3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
O’zbekistonda “Islohot – islohot uchun emas,
inson manfaatlari uchun” tamoyili e’lon qilingan va amaliyotga joriy etilmoqda.
Shu maqsadda fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, jamiyatning himoyaga muhtoj
qatlamlarini, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
bolalarni,
imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil va manzilli
davlat siyosatini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasifa davlat byudjetining qariyb 60
foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda. Sog‘liqni saqlash va fuqarolarni ijtimoiy
muhofaza qilishning yangi tizimini shakllantirish, nogironlarga tibbiy xizmat
ko‘rsatish va ularni reabilitatsiya qilish darajasini oshirishga,
jamiyatning
yetarlicha himoya qilinmagan va ehtiyojmand qatlamlarini davlat tomonidan
maqsadli qo‘llab-quvvatlash, ularga ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy
yordam ko‘rsatish va taqdim etilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada
yaxshilashga yo‘naltirilgan kompleks ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlat ijtimoiy dasturlarining amalga oshirilishi natijasida o‘tgan davrda
aholi salomatligi sezilarli
darajada mustahkamlandi, onalar o‘limi – 3,2, bolalar
o‘limi – 3,4 barobar kamaydi, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 66 yoshdan 74
yoshgacha, ayollar o‘rtasida esa 76 yoshgacha uzaydi.
Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlat
muassasalari bilan birgalikda “Mahalla”, “Nuroniy”, “Sog‘lom avlod uchun”
jamg‘armalari, O’zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa ko‘plab nodavlat
notijorat tashkilotlari ijtimoiy sheriklik mexanizmlari asosida muvaffaqiyatli
faoliyat yuritmoqda.
Ular
jamiyat va davlatning barqaror, izchil rivojlanishi, aholi farovonligini
oshirish hamda hayot sifatini yaxshilash, oila salomatligini mustahkamlash, onalik
va bolalikni muhofaza qilish, aholining himoyaga muhtoj qatlamlarining sifatli
tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish,
fuqarolar, jumladan,
4
imkoniyati cheklangan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash,
kam ta’minlangan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashmoqda.
Aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini
yanada takomillashtirish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli
ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, insonparvarlik
tamoyillari,
shuningdek,
2017-2021-yillarda
O’zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Faol
tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash
yilida
amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib:
“Davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul taqdim etiladigan protez-
ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari turlarini ko‘paytirish
hamda ularning tegishli standartlarini joriy qilish, “Nogironligi bo‘lgan
shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini
ishlab chiqish, og‘ir maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini yo‘qotgan,
nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish,
“
nogiron”
tushunchasi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs” tushunchasidan foydalanish,
nogironlikni aniqlash va oldini olish, ularning ta’lim olishi
va ishga joylashishiga
ko‘maklashish, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy shakl va
mexanizmlarini belgilash”
1
choralari belgilangan.
Bu tadbirlar ma’lum moddiy va moliyaviy resurslarni talab etadi. Aholini
ijtimoiy muhofaza qilishning moliyaviy manbalarini mustahkamlashning zarurligi,
bunda davlat resurslari va, ayniqsa, davlat byudjeti va davlat maqsadli
jamg‘armalaridan samarali va manzilli foydalanish mexanizmlarini takomillash-
tirish masalalari bitiruv malakaviy ish uchun
tanlab olingan mavzuning
dolzarbligini belgilab beradi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “2017-2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash
yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘grisida”gi PF-5308-sonli Farmoni. Qonun
hujjatlari ma’lumotlar milliy bazasi: 06/18/5308/0610-son. 23.01.2018.