon 
amallari, taqdiri azaldan bitib qo‗yilgan lavh) haqida fikr yuritadi.
To‗rtinchi bob Muhammad payg‗ambar (s.a.v.) madhiga bag‗ishlangan. Bob 
payg‗ambarning muborak chehrasi tavsifi bilan boshlanib, uning o‗qish va yozish bilan 
shug‗ullanmaganligi ajoyib badiiy san‘atlar vositasida bayon qilib beriladi. Xususan, 
qalam payg‗ambar unga mayl ko‗rsatmaganidan, ya‘ni uni qo‗lida tutmaganligidan keyin 
yoqasini chok etib, ko‗z yoshlarini to‗kib afg‗on qilganligi, uning qo‗lini o‗payin deb 
qancha og‗zini ochmasin, uning orzusi amalga oshmaganligi husni ta‘lil san‘ati asosida 
keltirilganligini ko‗ramiz: 
Necha choki giribon qildi xoma, 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish