II BO‘LIM
NUTQ KAMCHILIKLARINING TURLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH
5 BOB. O‘ZBEK TILI TOVUSHLARI TASNIFI
Ovoz va shovqinning ishtirok etish darajasiga ko‘ra tildagi fonemalar ikkiga
bo‘linadi: unli fonemalar va undosh fonemalar.
Unli fonemalar un naychalarining tebranishi bilan paydo bo‘ladi. Unli tovushlarni
talaffuz qilganimizda, o‘pkadan chiqadigan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida biror to‘siqqa
duch kelmasdan chiqadi. Lekin og‘iz bo‘shlig‘i tovushlarning aytilishida rezonatorlik
vazifasini o‘taydi. Unli tovushlarning xilma-xilligi va sifati og‘iz bo‘shlig‘ining hajmi
va undagi a’zolarining ùolatiga: tilning ko‘tarilish darajasiga, lablarning ishtirokiga va
ùolatiga bog‘liqdir.
Undosh tovushlar unli tovushlardan quyidagicha farq qiladi: undoshlar og‘iz
bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladi va shovqindan iborat bo‘ladi yoki ularda qisman shovqin
qatnashadi; undoshlarning talaffuzida o‘pkadan chiqadigan havo oqimi bo‘g‘izdagi un
paychalarini ba’zan titratib, ba’zan titratmay o‘tadi; og‘iz bo‘shlig‘idagi a’zolarining
to‘sig‘iga duch keladi, buning natijasida havo oqimi portlab yoki sirg‘alib chiqadi;
undoshlarni, odatda, cho‘zib talaffuz etib bo‘lmaydi, unlilarni esa istagancha cho‘zib
aytish mumkin
(a-a:, a::, a:::).
1.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar oltita:
i, e, a, o, u,
o‘
.
Bu unlilar
ùozirgi G‘zbek yozuvida un ùarf yordamida ifodalanadi:
tovush ùarf:
i i
e e, ye
a a, ya (y+a)
o o, yo (y+o)
o‘ o‘
u u, yu (y+u)
Unli tovushlar tasnifi.
Unli tovushlar uch jihatiga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi:
1.
Tilning yotiq (gorizontal) ùarakatiga ko‘ra. Bunda tilning oldingi (tish
tomonga) siljishi yoki orqaga tortilishi nazarda tutiladi. I, e, a unlilarini hosil qilishda til
oldinga siljisa, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda biroz orqaga tortadi. Shunga ko‘ra i, e,a
tovushlari old qator, u, o‘, o tovushlari esa orqa qator unlilar deb ataladi.
2.
Tilning tik (vertikal) ùarakatiga ko‘ra. Bunda og‘izning ochilish darajasi
(tilning pastki jag‘ bilan birga quyiga tushishi yoki aksincha, yuqoriga ko‘tarilishi)
nazarda tutiladi: i va u tovushlarini hosil qilishda til tanglayga birmuncha yaqin turadi, e
va o‘ tovushlarini hosil qilishda esa til bilan tanglay o‘rtasidagi oraliq o‘rtacha bo‘ladi,
a va o tovushlarini hosil qilishda esa til bilan tanglay o‘rtasidagi oraliq ancha
kengayadi. Shunga ko‘ra, i va u tovushlari yuqori (tor) unlilar, e va o‘ tovushlari o‘rta
(o‘rta keng) unlilar, a va o tovushlari esa quyi (keng) unlilar deb ataladi.
3.
Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilar ikki turga bo‘linadi:
1.
Lablangan unlilar: u, o‘, o. Bulardan u, o‘ tovushlarini hosil qilishda lablar
cho‘chchayadi, o tovushini hosil qilishda esa lablar biroz oldinga siljiydi.
2.
Lablanmagan unlilar: i, e, a. Bu tovushlarni hosil qilishda lablar ishtirok
etmaydi.
Yuqorida bayon qilingan unli tovushlarning tasnifi 1-jadvalda berilgan.
Unli tovushlar tasnifi
Tilning tik (vertikal)
harakatiga ko‘ra
Tilning yotiq (gorizontal) harakati va lablarning
ishtirokiga ko‘ra
Old qator, lablanmagan
Orqa qator lablangan
Yuqori (tor) unlilar
O‘rta (o‘rta keng) unlilar
Quyi (keng) unlilar
i
e
a
u
o‘
o
Do'stlaringiz bilan baham: |