Qiyosiy pedagogika


Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari



Download 295,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana16.03.2022
Hajmi295,19 Kb.
#494001
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзу

Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari 
Ta’lim O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb 
e’lon qilinadi. 
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekanligi
ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 
umumiy o`rta, shuningdek o`rta mahsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; 
o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo`nalishini: akademik litseyda yoki kasb-
hunar kollejida o`qishni tanlashning ixtiyoriyligi; 
ta’lim tizimining dunyoviy harakterda ekanligi; 
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; 
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; 
bilimli bo`lishni va iste’dodni rag’batlantirish; 
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish. 


Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O`zbekiston 
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va 
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-tehnikaviy va madaniy ehtiyojlarini 
qondiruvchi ustuvor sohadir. 
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va 
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratadi. 

Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari 
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko`rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat: 
ta’limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega 
ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi; 
ta’limning demokratlashuvi ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o`quv 
yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat 
tizimiga o`tilishi; 
ta’limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning 
ta’limga nisbatan bo`lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va 
umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-
muhit o`zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi; 
ta’limning ijtimoiylashuvi ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil 
qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; 
ta’limning milliy yo`naltirilganligi ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va 
urf-odatlari bilan uzviy uyg’unligi, O`zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab 
qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o`ta muhim omili sifatida e’tirof 
etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash
ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol 
topgan insonni shakllantirishga yo`naltirilganligi; 
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil 
ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. 
Pedagogika fanlarining alohida sohasi va o`quv predmeti sifatida qiyosiy 
pedagogika pedagogika va ta’lim tarixi, etnopedagogika va etnopsixologiya
didaktika, tarbiya nazariyasi, psihologiya, etnografiya, sotsiologiya, falsafa va 
boshqa fanlar bilan bog’liqdir. Bir paytning o`zida qiyosiy pedagogika ilmiy 
bilishning mustaqil sohasi bo`lib o`z predmeti, obyekti, vazifalari va bajaradigan 
ishi bilan farq qiladi. Qiyosiy pedagogika uchun pedagogika tarixi, falsafa va 
ta’lim tarixi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, aynan qiyosiy pedagogika 
kursida turli davlatlarda pedagogik fikr taraqqiyoti muammolari kengroq va 


kompleks o`rganiladi. Shu bilan bir qatorda pedagogika tarixi, falsafa va ta’lim 
tarixi fanlari qiyosiy pedagogika mazmunini aynan takrorlamaydi.

Download 295,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish