birinchidan,
boshlang’ich maktab ta’limini joriy etish va takomillashtirish zarurati. Bu
rivojlangan industrial davlatlarda muayyan yoshdagi bolalar uchun, ularning
ijtimoiy mavqeyi va moddiy ta’minlanganlik darajasidan qat’iy nazar boshlang’ich
ta’limning majburiyligi, ya’ni boshlang’ich ta’lim davlat tizimini barpo etishga
olib keldi.
Ikkinchidan,
turli davlatlarning maktablarida mazmuniy, tashkiliy va
metodik ko’lamdagi salmoqli o’zgarishlarning sodir bo’la boshlaganligi.
Uchinchidan,
jamiyat iqtisodiy imkoniyatlar dinamikasining o’sishi bilan bog’liq
holda tez sur’atlarda kasb tayyorgarligi ta’limini rivojlantirish zaruratining vujudga
kelganligi.
Bundan tashqari aynan XIX asrda Evropada pedagogik fikr taraqqiyoti
gullab yashnay boshladi. Pestalotsi pedagogikasi (Shvetsariya). Russoning erkin
tarbiya nazariyasi (Fransiya), Kantning axloqiy tarbiya to’g’risidagi pedagogik-
falsafiy g’oyalari (Germaniya) G’arbiy Evropa va butun dunyoga o’zining ijobiy
to’lqinlarini tarqata boshladi. Shu tariqa yangi ilmiy soha – qiyosiy
pedagogikaning paydo bo’lishi uchun obyektiv shart-sharoit vujudga keldi. Bell-
Lankaster tizimi, Pestalotsi pedagogikasi, Russoning «erkin tarbiyasi», ma’naviy
tarbiya haqidagi Kant fikrlari umumYevropa miqyosida tadbiq qilina boshlandi.
Qiyosiy pedagogikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi masalalari to’g’risida
olimlar turli nuqtai nazarni yo’qlab chiqdilar.
Qiyosiy pedagogika fanining asoschisi fransuz publissisti va tadqiqotchisi
Mark Antuan Julen (1775-1848) bo’lib hisoblanadi. U birinchi bo’lib, qiyosiy
pedagogikaning maqsadi va vazifalarini aniqlash, turli mamlakatlar bo’yicha
muvofiq ashyoviy materiallarni to’plash va tizimlashtirish, ta’limni rivojlantirishda
Jahon tajribasini o’rganish muammosini ilmiy tadqiqotlarning alohida mustaqil
sohasi sifatida ajratish masalasini o’rtaga tashlagan edi.
Mark Antuan Julen o’zining “Qiyosiy pedagogikaga oid ishga
qo’shimchalar” degan maqolasida Shvetsariya va Fransiya maktablarining
pedagogik tajribasini qiyosiy tahlil qiladi. Keyinchalik uni Julen Parijskiy deb atay
boshladilar. Shu nom bilan u qiyosiy pedagogika tarixiga kirdi. Uning fikricha,
qiyosiy pedagogikaning asosiy va bosh masalasi – turli mamlakatlarning
pedagogik tajribasini o’rganish orqali dunyo miqyosida imkon qadar ratsional
ta’lim tizimini yaratish.
Shuning uchun G’arbiy Yevropa adabiyotlarida Julen «Qiyosiy
pedagogikaning otasi» sifatida tilga olinadi.
Darhaqiqat, u ta’lim taraqqiyotining xalqaro tajribasini alohida ilmiy
tadqiqotlar yo’nalishi sifatida o’rganish masalasini o’rtaga qo’ydi. Julen faoliyati
va qiziqishlari keng miqiyosga ega edi. 1792 yilda 17 yoshli o’spirin diplomatik
missiya tarkibida Angliyaga jo’natiladi. U yerdan qaytgach, Fransiya departamenti
tarkibidagi inqilobiy hukumat a’zosiga aylanadi. 1794 yilda Fransiyaga markaziy
ma’muriy ta’lim siyosati natijasida tuzilgan «Xalq ta’limi ijroya qo’mitasi»
faoliyatida ishtirok etadi.
XIX asr boshlarida Julen mashhur publissist sifatida yuzlab maqolalar,
ijtimoiy munosabat, madaniyat va siyosatning turli masalalariga oid broshyuralar
e’lon qildi.
Julen Parijskiy Robesperning tarafdori va faol publissisti bo’lganligi sababli
tabiiy ravishda uning ta’lim to’g’risidagi g’oyalari va qadriyatlari Fransiya
inqilobinng g’oya va qadriyatlari bilan mos edi. Uning uchun qiyosiy pedagogikani
rivojlantirishning asosiy g’oyasi jamiyat taraqqiyoti va shu asosda xalq
farovonligini aks ettirar edi. Taraqqiyot (progress) g’oyasi fransuz
ma’rifatparvarlarining asosiy va muhim postulati bo’lib, u jamiyatni bosqichma-
bosqich rivojlantirib borib, eng past yashash sharoitidan yuqori yashash sharoitiga
ko’tarilish. Buning uchun barcha vositalardan, shuningdek, zarur bo’lsa inqilobiy
to’ntarishdan ham foydalanish lozimligi ko’rsatilgan edi. Aynan maorif, ta’lim
keng ma’noda “Aql-idrok podshohlig” ijtimoiy progressni tezlashtirishning asosiy
va zarur sharti hisoblangan. Shuning uchun ham turli mamlakatlardagi pedagogik
voqelik birinchi navbatda, fransuz inqilobi namoyondalarini qiziqtirar edi. O’sha
paytda Evropa mamlakatlari uchun umumiy bo’lgan ta’lim nazariyasini ishlab
chiqish va shu orqali madaniy taraqqiyotga erishish, nisbatan yangi g’oya sanalar
edi. Bu g’oya fransuz burjuaziya inqilobi bosh shiori bilan bog’liq bo’lib, bunda
jamiyatni rivojlantirishning asosiy qadriyati ozodlik, tenglik va birodarlik, deb
hisoblanadi.
Ozodlik, tenglik va birodarlik
(fr. Liberte`, E`galite`, Fraternite`) –
Buyuk fransuz inqilobining shiori bugungi kunda Fransiyaning davlat shiori bo’lib
hisoblanadi. O’sha patda bu shior fransuz ta’limini isloh qilishning asosiy g’oyasi
bo’lib hisoblangan. Uning tashabbusi bilan «Birlashgan millatlar fransuz jamiyati»
tashkil qilindi. Bu jamiyat Yevropa tarixiy adabiyotlarida zamonaviy xalqaro
tashkilotlar yuzaga kelishiga asos bo’lganligi, qayd qilinadi. Julen ta’lim va tarbiya
muammolariga juda qiziqar edi. 1810 yilda Julen Pestalotsining Iverdan
Shvestariyadagi tarbiya maskanini ziyorat qilgach, uning g’oyalarini jiddiy yoqlay
boshladi.
Julen 1848 yilda vafot etdi. Deyarli bir asrga yaqin vaqt ichida uning
publististik va ilmiy merosi esga olinmadi. Faqat 1935 yilda uning “Qiyosiy
tarbiya bo’yicha tadqiqotlarga oldindan eslatmalar va ocherk” nomli (1817) kichik
broshyurasining Parijdagi eski kitoblar do’koni peshtaxtasidan tasodifan topilishi,
uning ismini xalq xotirasidan butunlay o’chib ketishining oldini oldi. Uning
ijodiga qiziqishni qayta uyg’otdi. Aynan shu asarda «qiyosiy tarbiya» va «qiyosiy
pedagogika» atamalari ilk bor qayd qilingan edi.
Julen
1817 yilda
birinchi bo’lib xorij davlatlardagi ta’lim amaliyotini
analitik taqqoslash natijasi sifatida ta’lim-tarbiya mazmuni, metod-vositalari va
ta’lim nazariyasini o’rganish jarayonini ifodalash uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |