43
Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
: elektron darslikdan
foydalanish, jadvallardan ko‘rsatib tushuntirish.
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni.
O‘simlik turlarini, uning kelib chiqishi va
tuzilishini sistematika va
morfologiya o‘rgansa, o‘simliklar jamoasini geobotanika fani yoki fito-tsenologiya
o‘rganadi. Fitotsenologiyaning obyekti ham fitosenoz o‘sim-liklar jamoasi
hisoblanadi. Tashqi muhit bilan hamda o‘zaro aloqada va muayyan bir territoriyada
uchraydigan o‘simliklar guruhi fitotsenoz deb ataladi va bu atama V. N.
Sukachev tomonidan 1954-yilda fanga ki-ritilgan. O‘simlik qoplamining eng
kichik maydonchasi fitotsenozdir. Fi-totsenozlar tashqi muhit sharoiti har xilligi
sababli ham xilma-xildir: tog‘da bir jamoa paydo bo‘lsa, cho‘lda, botqoqliklarda
esa uchinchi xili va hokazolar paydo bo‘ladi.
Har bir
fitotsenoz turlarning tarkibi, turlar o‘rtasidagi o‘zaro miq-dor va sifat
munosabatlari, yaruslik, fitotsenozning mozaikligi (gorizon-tal tuzilishi), tashqi
qiyofasi, hayot formalari bo‘yicha xilma-xilligi, ya-shash joyi va shunga o‘xshash
bir qancha xususiyatlari bilan tavsiflana-di.
Fitotsenozga kiradigan turlar yig‘indisi flora yoki floristik tarkib deyiladi.
Uning tarkibiga yuksak o‘simliklardan tashqari bakteriyalar, suvo‘tlar,
zamburug‘lar va lishayniklar ham kiradi. Fitotsenozdagi alohi-da turlarning har xil
holatdagi individlar yig‘indisi
senopopulatsiya
deb ataladi. Ularga bir turga
mansub bo‘lgan tuproqda yoki yer yuzida ha-yotchanligi yo‘qotmagan urug‘lar,
nihollar va har xil yoshdagi individlar kiradi. Demak, fitotsenozning
turlar tarkibi
senopopulatsiyalar yig‘indi-sidan iborat. Turlarning o‘zi esa populatsiyalar
tizimidan iborat. Senoz-dagi har bir tur senopopulatsiyasi soni va yoshining nisbati
bilan farqla-nadi.
T. A. Rabotnov o‘simliklar populatsiyalarning hayotini yoshi bo‘yi-cha
quyidagi asosiy davrlarga bo‘linadi: latent, virginil, generativ, senil.
Jamoadagi populatsiya tarkibida o‘simliklarning har xil yoshdagi individlar
mavjud bo‘lib, bu turning jamoada turg‘un saqlanib qolish ho-latini belgilab, uning
normal hayot kechirayotganligidan dalolat beradi.
T. A. Rabotnov ma’lumotlari bo‘yicha, invazion, normal va regres-siv tipdagi
populatsiyalar farq qilinadi.
Invazion tipdagi populatsiyada jamoaga yangi kirib kelayotgan po-pulatsiya
tushuniladi. Bu
yerda nihol, yosh, voyaga yetgan holatdagi o‘simliklarni uchratish
mumkin. Urug‘lari fitotsenozga tashqaridan ke-lib, jamoada muhim o‘rnini
egallashi, aksincha, yashay olmasligi ham kuzatiladi.
Regressiv tipdagi populatsiya. Ular, asosan, qari yoki generativ va-killardan
iborat bo‘lib, ya’ni generativ ko‘payish xususiyatini yo‘qotgan populatsiyalardir.
Ular gullamaydi, gullasa ham, urug‘i unuvchanlik xu-susiyatiga ega emas. Bu esa
populatsiyani fitosenozdan chiqib ketayot-ganligini ko‘rsatadi. Bunday populatsiya
vakillari fitosenozda nobud bo‘lish chegarasida bo‘ladi.
Normal tipdagi populatsiya. Bunda spora yoki urug‘lardan boshlab, to voyaga
yetgan o‘simliklarni ko‘rish mumkin. O‘simliklar rivojlanish davrida barcha
bosqichlarini bosib o‘tadi. Demak, katta hayotiy tsikli normal bo‘ladi.
44
Fitotsenozning turlarga qanchalik to‘yinganligini ma’lum
bir may-don
birligida (1m kv.,100 m kv.) uchraydigan turlar soni ifodalaydi. Bu-ning uchun bir
necha namuna maydonchalarini ajratib olib, shu yerdagi mavjud barcha
o‘simliklarning to‘liq ro‘yxati beriladi. Bizning sharoiti-mizda turlarga eng boy
zona tog‘ zonasi hisoblanib, mingdan ortiq o‘simlik turlari mavjud. Fitotsenozning
turlarga boyligi to‘yinganligi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni
kuzatilayotgan joy florasi-ning ko‘pligi, mikroiqlimi, tuprog‘i, fitotsenozning
muhitga ko‘rsatayot-gan ta’siri, uning yoshi, hamda antropogen,
texnik omillarga
va hokazo.
Turning o‘zaro miqdor va sifat munosabatlari. Turlarning miqdor ko‘rsatkichi
bu mo‘llikdir. Mo‘llik o‘simliklar soni bilan ifodalanadi. Fi-totsenozlar turlar
mo‘lligi jihatdan bir-biridan farqlanadi. Masalan, tog‘ zonasidagi fitotsenozlar
turlarga boy bo‘lgan o‘simliklar jamoasi hisob-lanadi.
Fitotsenozdagi turlarning miqdor ko‘rsatkichini quyidagi uchta usul bilan
aniqlash mumkin:
1) ko‘z bilan chamalab;
2) qayta hisoblash usulida;
3) og‘irlik usulida.
Ko‘z bilan chamalab aniqlashda maxsus shkalalarga asoslanib ish olib
boriladi. Shkalalarning har bir bosqichi tur mo‘lligiga mos keladi. Bu yerda 7 balli
Drude shkalasidan foydalaniladi.
Qayta hisoblash usulida har bir tur ma’lum maydon birligida hisob-ga olinadi.
Keyinchalik turlar mo‘lligi umumiy fitotsenoz uchun ma’lum maydonga qayta
hisoblanadi. Daraxt va butalarni hisoblash uchun 1000 m.kv (10 100), 2000 m.kv
(20 100); chalabutalar uchun 100 m.kv (10 10), 200 m.kv (10 20),
efemer va
o‘t o‘simliklar uchun 1 m.kv o‘l-chamdagi maydonchalar ajratiladi.
Og‘irlik usulida aniqlaganda 1 m.kv kattalikdagi maydonchadan beshtasi
ajratib olinadi. Ulardagi o‘simliklar tuproq yuzasidan taqab o‘rib olinadi.
O‘simliklar turlar bo‘yicha ajratiladi va tarozida alohida tortiladi. Natijada har bir
turning o‘rtacha ko‘rsatkichi va fitosenozda qancha yer ustki massa hosil qilishi
aniqlanadi. O‘t massasi quritilgan holda hisoblanadi. Fitotsenozdagi
populatsiyalarning sifat jihatdan roli ham bir xil bo‘lmaydi. Jamoada edifikator,
subedifikator, dominantlar, subdominantlar, assektatorlar,
antropofitlarni ajratish
qabul qilingan.Shu bilan birgalikda jamoaning tashqi ko‘rinishiga aspektiga ham
e’tibor berish kerak. Jamoalarning tashqi ko‘rinishi vegetatsiya davri davomida
o‘zgarib turadi, chunki jamoadagi mavjud bo‘lgan turli o‘simliklar rivoj-lanish
fazalariga turli vaqtlarda o‘tishi mumkin, bu, odatda, o‘simliklar-ning mavsumiy
rivojlanish fazalari bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: