224
endi zarur tovarlarni bir joyda sotishlari va ayni paytda o‘zlariga zarur tovarlarni
xarid qilishlari mumkin edi. Ayirboshlash harakatlari soni kamaydi.
Vositachilar
o‘zlarining aloqalari, tajribasi, ixtisoslashuvi hamda faoliyatining ko‘lami
bilan
ishlab chiqaruvchi firmaga uning yolg‘iz o‘zi qila olishi mumkin bo‘lganidan ko‘ra
ko‘proq narsa taklif etadi. Shu sababli ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar o‘z
tovarlarini bozorga vositachilar orqali taklif etadilar.
Taqsimot yo‘li aniq bir tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan
iste’molchi sari harakatida ularga bo‘lgan mulk egasi huquqini o‘ziga oladigan
yoki boshqaga berishga yordam ko‘rsatadigan firmalar
yoxud ayrim shaxslar
majmuidan iboratdir.
Boshqacha qilib aytganda, taqsimot yo‘li tovarning ishlab chiqaruvchidan
iste’molchiga qarab harakat qiladigan yo‘lidir. Taqsimot yo‘lining tarkibiy qismlari
bir qator vazifalarni bajaradi:
•
tovar (xizmati)ni bir joydan boshqa joyga ko‘chishi;
•
tovar (xizmati)ga yoki undan foydalanish uchun mulk egasi huquqini berish;
•
undovchi faoliyat;
•
tovarlar buyurtmasi;
•
xavf-xatarni bo‘yniga olish;
•
muzoqaralar olib borish;
•
bozor ma’lumoti tahlili.
Taqsimot yo‘lining jami vazifalariga uch umumiy xususiyat xos:
ular taqchil
resurslarni sarflaydi, ixtisoslashgan sharoitlarda gohida yaxshiroq bajarilishi
mumkin, turli ishtirokchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Agar
vazifalarning ko‘p qismi ishlab chiqaruvchi bajaradigan bo‘lsa,
uning chiqimlari
ortib ketadi, demak, mahsulot narxi ham baland bo‘ladi. Agar vazifani bajarsa,
ishlab chiqaruvchi belgilangan narx pastroq bo‘ladi, chunki vositachi ishni tashkil
etishga sarflangan xarajatlarni chiqarish uchun pul undiradi.
Taqsimot kanalining asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
•
axborot – bu marketing tadqiqotlari natijasida olingan ma’lumotlar va
marketing muhiti to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi
225
•
siljitish – mahsulot taklifiga oid ishontiruvchi
axborotlarni reklama va
boshqa vositalar orqali tarqatish
•
aloqa – kerakli xaridorlarni topish va ular bilan aloqa o‘rnatish
•
muvofiqlashtirish – talab va taklifni bir-biriga moslashtirish
•
muloqotlar – mahsulotni narxi, etkazib berish sharti va taklifning boshqa
punktlari bo‘yicha muloqotlar o‘tkazish
•
jismoniy taqsimlash – tovarni transportirovka qilish va saqlash
•
moliyalashtirish – kanal faoliyatini ta’minldashga bog‘liq
xarajatlarni
koplash
•
tavakkalchilik – mahsulotni sotib olib keyinchalik zarar bilan sotish.
Birinchi besh funksiya shartnoma tuzish uchun xizmat qiladi, qolgan uchtasi
esa shartnomani bajarish uchun xizmat qiladi.
Taqsimot kanalining bosqichi - bu tovar va unga
egalik huquqini pirovard
xaridorga yaqinlashtirish yo‘lida u yoki bu ishni bajaradigan har qanday
vositachidan iboratdir. Taqsimot kanalining quyidagi bosqichlari bor:
Do'stlaringiz bilan baham: