1-masala Masalaning sharti: Xodim dekabr oyining 9 - 17 sanalari uchun mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha kasallik varaqasini taqdim etdi. Xodimning ish staji 8 yil. Xodimga noyabr oyida hisoblangan ish haqi 1 950 000 so‘m. Yillik mukofot summasi
1 350 000 so‘m.
Talab qilinadi: -Xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizik nafaqasini hisoblang.
-Hisoblangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizik nafaqasi summasiga buxgalteriya hisobida yozuvlarni amalga oshiring.
2-masala Masalaning sharti: Xodim 2013 yilning 26 noyabridan 6 dekabrgacha kasallik varaqasi oldi. Xodimga mansab maoshi belgilangan, u 750 000 so‘mni tashkil qiladi. Noyabrda ish jadvali bo‘yicha 26 ish kuni, dekabrda ham 26 ish kuni mavjud.
Talab qilinadi: -Xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizik nafaqasini hisoblang.
-Hisoblangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizik nafaqasi summasiga buxgalteriya hisobida yozuvlarni amalga oshiring.
3-masala Masalaning sharti: Xodim dekabr oyining 19 - 26 sanalari uchun mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha kasallik varaqasini taqdim etdi. Xodimning ish staji 8 yil. Xodimga noyabr oyida hisoblangan ish haqi 2 950 000 so‘m. Yillik mukofot summasi 1 500 000 so‘m.
Talab qilinadi: 1.Xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizik nafaqasini hisoblang.
2.Hisoblangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizik nafaqasi summasiga buxgalteriya hisobida YOzuvlarni amalga oshiring.
4-masala Masalaning sharti: Xodim 20__ yilning 5 yanvaridan 9 yanvarigacha kasallik varaqasi oldi. Xodimning ish staji 9 yil. Hisob-kitob kunida xodimga 700 000 so‘m mansab maoshi belgilangan. Sug‘urta badallari hisoblab yozilgan to‘lovlarning 1/12 qismi 20__ yilning yanvar-dekabr oylari davri uchun olinishi kerak. Bu davrda xodimga quyidagilar hisoblab yozilgan: ustama-480 000 so‘m, chorak uchun mukofat 710 000 so‘m (martda – 150000 so‘m, iyunda – 170000 so‘m, sentabrda – 190000 so‘m, dekabrda – 200000 so‘m).
Talab qilinadi: -Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini hisoblab chiqarish uchun o‘rtacha oylik ish haqini aniqlang.
- Xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizik nafaqasini hisoblang.
-Hisoblangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizik nafaqasi summasiga buxgalteriya hisobida yozuvlarni amalga oshiring.
5-masala Masalaning sharti: Korxona xodimi 20___ yilning 2 fevralidan 10 fevraligacha kasallik varaqasi oldi, ya’ni vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz hisoblandi. U korxonada birinchi yil ishlamoqda va vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lguncha 7 oy ishlagan. Hisob-kitob kunida xodimning ta’rif stavkasi 500 000 so‘mga teng. U 7 oy ishlaganligi sababli sug‘urta badallari hisoblab YOzilgan tarif stavkasidan oshadigan to‘lovlar ishlangan davr, ya’ni 20__ yil iyuli – 20__ yil yanvari uchun olinadi. Hisobot davrida xodimga quyidagilar tarif stavkasidan ortiqcha hisoblab YOzilgan: ishbay haq – 650 000 so‘m, bayramga mukofat 100000 so‘m.
Talab qilinadi: -Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini hisoblab chiqarish uchun o‘rtacha oylik ish haqini aniqlang.
-Xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizik nafaqasini hisoblang.
-Hisoblangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizik nafaqasi summasiga buxgalteriya hisobida yozuvlarni amalga oshiring
6-masala Masalaning sharti: Xodimning oylik maoshi 800000 so‘m. Qo‘shimcha to‘lovlar 400000 so‘m. Ish staji 4 yil. Xodim 5 martdan 9 martgacha kasal bo‘ldi.
Talab qilinadi: -Xodimga kasallik nafaqasi hisoblang
-Qo‘liga tegadigan summani aniqlang
-Berilgan xo‘jalik operatsiyasiga buxgalteriya provodka bering