O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


-MAVZU:QISHLOG’IMIZGA BIR KELIB KETING. O’ZBEK TILINING LAHJA



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

14-MAVZU:QISHLOG’IMIZGA BIR KELIB KETING. O’ZBEK TILINING LAHJA 
VA SHEVALARI 
 
Og‘zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini 
izohlash. Mavzu bo‘yicha bahs-munozarada ishtirok etish.
Yozma nutq:
O’zbek tilining sheva va lahjalari haqida matn tuzish. Ta’lim jarayonida
eng ko‘p foydalaniladigan shevalar ro‘yxatini tuzish. 
Grammatika:
O’zbek tilining lahja va shevalari.
 
Qishloq
— aholisi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik va qishloq xo’jaligining boshqa 
sohalarida band bo’lgan aholi manzilgohi. Qishloq faqat aholisining mashg’uloti bilan emas, 
balki ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, tabiiy geografik va turmush tarzi bilan ham shahardan farq 
qiladi. Qishloq — O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishidagi eng quyi bo’g’in. 
Qishloqning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyati aholini yerdan qay darajada foydalanishi, joyning 
tabiiy-geografik shart-sharoitlari bilan bog’liq. Shu bois qishloqlar tarixan katta-kichik bo’lgan, 
turar joylar ham shunga qarab joylashgan. Tekis, sersuv va tuprog’i serunum, umuman, tabiiy 
sharoiti qulay joylarda yirik qishloqlar joylashib, aholi ancha gavjum yashagan, asosan, 
dehqonchilik, bog’dorchilik bilan shug’ullangan. Tekis, lekin suvi kam bo’lgan joylarda (cho’l 
va dashtlarda) aholi ko’proq chorvachilik bilan mashg’ul bo’lgan. Bunday joylarda qishloqlar 
kichik, bir-biridan ancha uzokda, asosan, quduqlar yonida joylashgan. Tog’li hududlarda 
qishloqlar ko’proq soy, buloqlar bo’yida tarkib topgan. 
Qishloqlar umumiy bir markazga — qishloq fuqarolik yig’inlariga ega bo’lgan, iqtisodiy 
va ijtimoiy jihatdan birbiriga uzviy bog’langan kichik aholi manzilgohlariga ham bo’linishi 
mumkin. Ular O’zbekistonda mahallalarga ajraladi. Tarixda mahallalarning bir qishloqga 
birlashishi aholining dehqonchilikning muayyan turi bilan shug’ullanishi, bir qabilaga 
mansubligi, bir ariqdan suv ichishi, hashar, to’y va ma’rakalarni birga o’tkazishiga bog’liq 
bo’lgan. 
Qishloq kishilarning ijtimoiy va tarixiy tarkib topgan birligidir. Ularning vujudga kelishi 
jamiyat taraqqiyoti va hududiy mehnat taqsimotidagi o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ladi. 
Sanoatning rivojlanishi va urbani-zatsiya munosabati bilan dunyoda qishloq aholisi salmog’i 
kamaymoqda. O’zbekiston qishloqlaridagi aholi salmog’i ortmoqda. Buning asosiy sababi 
qishloqlarda aholining takror barpo bo’lish jarayonining shaharlardagiga nisbatan bir qadar 
jadal kechishidadir. 1970—90 yillarda O’zbekiston aholisining 60% qishloqlarda yashagan. 
Respublikada tug’ilishning nisbatan yuqoriligi ma’lum darajada oilalarning ko’pchiligi Q. 
sharoitida, qishloq turmush tarzida yashab kelayotganligi bilan bog’liq. Masalan, 1990- yilda 
qishloqlarda har 1000 kishiga 39 ta bola tug’ilgan bo’lsa, shaharlarda 26 ta bola tug’ilganligi 
qayd etilgan. Mustaqillik yillarida aholi turmush tarzida iqtisodiyijtimoiy o’zgarishlar sodir 
bo’ldi. 1995 yilda O’zbekiston qishloqlarida tug’ilishning yig’indi koeffitsiyenti 4,12 ni tashkil 
etib, aholi takror barpo bo’lishining kengaygan turiga mansub bo’lsa, 2001- yilda bu 
ko’rsatkich 2,75 ga tushdi va aholi takror barpo bo’lishining oddiy (normal) turini 
ta’minlamoqsa. Bu holat O’zbekiston qishloq oilalarida ko’p bolalilikdan o’rtacha bolalilikka 
o’tish jarayoni ro’y berayotganini ko’rsatadi. 


88 
Qadimiy qishloqlar aholining mavsumiy manzilgohlaridan tashkil topgan. O
ʻ
zbekiston 
hududidagi qishloqlar dastlab kishilarning qish faslida istiqomat qiladigan joyi sifatida vujudga 
kelgan ("qishloq" nomi ham shundan). Odamlar astasekin dehqonchilik bilan shug
ʻ
ullanib, 
o
ʻ
troqlik davriga o
ʻ
tgach, qishloqlar ko
ʻ
paydi va kengaydi. Ibtidoiy jamiyat davrida shakllangan 
urug
ʻ
birlashmalari o
ʻ
troqlik davrida ham saqlanib, bir urug
ʻ
bir qishloqqa o
ʻ
rnashgan. Hozirgi 
ayrim qishloqlar o
ʻ
sha urug
ʻ
nomi bilan yuritiladi. Keyinchalik urug
ʻ
larning qabilalarga 
birlashishi natijasida yirik yoki bir-biriga yaqin joylashgan qishloqlar paydo bo
ʻ
ldi. Masalan, 
Kenagas, Manaq, Mang
ʻ
it, Mingli, Nayman, Mitan va boshqa Quldorlik davrida ko
ʻ

mamlakatlarda quldorlarning yerlarida ishlaydigan kishilarning bir joyga o
ʻ
rnashishi bilan ham 
qishloq paydo bo
ʻ
lgan.
Yuridik maqomi. "O
ʻ
zbekiston Respublikasida Ma
ʼ
muriy hududiy tuzilish, toponimik 
ob
ʼ
yektlarga nom berish va ularning nomlarini o
ʻ
zgartirish masalalarini hal etish tartibi 
to
ʻ
g
ʻ
risidagi" O
ʻ
zbekiston Respublikasining 1996- yil 30- avgustdagi qonunida qishloqlar, 
ovullarni tuzish va tugatish, chegarasini o
ʻ
zgartirish, aholi punktlarini birlashtirish, ma
ʼ
muriy 
markazlarini belgilash va ko
ʻ
chirish, nom berish va ularning nomlarini o
ʻ
zgartirish va boshqa 
vazifalar tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan, xalq deputatlari viloyat 
Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog
ʻ
iston Respublikasida esa — Jo
ʻ
qorg
ʻ
i Kenges tomonidan 
amalga oshiriladi deyilgan. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish