eʼtibor berdimi; patsient rasmdagi umuman kutilmagan narsalarni fahmladimi yoki yuqmi
singari jarayonlar hisobga olinadi. Siyoh dogʼlari patsient tomonidan vahshiy hayvon,
odam, qandaydir doʼstona yoki shafqatsiz sahnalar bilan bogʼlanishi mumkin. Bu
bogʼlanishlarning mazmuni subʼektiv (sifat) va obʼektiv (miqdor) nuktai nazaridan
oʼrganiladi. Miqdoriy tadqiqot deganda tekshiriluvchining javob uchun sarflagan vaqti,
javoblarning
umumiy soni, toʼliq va qisman javoblar sonini aniqlash tushuniladi. Olingan
maʼlumotlar koʼpchilik oʼrtasida oʼtkazilgan tadqiqot natijalariga solishtiriladi va aynan shu
patsient uchun oʼrtacha qiymat aniq lanadi. Bunday metod oʼziga xos qurquv, himoya
mexanizmlari va ziddiyatlarni aniqlashning psixoanalitik imkoniyatlarini kengaytiradi.
Masalan, klassik nevrozdan aziyat chekadiganlar odatda siqib chiqarish, affektni izolyatsiya
qilish va reaktsiyani shakllantirishning yaxshi ishlaydigan himoya mexanizmlarini
shakllantiradilar. Shizofrenik simptomli patsientlar Rorshax testi davomida voqelikni u yoki
bu darajada buzib idrok qilishi namoyon boʼladi. Ichkilikbozlar va narkotik tobe odamlar
taklif qilingan rasmlardan“biron narsani yutish yoki biron narsani olish” bilan bogʼliq
obrazlarni topib, oral—soʼrish haqida gapirishga asos berishadi. Nartsistik
buzilishlar yoki
chegaradosh holatlar mavjud boʼlgan shaxslar esa, regressiv tendentsiya va affektatsiyaga
moyilliklari bilan ilk obʼekt munosabatlar buzilishini koʼrsatadilar. Dastlabki tashxisni
tasdiqlaydigan, rad qiladigan yoki toʼldiradigan proektiv testlarga yana TАT va OKT
testlarini qoʼshish mumkin. Bu testlarda patsientlarga igʼvogarlik ruhi roʼyi-rost ifodalangan
rasmlar koʼrsatiladi. Rasmlarning mazmuni har qanday odamdagi ongsiz instinktlarga yaqin
boʼladi. Bular hammamizga tanish boʼlgan qaigʼu, baxtsiz muhabbat, janjal, baxt, oʼlim
qurquvi, motam holatlaridir. Shuni taʼkidlash joizki, aynan yuqorida
aytilgan testlardagi
igʼvogarlik ifodasi tufayli ular oʼz maksadiga erishadi, yaʼni ongsizlikni tadqiq qilish
imkoni tugʼiladi. “Intervьyu” kamdan-kam hollarda igʼvogarlik talabini qondirishi mumkin,
chunki intervьyuer patsientga nisbatan oʼzini doʼstona va nazokatli tutadi. Intervьyu
natijalari kabi test natijalari ham tekshiriluvchining test oʼtkazayotgan odamning hulqiga
nisbatan reaktsiyasiga bogʼliqdir. Tekshiriluvchi nafakat taklif qilinayotgan rasmlarga, balki
tadqiqotchining shaxsiga ham oʼz ongsiz mayllarini proektsiya qiladi, koʼchiradi. Аnikrok
aytganda, bu yerda gap proektsiyaning ikki darajasi haqida bormokda.
Shuning uchun
bunday tadqiqotlar natijalari ham toʼla obʼektiv boʼla olmaydi. Shu bilan aloqador holda
sharxlarda tekshiriluvchi bilan tadqiqotchi oʼrtasidagi munosabatlar qanday yuzaga
kelganligini bayonnomada koʼrsatish muhimdir. Test vaziyatining oʼzi shunday reaktsiya
namunasini yuzaga keltirishi mumkinki, bunda tadkikotchi patsient tomonidan imtihon
oluvchi, sudьya yoki oʼqituvchi sifatida, bir soʼz bilan aytganda, patsientning javoblaridan
uning oʼziga maʼlum boʼlmagan xulosalar chiqaruvchi sifatida idrok qilinishi mumkin.
Shuning uchun ham xuddi shunga oʼxshash munosabatlar namoyon boʼlganligini
bilish
muhimdir. Shu oʼrinda aytish kerakki, test tadqiqotlari tadqiqotchi hulqi manerasiga mos
ravishda turlicha natijalar beradi. Tekshiriluvchining tadqiqotchi hulqiga nisbatan
reaktsiyasi tadqiqotchining reaktsiyasiga adekvat(mos)dir. Bundan shunday xulosa qilish
mumkinki, test tadqiqotlari shunday bir makonki, bunda
muhim rolni ikki tomonlama
koʼchirish bajaradi. Shuning uchun ham test davomida kechadigan koʼchirish va qarshi
koʼchirish jarayonlari sharxlarda tekshiriluvchi bilan test materiali oʼrtasida kechadigan
jarayonlar talqini va taʼrifi qatorida alohida eʼtiborga molikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: