Qarshi davlat universiteti «qiyosiy pedagogika»


ilmiydan oldingi bosqich, paydo bo’lish bosqichi



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/64
Sana16.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#493375
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64
Bog'liq
Мажмуа Қиёсий пед 2021-2022 (pdf.io)

ilmiydan oldingi bosqich, paydo bo’lish bosqichi, 
rivojlanish bosqichi, inqiroz bosqichi, integratsiya bosqichi. 
1-bosqich (ilmiydan oldingi) – qadimgi davrlardan XIX asrgacha. 
2-bosqich (paydo bo’lish) – XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha. 
3-bosqich (rivojlanish) – XX asr boshlaridan XX asrning 60-yillarigacha. 
4-bosqich (inqiroz) – XX asrning 60-yillaridan 80-yillarigacha. 
5-bosqich (integratsiya) – o’tgan asrning 80-yillaridan hozirgacha bo’lgan davr. 
 
Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining birinchi bosqichi – qadimgi 
davrlardan XIX arsgacha.


Bu davr qiyosiy-pedagogik tadqiqotlar rivojlanishining boshlang’ich 
bosqichi hisoblanadi. Yoki bu davrni boshqacha qilib, 
falsafiy
davr deb atash 
mumkin. Chunki barcha muammolar falsafa fani doirasida ko’rilgan. Turli 
mamlakatlarda ta’lim-tarbiya masalalari, ya’ni “Ular qanday o’qitadilar?” degan 
savol qadim davrlardanoq ko’pchilikni qiziqtirib kelgan. Ko’pgina davlatlar o’z 
bolalarini, yosh avlodni tarbiyalash uchun qo’shni davlatlarning tajribalarini ham 
qo’llaganlar. Masalan, qadimgi grek faylasufi Platon spartaliklarning tarbiya 
metodlarini o’z vatani Afina maktablarida qo’llash imkoniyatlarini ochib bergan. 
Qadimgi Rim tarixchisi Tastit esa o’zining “Nemislarning kelib chiqishi va 
Germaniyaning joylashgan o’rni” deb nomlangan asarida o’sha vaqtlardagi nemis 
qabilalarida bolalar va yoshlar tarbiyasining o’ziga xos jihatlarini bayon etadi. 
Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” kitobida qadimgi forslar, saklar, 
massagetlarning ta’lim-tarbiyaviy qarashlariga oid muhim ma’lumotlar berilgan. 
Bunda forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlik ekanligi, shunga ko’ra ular 
oilada ko’p o’g’illarning bo’lishidan faxrlanishlari va o’g’il bolalar tarbiyasiga 
alohida e’tibor berilishini ta’kidlaydi. Faylasuf forslarning zodagon yoshlari 
tarbiyasi xususiyatlarini tasvirlar ekan, yunon yoshlarini tarbiyalashning o’ziga xos 
xususiyatlarini shakllantirishda ulardan o’rnak olishni maslahat beradi.
Ammo bular qisqa va unchalik dalillanmagan kuzatishlar bo’lib, etnografik 
yoki tarixiy xotiralarda izini qoldirgan xolos. Shuning uchun bunday kuzatishlarni 
o’sha davrga xos bo’lgan ilmiy tasavvurlar doirasiga kiritish qiyin. Deyarli 
dunyoning barcha faylasuflarini yosh avlod tarbiyasi qiziqtirgan va bu to’g’risidagi 
o’z qarashlarini ular qo’shni davlat urf-odatlari va an’analarini taqqoslagan holda 
bayon etganlar. Ularning ba’zilari bevosita ta’lim-tarbiya ishiga ishtirok etganlar. 
Masalan, Djon Lokk (Angliya) yoki Konfustiy (Xitoy).
Sharq Uyg’onish davri yirik mutafakkiri Abu Nasr Forobiy o’zining “Fozil 
odamlar shahri” nomli asarida ta’lim – tarbiyaga, inson kamolotiga munosabat 
nuqtai nazaridan ikki xil shahar yoki mamlakat – fozil hamda johil odamlar 
shahrini o’zaro qiyoslaydi. Ta’lim-tarbiya borasidagi eng nodir va qimmatli 
tajribalarni “Fozil shahar” timsolida ko’rsatsa, ta’lim-tarbiya borasidagi eng 
nomaqbul va xunuk hodisalarni (didaktogeniya) “Johil odamlar shahri” misolida 
ko’rsatadi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari ham komil inson tarbiyasi 
to’g’risidagi eng qimmatli qadriyatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Alisher 
Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida ham ta’lim, tarbiya, mudarris, dars, 
komillik, ilm, kasb-hunar to’g’risigi g’oyalar bayon etiladi. Bunda mudarris va 
shogird munosabatlari odobi to’g’risida qimmatli ma’lumotlar keltiriladi.
O’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi madaniy vaziyat ta’lim-tarbiya 
sohasining xalqaro qiyoslashga qiziqishini muvofiqlashtirmagan edi. Ming yillar 
davomida ta’limda ham boshqa madaniy sohalar kabi cherkov yakka hokimligi 
mavjud bo’lib, o’qitishning asosiy tili hisoblangan. Buning natijasida turli 
mamlakatlarda o’quv muassasalari tashkil qilinishi; ta’lim maqsadi, metod iva 
mazmuniga ko’ra o’xshash, bir-biridan deyarli farqlanmagan. 


So’nggi o’rta asrlarda Yevropa millatlar shakllanish jarayonini boshdan 
kechirdi. XVIII asrga kelib bir qadar rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o’z 
yakuniga yetdi. Milliy birlik hayotning turli sohalarga va xalqlarning milliy 
o’zligiga ijobiy ta’sir qildi. O’z navbatida bu ta’sir madaniyat va ta’lim sohasida 
ham kuchli namoyon bo’ldi. Milliy tillar uzluksiz ravishda lotin tilini siqib chiqara 
boshladi. Har bir mamlakatning o’quv muassasalari o’zining milliy xususiyatlarini 
shakllantira boshladi va cherkovga tobeligi ancha susaydi.
O’rta asrlarda Yevropaning ko’plab mamlakatlarida qo’shni mamlakatlarda 
ta’lim tizimi tashkil qilinishi bilan tanishish ehtiyoji kuchaydi. Turli davlatlardagi 
ta’lim-tarbiya tizimi to’g’risidagi qiyosiy tahlil namunalarini Ya.A.Komenskiy va 
boshqa mashhur pedagoglarning asarlarida ham ko’rish mumkin. Boshlang’ich 
maktabdan universitetgacha bo’lgan ta’lim tizimining uzluksiz strukturasi va 
tamoyillarini ishlab chiqishda Ya.A.Komenskiy Chexiya, Vengriya, Gollandiya, 
Shvetsiya kabi mamlakatlar tajribasiga ko’p marta murojaat qiladi. Shuningdek, 
badiiy-falsafiy asarlarda ham qiziqarli ma’lumotlarni uchratish mumkin. M.Moten 
(Fransiya) yoki Chesterfeld (Angliya) shular jumlasidan. M.Monten o’zining 
“Tajribalar” deb nomlangan asarida Uyg’onish davrida Fransiyadagi ta’lim-
tarbiyaning o’ziga xos jihatlari to’g’risida ma’lumot beradi. Uning bola shaxsini 
har tomonlama shakllanishida tarbiyaning va rivojlantiruvchi ta’lim muhitining 
roli to’g’risidagi qarashlari keyinchalik, D.Lokk va J.J.Russo singari pedagogika 
fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan mutafakkirlarning pedagogik 
qarashlariga o’z ta’sirini o’tkazdi.
1641 yilda ingliz milliy ta’lim tizimini shakllantirishda uning bilimlaridan 
foydalanish uchun Londonga taklif qilinadi. Yirik mashina sanoati yaratilish 
davrida bolalarga maktab ta’limi berish keng tus oldi. Kasbiy ta’lim shakllanishiga 
dastlabki qadamlar qo’yildi. Qator mamlakatlarda davlat ta’lim tizimi asoslari 
yuzaga kela boshladi. Yevropa pedagogik tafakkuri evolyutsiya bosqichlarida 
XVIII asr oxiri XIX asr boshlari juda muhim davr hisoblanadi. Bu esa, xorijiy 
pedagogik tajriba va uni milliy ta’lim muammolariga qiyoslashga qiziqishni 
kuchaytirdi. Shu tarzda yangi ilmiy yo’nalish-qiyosiy pedagogika yuzaga kelishi 
uchun obyektiv manbalar hosil bo’la boshladi. Bu ilmiy yo’nalish ta’lim-tarbiya’ni 
xalqaro qiyoslab o’rganishga ixtisoslashishi ko’zda tutilgan edi.
Bu g’oyalar pedagogik fikr taraqqiyotiga katta ta’sir o’tkazgan bo’lsada, biz 
ularda qiyosiy pedagogikaning ilmiy asoslanganligini ko’rmaymiz. Qiyosiy 
pedagogika fan sifatida XIX asrda shakllana boshladiki, bunga qator ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va madaniy shart-sharoitlar ta’sir ko’rsatdi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish