39
Qishki benzin
uchun
160
160
160
160
160
160
Qaynashning oxiri (ko‘pi bilan):
Yozgi benzin
uchun
195
195
195
205
205
205
Qishki benzin
uchun
185
185
185
195
195
195
Qoldiq
miqdori, %
1,5
1,5
1,5
1,5
1,5
1,5
Qoldiq va yo‘-
qolish miq-
dori, %, ko‘pi
bilan
4,0
4,0
4,0
4,0
4,0
4,0
To‘yingan bug‘ bosimi, kPa:
Yozgi benzin uchun
66,7
Qishki benzin uchun
66,7-93,3
Kislota soni,
KОН/100 sм
3
3,
0
1,0
3,0
3,0
0,8
2,0
Хaqiqiy smolalar
miqdori,
mg/100sm
3
:
5,
0
5,0
5,0
5,0
5,0
5,0
Benzinning induksion
davri, min
(ko‘pi bilan)
12
00
900
600
900
1200
900
Oltingugurt
miqdori, %
0,10
2.3. Avtomobil benzinlarining ekspluatatsion sifatini
bildiruvchi fizik - kimyoviy xossalarini
aniqlash va tahlil qilish
Barcha neft mahsulotlarining fizik-kimyoviy xossalari
standart yoki texnik shartlar talablariga javob bergandagina
ulardan foydalanish mumkin. Shuning
uchun neft mahsulotlari
bilan ta’minlovchi tashkilotning neft omboridan olinadigan har bir
neft mahsuloti uchun uning sifat pasporti talab qilinadi.
40
Nazorat-tekshirish uchun (sifat pasportida ko‘rsatilgan
ko‘rsatkichlar doirasida) yonilg‘i namunalarini neft mahsulotlari
bilan
ta’minlovchi
tashkilot-larning
neft
bazalaridagi
laboratoriyalarga yuboriladi. Yonilg‘i namunasi sig‘im-larning
uchta sathidan, ya’ni yonilg‘ining yuzidan 200 mm chuqurdan (1
qism), o‘rta sathidan (3 qism) va rezervuar tubidan 250-300 mm
chuqurlikda joylashgan pastki sathidan (1 qism) olingan namuna-
larni aralashtirib o‘rtacha namunasi olinadi. Har bir namunaga
uning markasi va olingan kuni ko‘rsatilgan yorliq yopishtirladi.
2.3.1. Benzinlarning tashqi ko‘rinishiga qarab baxolash
Rangi,
tiniqligi, xidi va tarkibida suv
,
mexanik aralashmalar
bor yo‘qligi tekshiriladi. Benzinlarning rangi: AI-80 sariq, AI-93
qizg‘ish, A-95 rangsiz, AI-98 ko‘k rangda bo‘ladi. Benzinlar
ranglanishi unga tetrayetilqo‘rg‘oshin (ТEQ) qo‘shilganini ko‘rs-
atadi. Tetrayetilqo‘rg‘oshin (ТEQ)
oktan sonini oshirish uchun
qo‘shiladi va bu benzinlar etillangan benzin deb ataladi. Etilli
suyuqlik tarkibida tetrayetilqo‘rg‘oshin bilan etil bromid
(brometan) aralashmasi va boshqa moddalar bor. Biroq, ular juda
zaharli bo‘lganligi tufayli, bunday antidetonatorli benzinning
ishlatilishi cheklashni taqozo etadi.
ТEQ odamni zaharlashi bilan
birga, dvigatelga ham zararli ta’sir ko‘rsatadi. Etillangan benzin
qurumining 60-70% ini qo‘rg‘oshin birikmalari tashkil etadi.
Etillangan benzinlarni ajratish uchun rang beriladi.
Benzin o‘ziga xos sezilarli xidga ega bo‘lib, uning bug‘lari
zaharli xisoblanadi. Benzinning tiniqligi tekshiriladi: benzinlar
tiniq bo‘lishi kerak, tarkibida xech qanday ko‘zga ko‘rinadigan
mexanik aralashmalar va su
v
bo‘lmasligi lozim.
Benzinning
tiniqligini shisha idishda aniqlanadi.
Mexanik aralashmalar va suv yonilg‘ida erimaydi, shuning
uchun yonilg‘ida ularning borligini rangsiz shishadan yasalgan
idishdagi yonilg‘ini ko‘zdan kechirib aniqlash mumkin.
41
Toza neft mahsulotlari bir jinsli bo‘ladi,
agar ular tarkibida
ozginagina suv bo‘lsa ham idishdagi hamma yonilg‘i xiralashadi,
bunday yonilg‘ini dvigatellarda ishlatish mumkin emas. Agar
benzin tarkibida suv
va mexanik aralashma mavjud bo‘lsa uning
rangi xira bo‘ladi va bunday xollarda u tindiriladi va filtrlardan
o‘tkaziladi. Agar bunday qilinmasa
ishlash vaqtida mexanik
aralashmalar karbyurator yo‘llarini to‘sib qismlarini, silindr va
porshenlarni ko‘p yeyilishiga sabab bo‘ladi. Idishlar tubida suv
borligi laboratoriyada kaliy permanganat
yordamida aniqlash
mumkin. U neft mahsulotlarida erimaydi, lekin suvda oson eriydi.
Bu moddani bir nechta kristali oq lattaga o‘rab, idish tubiga
tushiriladi va 3—4 min tutib turiladi. Pushti yoki qizil rangning
paydo bo‘lishi idishda suv borligini bildiradi. Bu holda suv
qatlamining qalinligini suvga sezgir qog‘oz
yoki pasta yorda-
mida aniqlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: