Pedagogika fan sifatida


 Qobiliyatlardagi tugʼma va orttirilgan sifatlar



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/48
Sana16.03.2022
Hajmi1,47 Mb.
#493139
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
Bog'liq
pedagogika psixologiya

2. Qobiliyatlardagi tugʼma va orttirilgan sifatlar. 
Baʼzan oʼta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat tugʼma 
ekanligiga ishora qilishadi. Talantli, genial olim, sanʼatkor yoki mutaxassis haqida gap 
ketsa ham xuddi shunday. Umuman qobiliyatlarning tugʼma yoki orttirilgan ekanligi 
masalasi ham olimlar diqqat markazida boʼlgan muammolardan.


Talant (yunoncha qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan maʼnoni 
anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishini taʼminlaydigan qobiliyat 
hamda isteʼdodlar yigʼindisidan iborat individual xususiyatdir. Talantning asosiy belgilari:
Muvaffaqiyatni taʼminlash; 
Faoliyatni mustaqil bajarish; 
Originallikning mavjudligi; 
Qobiliyat va isteʼdodlar yigʼindisidan iborat ekanligi; 
Individual-psixologik xislat ekanligi; 
Ijtimoiy turmushni oʼzgartiruvchi yaratuvchi imkoniyatligi. 
Talant qobiliyatlar yigʼindisi yoki ularning yigʼindisidan iborat boʼlishiga qaramay, 
alohida olingan yakka qobiliyatni, hatto u taraqqiyotning yuksak bosqichiga erishgan, 
yorqin ifodalansa ham u bilan tenglashtьirish mumkin emas. 
Psixologiyada tugʼmalik alomatlari bor individual sifatlar layoqatlar deb yuritildi va 
uning ikki xili farqlanadi: tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Birinchisi odamdagi tugʼma 
xususiyatlardan - oliy nerv tizimi faoliyatining xususiyatlari, miyaning yarim sharlarining 
qanday ishlashi, qoʼl-oyoklarning biologik va fizilogik sifatlari, bilish jarayonlarini 
taʼminlovchi sezgi organlari - koʼz, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib 
chiqsa (bular nasliy ota-onadan genetik tarzda oʼtadi), ijtimoiy layoqat - bola tugʼilishi bilan 
uni oʼragan muhit, muloqot uslublari, soʼzlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish 
uchun zarur shart-sharoitlar (ular ota-ona tomonidan yaratiladi)dir. Layoqatlilik belgisi - bu 
oʼsha individga aloqador boʼlib, u bu ikkala layoqat muhitini tayyoricha qabul qiladi. 
Qobiliyatsizlik va intellektning pastligi sabablaridan ham biri shuki, ana shu ikki xil 
layoqat oʼrtasida tafovut boʼlishi mumkin. Masalan, genial rassom oilasida bola tugʼildi 
deylik. Unda rassomchilik uchun tugʼma, genetik belgilar otasi tomonidan berilgan deylik. 
Lekin bolaning onasi farzandining ham rassom boʼlishini xoxlamasligi, oʼziga oʼxshash 
qoʼshiqchi boʼlishini xoxlashi mumkin. Аyol bolani yoshlikdan faqat musiqa muhitida 
tarbiyalaydi. Tabiiy layoqatning rivoji uchun ijtimoiy layoqat muhiti yoʼq, ijtimoiy layoqat 
oʼsishi uchun esa tabiiy, tugʼma layoqat yoʼq boʼlgani sababli, bolada hech qanday talant 
namoyon boʼlmasligi, u oddiygina musiqachi yoki qoʼshiqchi boʼlish bilan cheklanishi 
mumkin. Intellekt testlari va qobiliyatdagi tugʼma va orttirilgan belgilarni oʼrganishning 
psixologik ahamiyati aynan shunda. Ilk yoshlikdan bolaning oʼzidagi mavjud 
imkoniyatlarni rivojlantirish shart-sharoitini yaratish ishini toʼgʼri yoʼlga qoʼyish kerak. 
Orttirilgan sifati shuki, bola toki bilim, malaka va koʼnikmalarni oʼstirish borasida 
harakat qilmasa, eng kuchli tugʼma layoqat ham layoqatligicha qolib, u iqtidorga 
aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng buyuk ishlari, erishilgan ulkan 
muvaffaqiyatlarining tagida ham qisman layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, 
ijodkorlik va bilimga chanqoqlik yotgan. Shuni ham unutmaslik kerakki, qobiliyatsiz odam 
boʼlmaydi. Аgar shaxs adashib, oʼzidagi haqiqiy iqtidor yoki layoqatni bilmay, kasb 
tanlagan boʼlsa, tabiiy, u atrofdagilarga layoqatsiz, qobiliyatsiz koʼrinadi. Lekin aslida 
nimaga uning qobiliyati borligini oʼz vaqtida toʼgʼri aniqlay olishmagani sabab u bir umr 
shu toifaga kirib qoladi. 


Shuning uchun ham har bir ongli inson oʼzidagi qobiliyat va zexnni ilk yoshlikdan bilib, 
oʼsha oʼzi yaxshi koʼrgan, «yuragi chopgan» ish bilan shugʼullansa, va undan qoniqish olib, 
qobiliyatini oʼstirishga imkoniyat topib, yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor 
- insonning oʼz hatti - harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan subʼektiv 
munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki talantli boʼlmasligi mumkin, lekin u har qanday 
ishda mardlik, chidamlilik, oʼz-oʼzini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega 
boʼlib, oʼzlari shugʼullanayotgan ishni bajonidil, sitqidildan bajaradi. Ular ana shunday 
harakatlari bilan baʼzi oʼta isteʼdodli, lekin kamharakat kishilardan koʼra jamiyatga koʼproq 
foyda keltiradi. Iqtidorli insonda isteʼdod sohibi boʼlish imkoniyati bor, zero isteʼdod - har 
tomonlama rivojlangan, nixoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. U tinimsiz mehnat, 
oʼz qobiliyatini takomillashtirib borish yoʼlida barcha qiyinchiliklarni yengish va irodasi, 
butun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qoʼlga kiritiladi. 
Qobiliyatlarning psixologik strukturasi 
Qobiliyatlar avvalom bor umumiy va maxsus turlarga boʼlinadi va har birining oʼz 
psixologik tizimi va tuzilishi boʼladi. Shaxsning umumiy qobiliyatlari undagi shunday 
individual sifatlar majmuiki, ular odamga bir qancha faoliyat sohasida ham muvaffaqiyatli 
faoliyat koʼrsatish va natijalarga erishishga imkon beradi. Masalan, texnika oliy oʼquv 
yurtining talabasi ham ijtimoiy-gumanitar, ham aniq fanlar, ham texnika fanlari sohasidagi 
bilimlarni oʼzlashtira oladi. Bunda unga umumiy bilimdonlik, nutq qobiliyatlari, 
tirishqoqlik, chidam, qiziquvchanlik kabi qator sifatlar yordam beradi. 
Maxsus qobiliyatlar esa maʼlum bir sohada yutuqlarga erishish, yuqori koʼrsatgichlar 
berishga imkon beruvchi sifatlarni oʼz ichiga oladi. Masalan, sport sohasi bilan buxgalterlik 
hisob-kitobi boʼyicha ishlayotgan ikki kishida oʼziga xos maxsus qobiliyatlar boʼlmasa 
boʼlmaydi. 
Umumiy qobiliyatlarni maxsus qobiliyatlarga zid tarzda talqin qilish mumkin emas. 
Shaxsning umumiy qobiliyatlari ularni hosil qiluvchi omillar yaqqol psixologik hodisa yoki 
voqelikdir. Maxsus qobiliyatlar koʼlam jihatdan torroq boʼlishiga qaramay, chuqurroq 
mohiyatni oʼzlarida mujassamlashtiradi. I.P.Pavlov oʼz taʼlimotida “badiiy”, “fikrlovchi”, 
“oʼrta” tiplarga ajratilgan shaxslarning tavsifini beradi .
“Badiiy tip” uchun bevosita taassurotlar, jonli tasavvur, yorqin idrok va emotsiyalar 
natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi hos.
“Fikrlovchilar” uchun esa mavhum mantiqiy, nazariy, metodologik mulohazalarning 
ustunligi xos.
“Oʼrta” tipdagilarda esa har ikkala toifa xususiyatlarining xos ekanligi koʼrinadi.
Har bir qobiliyat oʼzining tizimiga ega. Masalan, matematik qobiliyatni oladigan 
boʼlsak, uning tarkibiga umumlashtirish malakalari, aqliy jarayonlarning egiluvchanligi, 
mavxum tafakkur qila olish kabi qator xususiyatlar kiradi. Аdabiy qobiliyatlarga ulardan 
farqli, ijodiy hayol va tafakkur, xotiradagi yorqin va koʼrgazmali obrazlar, estetik hislar, 
tilni mukammal bilishga layoqat; pedagogik qobiliyatlarga esa - pedagogik odob
kuzatuvchanlik, bolalarni sevish, bilimlarni oʼzgalarga berishga ehtiyoj kabi qator 


individual xossalar kiradi. Xuddi shunga oʼxshash qolgan barcha qobiliyatlarni ham zarur 
sifatlar tizimida tahlil qilish mumkin va bu katta tarbiyaviy ahamiyatga ega boʼladi. 
Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi 
Аmaliy psixologiyaning bugungi kundagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri 
layoqat kurtaklarini ilk yoshlikdan aniqlash, intellekt darajasiga koʼra shaxs qobiliyatlari 
yoʼnalishini ochib berishdir. Shuning uchun ham hozirda koʼplab intellekt testlari va 
qobiliyatlarni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli tarzda 
amaliyotda qoʼllanmoqda.
Qobiliyatlarni oʼlchash muammosi X1X asrning oxiri - XX asrning boshlariga kelib 
izchil hal qilina boshlandi. Xorijda bunday ishlar Spirmen, Bine, Аyzenk va boshqalar 
tomonidan oʼrganildi. Ular qobiliyatlar va iqtidorni oʼrganish uchun maxsus testlardan 
foydalandilar. Bu testlarning umumiy mohiyati shundaki, ularda topshiriqlar tizimi tobora 
qiyinlashib boruvchi testlar-topshiriqlar batareyasidan iborat boʼladi. Masalan, Аyzenkning 
mashxur intellekt testi 40 ta topshiriqdan iborat boʼlib, u intellektual jarayonlarning 
kechishi tezligini oʼlchaydi. Bu yerda vaqt mezoni muhim hisoblanadi. Boshqa mualliflar 
sekin ishlash - qobiliyatsizlik belgisi emas deb, boshqacharok usullarni oʼylab topganlar. 
Koʼpchilik olimlar uchun, masalan, rus olimlari uchun qobiliyatni oʼlchashning ishonchli 
mezoni - bu shaxs yutuqlarini va uning qobiliyatidagi oʼzgarishlarni bevosita faoliyat 
jarayonida qayd etishdir. Rus olimi Ye.А. Klimov yoshlar iqtidorining yoʼnalishini aniqlash 
maqsadida faoliyat va kasb - xunar sohalarini asos qilib olib, metodika yaratdi va uning 
«Professional - diagnostik soʼrovnoma» deb atadi. Shunday qilib, u barcha kasblarni 
ularning yoʼnaltirilgan sohasiga koʼra 5 toifaga boʼldi:
P(T) - tabiat (usimlik, hayvonlar, mikroogranizmlar);
T - texnika (mashina, materiallar, energiyaning turlari) ;
Ch(O)- odam (odamlar guruhi, jamoalar); 
Z (B)- belgilar (turli maʼlumotlar, belgili simvollar); 
X (I)- badiiy, ijodiy obrazlar (tasviriy sanʼat, musiqa). 

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish