163
14.1.1-rasm. Risk funksiyalari
Risklarni korxonalar foydasiga ta’sirini baholash va kamaytirish maqsadida
ularni turli belgilari bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik biznes
korxonalari joriy va uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishlarida bir qancha
risk turlariga duch keladilar. SHuning uchun risklarning tabiatini va turlarini
yoritish uchun ularni tasniflash maqsadga muvofiqdir.
Korxonalari moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatining ajralmasi qismi bo‘lib, ular faoliyatiga u yoki bu darajada
ta’sir ko‘rsatadi.
Risk obyektiv xususiyatga egaligidan kelib chiqib, unga ta’sir
etuvchi
omillarni yaxlit holda ko‘rib chiqish lozim va ularni kompaniya faoliyatiga
nisbatan
ichki
va
tashqi
omillarga bo‘lish mumkin.
Tashqi omillarni ikki guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq: bevosita
ta’sir etuvchi omillar; bilvosita ta’sir etuvchi omillar.
Bevosita ta’sir etuvchi omillar riskka to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi va bularga:
qonunchilikning
o‘zgarishi,
raqobat,
xo‘jalik
yurituvchi
subyektlar
bilan
munosabatlarning o‘zgarishi, soliq tizimining o‘zgarishi,
korrupsiya va reket kabi
omillarni kiritish mumkin. Bilvosita ta’sir etuvchi omillar risklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri
ta’sir etmasa ham ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi va bularga: siyosiy holat, xalqaro
miqyosdagi
voqealar
(masalan,
jahon
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi),
faoliyat
yuritilayotgan davlatning iqtisodiy nobarqarorligi, faoliyat olib borilayotgan sohaning
iqtisodiy ahvoli, tabiiy ofatlar kabilarni kiritish mumkin.
Sof risklar ba’zida statistik risklar ham deyishadi, uning mohiyati shundaki
sof risklar amaliy jihatdan har doim o‘zida yo‘qotishlarni aks ettiradi.
Uning
sabablari bo‘lib, uzluksiz ofatlar, baxtsiz xodisalar,
boshqaruvchilik
qobiliyatining pastligi (etishmasligi) va h.k. bo‘lishi mumkin.
164
Spekulyativ risklarni ba’zida dinamik yoki tijorat risklari ham deb atashadi.
Uning mohiyati yo‘qotishni yoki qo‘shimcha daromadni o‘zida aks ettiradi. Uning
sabablari bo‘lib, valyuta kursining o‘zgarishi, bozor konyukturasining o‘zgarishi,
investitsiya sharoitlarining o‘zgarishi va h.k. bo‘lishi mumkin. Risklarning sohalar
faoliyati bo‘yicha ko‘rinishlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Ishlab chiqarish riski, tashqi va ichki omillar ta’sirida tovar va xizmatlar
rejalari va majburiyatlarining bajarilmay qolishi bilan izohlanadi.
Tijorat riski, moliyaviy – xo‘jalik jarayonlaridagi yo‘qotishlar bilan
izohlanadi. Uning sabablari bo‘lib: realizatsiya xajmining pasayishi; xarid
jajmining
kutilmaganda pasayishi; xarid narxlarining o‘sishi (xom ashyo, yarim
tayor tovarlar va h.k.); muomala xarajatlarining oshishi;
muomala jarayonida
tovarlarning yo‘qolishi (sifatining pasayishi) bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy risklar, korxonalarning o‘z moliyaviy majburiyatlarini
bajarmasligi bilan yuzaga keladi. Uning sababi bo‘lib, pulning sotib olish
qobiliyati yo‘qolishi, to‘lovlarni amalga
oshirish uchun qobiliyatsizlik,
valyuta kursining o‘zgarishi va h.k. bo‘lishi mumkin.
Riskni to‘rt xil usulda baholash mumkin: Riskning taxminiy ehtimolini
aniqlash turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda risklarni
baholashning 4 usuli keltiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: