Ayupova M. Yu



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

Undosh tovushlar tasnifi.
Undosh tovushlar ham uch jihatiga ko‘ra tasnif qilinadi: 
1.
Artikulyatsiya (hosil bo‘lish) o‘rniga ko‘ra. 
2.
Artikulyatsiya (hosil bo‘lish) usuliga ko‘ra. 
3.
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra. 
Artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra tasniflashda tovushning qaysi organ ishtirokida yoki 
nutq a’zosining qaysi qismida hosil bo‘lishi nazarda tutiladi. Artikulyatsiya o‘rniga 
ko‘ra undosh tovushlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1.
Lab undoshlari –
bevosita lablar ishtirokida hosil bo‘luvchi tovushlar: 
b, p, 
m, v, f
. SHulardan 
b, p, m
– lab-lab undoshlari, 
v, f
– lab-tish undoshlari sanaladi. 
2.
 
Til undoshlari –
bevosita til ishtirokida hosil bo‘luvchi tovushlar. Bularga 
quyidagi o‘n to‘qqizta undosh kiradi: 
g, d, j, j
(qorishiq), 
e, y, k, l, n, n (ng), r, s, t, x, q, 
ch, sh, q, g‘. 
Tilning qaysi qismi faol ishtirok etishiga ko‘ra til undoshlari o‘z navbatida 
quyidagi uch turga bo‘linadi: 
1.
Til oldi undoshlari: 
d, j, x, z, l, n, r, s, t, ts, ch, sh.
2.
Til o‘rta undoshi: y. 
3.
Til orqa undoshlari: 
k, g, n (ng), q, g‘, x.
4.
Bo‘g‘iz undoshi: h. 
Artikulyatsiya usuliga ko‘ra tasnifda nutq a’zolari hosil qilgan to‘siqdan havo 
oqimining portlab yoki sirg‘alib o‘tishi nazarda tutiladi. Bu jihatdan undosh tovushlar 
quyidagi uch turga bo‘linadi: 
1.
Portlovchi undoshlar: 
b, g, d, j, k, p, t, ch, q.
2.
 
Sirg‘aluvchi undoshlar: 
v, j, z, y, s, f, x, sh, g‘, h. 
3.
Portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar: 
m, n, n (ng), l, r.
Bu tovushlarning hosil 
bo‘lishida ham portlash, ham sirg‘alish hodisasi ro‘y beradi. 
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undosh tovushlar quyidagi ikki turga 
bo‘linadi: 
1.
Sonorlar – tarkibida ovozning miqdori shovqinga nisbatan ortiq bo‘lgan 
tovushlar: m, n, n (ng), l, r. 


2.
SHovqinlilar – tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko‘p bo‘lgan 
yoki ovoz mutlaqo qatnashmagan tovushlar: 
b, v, g, j, z, y, k, p, s, t, f,
x, ts, ch, sh, q, g‘, 
h.
SHovqinlilar, o‘z navbatida, ikki turga bo‘linadi: 
a) jarangli undoshlar – tarkibida oz bo‘lsa-da, ovoz qatnashgan tovushlar: 
b,v, g, d, 
j, j, z, y, g‘. 
b) jarangsiz undoshlar – tarkibida ovoz mutlaqo qatnashmagan tovushlar: 
p

k, s, t, 
f, x, ts, ch, sh, q, x.
Undosh tovushlarning talaffuzi bo‘yicha farq qilishini 2-jadvalda ko‘rishimiz 
mumkin. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish