O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


Topshiriq.  Har bir talabalar o’zlari



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

Topshiriq. 
Har bir talabalar o’zlari
 
mansub bo’lgan shevalarga 50 ta misol yozib kelish.
 
15-MAVZU. INTERNET HAYOTIMIZDA.
ADABIY SO‘ZLASHUV USLUBI 
Og‘zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini 
izohlash. Mavzu bo‘yicha bahs-munozarada ishtirok etish.
Yozma nutq:
Internet madaniyati haqida matn tuzish. Ta’lim jarayonida eng ko‘p 
foydalaniladigan internet saytlari ro‘yxatini tuzish va tavsiyaqilish. Internetdan foydalanish 
to‘g‘risida polilog tuzishva uni inssenirovka qilish.
Grammatika:
Adabiy so‘zlashuv uslubi.
Internet bugun bizning hayotimizda keng o‘rin egalladi. Hozir nafaqat ma’lum
soha kishilari, balki yoshu-qari, o‘quvchiyu uy bekasi, ziyoliyu ishchi – barcha o‘ziga
zarur bo‘lgan ma’lumotlarni internet tarmoidan topishi oddiy hol bo‘lib qoldi. Shuning
uchun Internet barcha o‘quv va ish jarayoniga bevosita kiritilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Bu tarmoqning qulayligi shundaki, unda vaqt va mavzu chegeralanmagan – har bir kishi bilimi, 
sohasi va dunyoqarashidan kelib chiqib o‘ziga tushunarli va zarur bo‘lgan zamonaviy hamda 
qadimiy ma’lumotlarni topishi shubhasiz.
 
Internet hamlasi: xavf va himoya 
Texnik taraqqiyotni to‘xtatish mumkin emas: biz buni xohlaymizmi-yo‘qmi, kompyuter 
texnologiyalari hayotimizda mustahkam o‘ringa ega, kompyuter savodxonligi ko‘rsatkichi esa 
ko‘p hollarda insonning yuqori saviyasini belgilab beruvchi omilga aylanib bormoqda. Bugun
kompyuterda ishlashni bilmaydigan xodimni yaxshi mutaxassis deyish qiyin. Agar o‘tgan
asrning 90-yillari o‘rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg‘ulotlari musiqa tinglash va 
teleko‘rsatuvlar ko‘rish bo‘lsa, ayni kunda esa kompyuter va internet avvalgi
qiziqishlarni yosh avlod hayotidan siqib chiqardi. Hozirgi zamon yoshlarining 70 foizi o‘z 
qiziqish va sevimli mashg‘ulotlari haqida so‘z yuritganda sport, do‘stlar bilan suhbatlashish,
ma’naviy va madaniy hordiq chiqarish chiqarish bilan bir qatorda kompyuter 
texnologiyalari, internetga bo‘lgan qiziqishini birinchi o‘rinda tilga oladi. Onlayn hayot 
vakillari Nielsen/Net Ratings kompaniyasi o‘tkazgan so‘nggi ilmiy tekshiruvlar
natijalariga ko‘ra, butun dunyo tarmog‘iga ulanayotgan yosh bolalarning soni kun emas,
soat sayin oshmoqda. O‘tgan yili dunyo tarmog‘ida 10 million yoshlar "sayr qilgan"
bo‘lsa, hozirda ularning soni allaqachon 13 millionga yetdi. Mutaxassislarning fikricha,
bu - tabiiy holat.
Negaki, kundan-kunga internetdan foydalanayotgan oilalar, demak, undan
foydalanayotgan farzandlar soni kupaymoqda. Bunday onlayn hayotda yashaydigan 
yoshlarning katta qismi - 4,5 millioni Buyuk Britaniyaga to‘g‘ri keladi. Ular har kuni elektron 


90 
manzillarini tekshiradi, turli xil saytlardan ma’lumot izlaydi va chat (global tarmoqdagi
suhbatxona)lar orqali muloqotda bo‘lishadi. Germaniyada hozircha 3 va Fransiyada 1,5 
million yoshlar vaqtini asosan onlayn tizimida o‘tkazadi. Bir yildan so‘ng esa bu ko‘rsatkich 
ikki baravarga oshishi kutilmoqda. Darhaqiqat, 21 asr zamonaviy yoshlar hayotiga sezilarli 
chizgilarni kiritdi. O‘tgan asr bolalari maktab, turli to‘garak va sport sektsiyalariga
chopgan bo‘lsa, bugun ular o‘zaro disklar, fleshkalar va axborotni saqlovchi shu kabi
boshqa vositalardan imkon boricha tez foydalanishga shoshiladi. Yosh avlodning ota-
onalariga nisbatan kompyuter savodxonligi baland, ko‘pgina olti yashar bolalar blyutuz
(bluetooth) va spam nimaligini kattalarga nisbatan yaxshi biladi. Dunyoning rivojlangan 
mamlakatlaridan biri Kanadada o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan 6 ming bola o‘rtasida
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, ular sodda ota-onalari o‘ylaganidek, internetdan
aksariyat, hollarda axborot olish maqsadida foydalanmas ekan. So‘rovda ishtirok 
etganlarning 99 foizi internetdan foydalanishini, ularning har o‘n nafaridan sakkiz nafari uyda 
ulanish imkoniyatiga ega ekanini bildirdi. Kanada yoshlarining yarmidan ko‘pi internet va
kompyuter texnologiyalarni ota-onalaridan yaxshiroq bilishini aytgan.
Ularning 80 foizi mustaqil ravishda internetga ulanishini, ota-onalari kompyuterga
himoya vositasi bo‘lgan «filtrlash» dasturini o‘rnatib qo‘ymaganliklari va farzandlari qanday 
saytlarga kirishini nazorat qilmasligini tan olishdi. Umuman olganda, ota-onalarning
aksariyat qismi, aniqrog‘i, 65 foizi farzandlari internetdan faqat uy vazifasinitayyorlash uchun 
foydalanadi, degan fikrda, yoshlar esa ilm olishni eng oxirgi o‘ringa qo‘yadilar. Ular asosan 
internet orqali musiqa tinglaydi, elektron manzilni tekshiradi, xullas, vaqtini chog‘
o‘tkazadi. Yoshlarning uchdan ikki qismi internetga yangi do‘stlar orttirish va kim bilandir 
suhbatlashish maqsadida ulanadi, ularning 15 foizi keyinchalik bu munosabatlarni real hayotda 
davom ettirar ekan. Muloqotning bu kabi shakllari yaxshi, albatta. Biroq masalaningikkinchi 
tomoni ham borki, unga chuqurroq nazar tashlash lozim. Alohida e’tibor talab etadigan jihat 
esa internet orqali ta’qib deb nomlanadi.

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish