211
10-BOB. NARX SIYOSATI
10.1. Narx tushunchasi, uning mohiyati va narx turlari
Narx bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda
yuz beradigan
munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi
ifodasi, qiymatining bozordagi ko‘rinishidir. Narx bamisoli barometr kabi bozor
holatini ko‘rsatib turadi,
narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo‘likkan
bo‘ladi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini
tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo‘yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini
uning funksiyalari ko‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‘lishidan qat’iy
nazar
(tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
1.
bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi;
2.
hisob-kitob, ulchov funksiyasi;
3.
iqtisodiy regulyator funksiyasi;
4.
raqobat vositasi funksiyasi;
5.
ijtimoiy himoya funksiyasi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: demping narx,
nufuzli narx, milliy narx,
arzonlashtirilgan narx, jahon narxi,
yashirin narx, erkin
narx, standart narx, kontrakt (ulgurji) narx, chakana narx, o‘zgaruvchan narx, limit
narx, muvozanat narx.
Narx siyosati – narxni tashkil etish va narxni boshqarish strategiyasi va chora
– tadbirlari yig‘indisi; bu
ishlab chiqarish holatlarini, bozor kon’yunkturasini,
shuningdek ishlab chiqaruvchiga foyda keltirib, xaridor
ehtiyojini qondirishdagi
tovar va xizmatlarga narxni belgilashni bilishdir.
Narx strategiyasi – narxni belgilash va o‘zgarishi bo‘yicha chora –
tadbirlaridir.
Narx taktikasi - qisqa muddatli xarakterga(narxga chegirma, narxga ustama)
va bir marotabalik chora – tadbirlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Narx siyosatini boshqarish maqsadlari quyidagilardir:
212
-bozorda korxona mavqeini saqlab qolish;
- joriy foydani maksimallashtirish;
- bozor ulushi bo‘yicha liderlik;
- tovar sifati bo‘yicha liderlik.
Narxlar tovarni yangilik ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
1.
“Qaymog‘ini olish” strategiyasi
2.
Bozorga yorib kirish
3.
“Psixologik” narx – sotuvchilar tomonidan narxni qabul qilish
psixologiyasidan kelib chiqadi(narx yaxlit summadan kichikroq)
4.
Bozorda yoki tarmoqda lider orqasidan boruvchi narx –
bosh raqibga
nisbatan narx o‘rnatiladi.
5.
Ishlab chiqarish holatlarini qoplash xarajatlari
6.
Tebranib turuvchi narx
7.
Uzoq muddatli narx
8.
Egiluvchan narx
9.
Ustunlik narx – bozorda 70 – 80 % ulushni egallagan korxona qo‘yadigan
narx.
10.
Kelishilgan narx
11.
Tashqi savdo oborotini ta’minlovchi narx.
Oxirgi narxga quyidagi omillar ta’sir etadi:
1.
Tovar iste’molchilari
2.
Davlat tomonidan tartibga solish
3.
Tovar harakati kanallari qatnashchilari
4.
Raqobat.
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o‘zgarib turish
qobiliyatidir. Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi.
Yuqori narxlar esa
yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Narx
darajasiga tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni bog‘liqdir.
Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko‘paytirish, qisqa vaqt ichida eng
ko‘p foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab qolishdan iborat.