5.ARAB VA GARBIY YEVROPA DAVLATLARIDA FEODALIZM DAVRIDAGI
IQTISODIY G‘OYALAR
Sharq mamlakatlarida feodal munosabatlar III-VIII asrlarda shakllana boshladi. Bu yerlarda pul,
mehnat munosabatlari biroz yengillashdi. Davlat xususiy egalik va foydalanish uchun yer ajrata
boshladi. Xususiy yer egaligining turli shakllari saqlangani holda davlat asosiy va unumdor
yerning egasi sifatida, zarur paytda xususiy xo‘jaliklarning barcha ishlariga bemalol aralashish,
yer soligini yig‘ish huquqini yo‘qotgan emas. Shu sababli Sharqda «davlat feodalizmi»ning turli
shakllari saqlandi va iqtisodiy qarashlarda ham o‘z aksini topdi. Iklim va turar-joy sharoiti tufayli,
bu yerlarda dehqonchilik asosan sun’iy sug‘orish asosidagina olib borilishi mumkin edi (Farbiy
Yevropa bilan solishtiring). Ba’zi olimlarning fikricha, Sharqda yerga xususiy mulkchilikning
yo‘qligi va buning asosiy sababi sun’iy sug‘orish ekanligini aytadi. Yer bor bo‘lgani bilan
sug‘orishsiz hosil olish mumkin emas edi. Sug‘orish inshootlari qurish, ta’mirlash jamoa
ixtiyorida bo‘lgan, qishloq jamoasi saqlangan. Sharqda yerga xususiy mulkchilik bo‘lganmi,
degan muammo xanuzgacha hal etilmagan. Bizningcha, ko‘proq yerdan foydalanish huquqi
bo‘lgan. Bu mintaqada yerni suvdan ajratib bo‘lmaydi.
Ilk feodal munosabatlar va shu davrdagi iqtisodiy g‘oyalarning asosi Qur’oni karimda (arabcha
qiroat, ya’ni o‘qish) aks etgan (VII-VIII asrlar). VI asrning oxiri-VII asrning boshlarida
Arabistonda feodal munosabatlarning shakllanishi tufayli yagona davlat barpo etishga da’vat
kuchaydi. Bu harakat so‘nggi din - Islomda o‘z aksini topdi. Islom ta’limoti payg‘ambarimiz
Muhammad alayhissalomga Alloh taolo tomonidan nozil qilingan Kur’oni karimda
mujassamlangan. Islomdagi yo‘l-yuriqlar hayotning barcha sohalarini qamrab olgan bo‘lib, shu
jumladan iqtisodiyotga doir masalalarga ham keng o‘rin berilgan. Qur’oni karimdagi asosiy
g‘oyalardan biri barcha musulmonlarning bardoshligi bo‘lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida
birlashdi. Halol mehnat, dehqon, hunarmandlar mehnati ulug‘landi, barcha boylik shu asosda
paydo bo‘lishi uqtirildi. Bu muqaddas kitobda Allox taolo savdoga katta ahamiyat bergan,
sudxo‘rlikni, ya’ni ribo’ (sudxo‘rlik foizi) ni harom qilgan, mulkning muqaddasligini, birovning
mulkiga xiyonat va xatto xasad qilishni katta gunox degan. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri
azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to‘g‘rilikka buyuriladi va yolg‘on ishlatish, o‘g‘rilik va
mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Allox taoloning Qur’oni karimda qarz olish va berish,
merosni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-exson qilish (3-sura, 128-
oyat) haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g‘oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham
katta ahamiyat kasb etadi. Yetimlar xaqiga xiyonat qilish eng katta gunohlardan deb e’lon
qilingan. Shuningdek, o‘zaro yordam ham (5-sura, 3-oyat) zarur, lekin yomon ishlarda va
dushmanlikda emas deyiladi. Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa
dehqonchilik, qo‘ychilik bilan shug‘ullanish, mehnat qilish zarurligi marhamat qilingan.
Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash Kur’oni karimdagi «Yenglar, ichinglar, xadya
qilinglar, ammo isrof qilmanglar» degan oyatlar asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng
aktual masalaga aylangan). «Daryo bo‘yida taxorat qilsalaringiz ham suvni isrof qilmanglar» kabi
qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatli.
Islom huquqshunosligida foydaning eng yuqori miqdori 10 foiz qilib belgilangan (buni boshqa
fikrlar bilan solishtiring).
Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurrahmon Abu Zayd
(1332-1406)ning hissasi benihoya katta (Tunisda tug‘ilgan, Fes sultonida xattot-kotib bo‘lgan).
1382 yili Qohiraga kelib mudarrislik qilgan, keyinroq qozi bo‘lgan. Asosiy asari «Kitob-ul-ibar»
(«Ibratli misollar kitobi»-1370y.). U birinchilardan bo‘lib tarixiy ijtimoiy taraqqiyotning moddiy
tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritdi, g‘arb olimlari Makiavelli, Monteskyega katta ta’sir
ko‘rsatdi.
Olimning konsepsiyasi «ijtimoiy tabiat»ga yaqin, jamiyat rivoji (evolyatsiyasi) oddiylikdan
sivilizatsiya saridir.
Ibn Xaldunning bu asaridan tarjima «Ijtimoiy fikr» jurnalining 1998 yil 1-sonida (158-165-betlar)
keltiriladi. Asarning «Kitobi avval» qismida «inson jamoasining farqli tomonlarini: shoxlik
hoqimiyati, odamlarning daromadlari»ni o‘rganish asosiy vazifa qilib qo‘yilgan. Olim: «Insonga
xos bo‘lgan jihatlarga yashash uchun mablag‘, narsa topishga intilish, bu uchun mehnat qilish
zaruriyati ham kiradi», deb yozadi. Davlatning yashash davr va bosqichlari keltiriladi, u beshga
bo‘linadi va nihoyatda ibratlidir. Mehnat qilinmasa «bozor munosabati ham barham topadi».
«Davlatning kuchi va qudrati, aholining soni boylik va farovonlikka bog‘liqdir», deb yozadi olim
(Smit goyasi). Soliqlar zarurligi uqtiriladi, soliqlar yana aholining o‘ziga qaytib keladi.
«Aholining boylik manbaini bozor va savdo munosabatlari tashkil etadi», deganda olim xuddi
bugungi iqtisodiy g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi. Merkantilistik g‘oya klassik maktab fikrlari bilan
to‘ldiriladi. «Savdogar moliga narx qo‘yishda barcha sarf-harajatlarni hisoblab narx yozadi».
Olimning bexosiyat, mevasiz daraxtlar ekishdan chetlanish xaqidagi fikri ham qimmatlidir.
Soliqlarni faqat davlat, ayrim xukmdorlar foydasiga yig‘ish jamiyat tanazzuliga olib kelishi
aytiladi.
Ibn Xaldun dastlab birgalikda «ishlab chiqarish» faoliyatiga katta e’tibor berdi, jamiyat moddiy
qiymatlar «ishlab chiqaruvchilar» jamoasidan iborat deydi. U «Odamning kelib chiqishida
mehnatning o‘rni»ni ochib berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va san’atning rivoji
bevosita «mehnat unumdorligining o‘sishi» bilan bog‘liq deydi. «Oddiy» va «murakkab» mehnat
farqlangan, mehnat bo‘lmasa, buyum ham bo‘lmas edi, degan muhim xulosa chiqariladi. Olim
fikrlarida «zaruriy» va «qo‘shimcha mahsulot», «zaruriy va qo‘shimcha mehnat» tushunchalari
farqlanadi. U «tovarning iste’mol qiymati» va «qiymat» tushunchalarini ta’rifladi. Zamon va
makonda o‘z zamondoshlaridan ancha ilgari bu g‘oyalarni berdi.«Oldi-sotdi bitimi asosida teng
ayirboshlash qoidasiga amal qilinishi kerak, bunda sarflangan mehnatning teng yarmi
ayirboshlanadi», «agar bu hunarmandchilik mahsuli bo‘lsa - unga sarflangan mehnatiga teng»,
«daromad qiymati esa sarflangan mehnat ushbu buyumning boshqa buyumlar ichida tutgan o‘rni
va uning odamlarga zarurligi bilan belgilanadi». Bunda tovarlarni tenglashtirish mehnatni
tenglashtirish shaklida yuzaga chiqadi, ya’ni mehnatning roli va tovarning foydaliligi ham
hisobga olinmoqda, bu juda muhim (marjinal g‘oya bor).
Qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik bilan birga savdoni hayot uchun tabiiy zarurat deb bilgan
va fiziokratlardan ilgarilab ketgan.
Tovar qiymatiga xomashyo qiymati, mehnat vositalari, oraliq tovar ishlab chiqaruvchilar
mehnatining qiymati kiradi. U aytadiki, ayrim hunarlar boshqa xunarlarni o‘z ichiga oladi:
masalan, duradgor yog‘ochdan ishlangan buyumlarni, to‘quvchi yigirilgan ipni ishlatadi va
hokazo, ya’ni ishlab chiqarishning ijtimoiyligi isbotlab beriladi. Tovar-pul munosabatlari tahlil
etilgan, narxlar bozorga olib chiqilgan tovarlar massasi (talab-taklif)ga bog‘liqligi aytilgan.
Nonga baholarni mo‘tadil ushlab turish, farovanlik manbai ekanligi ko‘rsatiladi. Soliq tizimini
tartibga solish kerakligi qayd etiladi; uningcha soliq pasayishi ijtimoiy hayotni yuksaltiradi.
Bundan deyarli 600 yil avval bozor tushunchasiga izox beriladi. Ibn Xaldun fikricha: «Bozor - bu
hunarmandchilikni mukammallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishning garovidir».
Klassik o‘rta asr davridagi iqtisodiy g‘oyalar kanonik, ya’ni qonuniy doktrinalar asosida rivoj
topdi. Bu sohada cherkov, ruhoniylar katta faoliyat ko‘rsatdilar. XII asrning o‘rtalarida
boloniyalik monax-roxib Grotsian «Kanonik huquqlar to‘plami»ni tuzdi, unda bir qancha
iqtisodiy g‘oyalar ham berilgan. Ular umumiy mulkchilikni ideal deb baholab (e’tibor bering,
xususiy mulk emas), xususiy mulkchilik xudo tomonidan odamlarning gunolari uchun vujudga
keltirilgan, degan g‘oyani ilgari surdilar. Boylar xayr-sadaqa berishga chaqiriladi. Xudoga ma’qul
bo‘lgan faoliyatlarga faqat dehqonchilik va hunarmandchilik kiritilib, sudxo‘rlik, ayniqsa, foyda
olish uchun savdo qoralanadi (Islom dinidagi g‘oya bilan solishtiring).
Kanonistlarning bosh iqtisodiy g‘oyasi asosida xudo tomonidan belgilangan «adolatli baho»
to‘g‘risidagi ta’limot yotadi.
Italiyalik roxib Foma Akvinskiy (1225-1274) ta’limotida iqtisodiy g‘oyalar ma’lum tartibga
solingan. U o‘zining asarlarida qullik va krepostnoylikni oqlaydi, bunda u Aristotel va muqaddas
kitoblarga asoslanadi. U xudoni barcha boyliklar egasi deb e’lon qiladi, lekin xususiy mulkchilik
ham himoya qilinadi, chunki bunda insonning o‘z toifasi, tabaqasiga mos ravishda yashashiga
imkoniyat yaratiladi. Davr taqozosiga mos (natural xo‘jalik hukmron) ravishda davlat o‘z-o‘zini
ta’minlash g‘oyasini qo‘llaydi, natura shaklidagi boylikka asosiy e’tiborni qaratadi, oltin va
kumushlarni sun’iy boylik deb biladi. Mehnatsiz yaratilgan boylik (savdo, sudxo‘rlik) harom deb
hisoblangan.
Asosiy va xudo tomonidan belgilangan bu narsa «adolatli baho» masalasi edi. Kanonistlar amalda
bahoni mehnat sarflarining yig‘indisidan iborat deb tan olganlar. Agar proporsional tenglik
saqlanmasa jamiyat yemirilishi mumkin, degan to‘g‘ri xulosa chiqariladi. Savdo foydasi va foiz
olish «adolatli baho» bo‘yicha almashuvni buzadi, shu sababdan yirik savdo va sudxo‘rlikni
taqiqlash talab etiladi. Foma Akvinskiy «adolatli baho» masalasini foydalar, to‘g‘rirog‘i naf,
manfaatlar tengligi asosida hal etdi va uni subyektiv vaqt deb baholadi. U aytadiki, agar narsa
biror odam foydasiga, lekin boshqa odam ziyoni hisobiga o‘tsa, bu holda buyumni o‘zining
haqiqiy bahosidan yuqoriroq sotish huquqi paydo bo‘ladi. Shu bilan birga bu buyum baribir
haqiqiy egasidaligidan qimmatroq sotilmaydi, chunki qo‘shimcha baho, shu buyumdan xoli
bo‘lgan ziyonni qoplaydi. F.Akvinskiy yuqori tabaqa aholisini mehnatkashlar manfaatini himoya
qiluvchilar qilib ko‘rsatadi. Shu sababli bu tabaqaga buyumlarni o‘z haqiqiy bahosidan
qimmatroq sotishga ruxsat beradi. Protsent (foiz)ni tavakkalchilik to‘lovi yoki qarz oluvchiga
beriladigan «beg‘araz sovg‘a» deb tushuntiradi. U rentaning ekspluatatorlik mohiyatini bo‘yab
ko‘rsatadi va renta yer egasiga o‘z qo‘l ostidagilarni boshqarishdagi mehnati uchun to‘lanadigan
xaq deb baholaydi. Bu bilan cherkov (yeri bor) va feodallarning manfaatlarini himoya qiladi.
Bunday iqtisodiy g‘oyalar Fransiyada (Nikola Orem), Angliyada (Djon Boll) ham vujudga keldi.
Shuni alohida qayd etish zarurki, bu iqtisodiy qarashlar sinfiy harakterga ega bo‘lgan, yuqori
tabaqalarning faoliyatini ma’qullagan. Ikkinchi tomondan norozi dehqonlar harakati ham
kuchaygan. Angliyada Uat Tayler (1381), Germaniyada Tomas Myunser (1524-1525)
rahbarligida dehqonlar qo‘zg‘oloni bo‘lgan, ular krepostnoylikni, boshqa majburiyatlarni bekor
qilishni talab etganlar. Shu davrda cherkov boyligi ham keskin oshgan. Tenglik to‘g‘risidagi g‘oya
buzilganligini ko‘rgan xalqning bir qismi ruhoniylarning shoxona hayot kechirayotganiga qarshi
chiqdi.
Shu davrda feodalizm yo‘lidan borayotgan Rossiyada ham iqtisodiy g‘oyalar vujudga keldi. IX
asrda tashkil topgan Qadimgi Rus davlati - Kiyev Rusida chop etilgan «Russkaya pravda»
qonunlar to‘plamida dastlabki yozma fikrlar berilgan. Unda jamiyatning sinfiy differensiatsiyasi,
yer egalari, savdogarlar manfaati himoya qilinadi, knyazlik manfaati uchun savdogarlar,
sudxo‘rlar, qarzdorlarni noo‘rin sarf-harajatlardan tiyish zarurligi haqida gapiriladi.
Ma’lumki, XII-XIV asrlarda Rossiyada feodal tarqoqlik ro‘y berdi (13 ga yaqin alohida knyazlik).
Bu davrda cherkov yer egaligi atrofida diniy shaklda kurash bordi. XVI asrdan boshlab ijtimoiy-
siyosiy kurash publitsistik tus oldi. Shunday publitsistlardan biri Yermolay edi, monax -
roxibligida Yerazm nomini olgan. Yermolay Yerazm o‘z asarlarida dvoryanlikni himoya qildi va
yirik savdo hamda sudxo‘rlikka qarshi chiqdi. U boyarlarni boshqalar hisobiga doim
bayramdagidek hayotini tanqid qildi, yerni esa faqat davlatga hizmat qilayotgan (ya’ni dvoryan)
odamlarga berish kerak, degan to‘g‘ri g‘oyani ilgari surdi (boyarlar markazlashgan davlatga
bo‘ysunishni istamagan va votchina egasi, tarqoqlikning asosiy sababchisi edilar). Haqiqatda ham
Ivan Grozniy, hatto Petr I davrida ham votchinani (ya’ni boyarlarni) yo‘q qilish uchun kurash
bordi, oxir-oqibatda dvoryanlik va pomeshchiklik yutib chiqdi va Rossiya yagona davlatga
aylandi.
Yermolay Yerazmning iqtisodiy qarashlarida dehqon mehnati boylik manbai degan qoida yotadi.
Shu sababli u davlatda dehqonlar toifasini birinchi o‘ringa qo‘yadi va ularning iqtisodiy ahvolini
yaxshilash zarur deb hisoblaydi. Ammo u dehqonlar ekspluatatsiyasining asosi pul
majburiyatlarida deb bilgan, shu sababli bu majburiyatlar natural renta holida bo‘lishi va hosilning
beshdan bir qismi (20 foizi) bilan cheklash, yom (pochta) majburiyatlarini esa savdogarlar
zimmasiga yuklashni taklif etdi. U mehnat unumdorligini oshirish to‘g‘risida qayg‘ursa-da, tovar
munosabatlari rivojiga qarshi bo‘lgan, ya’ni o‘zi o‘ziga qarshi edi, chunki u erkin boy savdogarlar
savdosi tarafdori edi. YE. Yerazm natural majburiyatlarni cheklash sinfiy kurashga chek qo‘yadi,
degan noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan.
XVI asrning o‘rtalarida yaratilgan «Domostroy» asarida shaharliklarning faoliyatiga oid qonun-
qoidalar majmuasi berilgan. Unda hoqimiyat va cherkov, oila, xizmatkorlarga munosabat
qoidalari keltiriladi. Ko‘pgina maslahatlar ichida xo‘jalik yuritish, savdo, soliq to‘lash qoidalari
bor. Asarda ro‘y bergan sotsial-iqtisodiy o‘zgarishlar, boy shaharlik psixologiyasi o‘z aksini
topgan.
Bozor bilan yaqin munosabat (savdo-soliq)lar qatori, mahsulotlarni ko‘plab zaxira qilish (zapas)
kerakligi (natural xo‘jalik belgisi) uqtiriladi. Hunar va savdoni o‘rganish, xo‘jalikni boshqarish,
mehnat va shaxsiy tashabbus rag‘batlantiriladi.
Rossiyada XVII-XVIII asrning boshlarida yirik o‘zgarishlar ro‘y berdi, kapitalistik ishlab
chiqarish munosabatlari paydo bo‘la boshladi. Farbiy Yevropadagi merkantilistlardan (quyida
ko‘riladi) farqli ravishda rus iqtisodchilari muomala sohasiga kam e’tibor qiladilar, pul - boylik
degan fikrga qo‘shilmadilar. Ular mamlakat ichida tovar almashuvini kuchaytirish tarafdori
edilar, tashqi savdoni esa asosan sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish quroli deb qaraganlar.
Bu g‘oyalar A.A.Ordin-Nashchokin (taxm. 1605-1680), Y.Krijanich (1617-1683), I.T.Pososhkov
(1652-1726) asarlarida bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |