Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/84
Sana02.05.2020
Hajmi0,81 Mb.
#48710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
19 tom 2011 yil

 
O‘zbekiston Respublikasi  
Prezidenti I.Karimov 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
16
 
 
 
 
O‘ZBEKISTON PAXTAKORLARI VA BARCHA 
MEHNATKASHLARIGA 
 
Qadrli do‘stlar! 
Bugun el-yurtimiz hayotida quvonchli bir kun. Mamlakatimiz 
paxtakorlari 3 million 400 ming tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod 
etib, katta mehnat g‘alabasini qo‘lga kiritdilar. 
Haqiqatan ham ulkan va sharafli mehnat samarasi bo‘lmish mana 
shunday marraga erishganingiz bilan o‘z kasbining ustasi va fidoyisi 
bo‘lgan siz, azmi qat’iy dehqon va fermerlarimizni, barcha qishloq 
mehnatkashlarini chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.  
Albatta, bu yilgi mavsumning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ko‘p 
gapirish mumkin, lekin men uchta muhim jihatga alohida e’tibor qaratishni 
o‘rinli deb bilaman.  
Avvalo, qishloq mehnatkashlarining yuksak uyushqoqlik namunasini 
ko‘rsatib, ishni to‘g‘ri va oqilona tashkil etish hisobidan bu yilgi hosilni 
paxtachilik tariximizda kam uchraydigan g‘oyat qisqa muddatda yig‘ib-
terib olishga erishganini mamnuniyat bilan ta’kidlash lozim.  
Qo‘lga kiritilgan bu yutuqning e’tiborli ikkinchi tomoni shuki, 
yetishtirilgan paxtaning asosiy qismi yuksak sifat bilan tayyorlandi. 
Mamlakatimiz bo‘yicha birinchi navga topshirilgan paxta xomashyosining 
ulushi taxminan 90 foizni tashkil etgani ham buning yaqqol tasdig‘idir.  
Yana bir diqqatga sazovor tomoni – bu yil paxtachilikda hosildorlik 
darajasi sezilarli ravishda oshgani barchamizni quvontiradi. Joriy yilda 
mamlakatimiz bo‘yicha o‘rtacha hosildorlik o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga 
oshib, gektaridan 26,3 sentnerni tashkil etgani buning yorqin dalilidir. 
Bunday muhim yutuq avvalambor barchamizni boqadigan yerimizning 
unumdorligi, shu bilan bir qatorda, qishloq xo‘jaligida mehnat 
samaradorligining tobora ortib borayotganidan darak beradi, desak, hech 
qanday xato bo‘lmaydi. 
Bugun mana shunday qutlug‘ ayyomda mamlakatimizning yuksak 
xirmoniga munosib hissa qo‘shgan viloyatlar, tuman va fermer 
xo‘jaliklarining nomlarini hurmat bilan tilga olamiz.  


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
17
Bu yilgi mavsumda Navoiy viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarining 
paxtakorlari shartnomaviy majburiyatlarni qisqa muddatlarda ortig‘i bilan 
ado etgani uchun har qancha tasannolar aytsak, arziydi, albatta. 
Shu borada Amudaryo, Paxtaobod, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Vobkent, 
Gurlan tumanlari sentabr oyida, Kegeyli, Oltinko‘l, Izboskan, Romitan, 
Shahrisabz, Muborak, Qiziltepa, Navbahor, Narpay, Denov, Xonqa 
tumanlari esa oktabr oyining boshida, 20-25 ish kunida birinchilar qatorida 
rejalarni bajarib, boshqalarga o‘rnak bo‘ldilar.  
Yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishgan Qashqadaryo, Buxoro va 
Navoiy viloyatlarida paxtaning 90-94 foizi, Shahrisabz, Koson, Vobkent, 
Qorovulbozor, Qiziltepa, Amudaryo, Narpay, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo 
kabi tumanlarda esa 94-97 foizi birinchi navga topshirilgani ayniqsa 
e’tiborlidir.  
Hosildorlik bo‘yicha yuksak natijalarni qo‘lga kiritgan Qanliko‘l 
tumanidagi “Ganjebek”, Buloqboshi tumanidagi “Baraka hosil samarasi”, 
Romitan tumanidagi “To‘xtamurod”, Kasbi tumanidagi “Kenja bobo 
Egamberdiyev”, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Hosil”, Denov tumanidagi 
“Mamatmurod Hotamov”, Arnasoy tumanidagi “Sangzor”, Navbahor 
tumanidagi “Muslim Madaminov”, Chinoz tumanidagi “Hikmatilla 
Yo‘ldoshev”, Oltiariq tumanidagi “Nurobod”, Namangan tumanidagi 
“Navbahor namunasi”, Sirdaryo tumanidagi “Tinibek bobo”, Xonqa 
tumanidagi “Bekajon Sobirova” kabi fermer xo‘jaliklarida – bunday ajoyib 
yutuqlarga erishgan xo‘jaliklar sonini yana ko‘plab keltirish mumkin – 
gektaridan 45-50 sentner va undan ham yuqori hosil olinganining o‘zi 
dehqonchiligimiz tarixiga yangi sahifa bo‘lib kirishi shubhasiz.  
Ko‘pchilikning e’tiborini, hayrat va havasini uyg‘otadigan, joriy yilda 
erishgan yutuqlarimiz negizida yotgan mezon va omillar haqida alohida 
gapirishni zarur deb bilaman.  
Avvalo, buning zamirida keyingi yillarda g‘o‘za seleksiyasi masalasiga 
katta e’tibor qaratib, O‘zbekistonning har qaysi hudud va mintaqasiga mos 
bo‘lgan, kasalliklarga chidamli, ertapishar va serhosil, yuqori daromad 
beradigan navlarni yaratish va tanlash, ularni rayonlashtirish bo‘yicha olib 
borayotgan keng ko‘lamli ishlarimiz mujassam ekani barchamizga ayon.  
Ayni vaqtda zamonaviy agrotexnologiyalarning joriy etilgani, hosilni 
zararkunandalardan himoya qilishda biologik usullardan keng 
foydalanilgani, barcha agrotexnik tadbirlar, jumladan, defoliatsiya o‘z 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
18
vaqtida va sifatli o‘tkazilgani yutuqlarimizda hal qiluvchi omil bo‘lganini 
ta’kidlash lozim.  
Shu borada bundan uch yil oldin qabul qilingan, yerlarning meliorativ 
holatini yaxshilashga qaratilgan dasturimizning ahamiyati, mohiyati va 
samarasini, o‘ylaymanki, baholashning o‘zi qiyin. Bu fikrning tasdig‘ini 
quyidagi raqamlar yaqqol ifoda etadi. 2008-2010 yillar davomida 
mamlakatimiz bo‘yicha 37 ming kilometrdan ortiq, shu jumladan, 35 ming 
kilometrlik tumanlar va xo‘jaliklararo kollektor va drenaj tarmoqlarini 
ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hisobidan 740 ming gektar 
sug‘oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi. Buning uchun 
mamlakatimiz bo‘yicha taxminan 300 milliard so‘m mablag‘ 
yo‘naltirilganining o‘zi bu masalaga qanday katta e’tibor 
berayotganimizning isbotidir.  
Albatta, qo‘lga kiritgan yutuqlarimizning poydevori bo‘lgan, ulkan 
mablag‘, kuch va imkoniyatlarni talab qiladigan bunday dastur va tadbirlar 
haqida gapirishimiz tabiiy. Lekin, qishloq xo‘jaligi sohasini samarali 
boshqarishni zamonaviy darajaga ko‘tarish yo‘lida chuqur islohotlarni 
amalga oshirish, fermerlik harakatiga keng yo‘l ochib berish, uni 
dehqonchilikning hal qiluvchi bo‘g‘iniga aylantirish, shuning hisobidan 
dalada ishlayotganlarning mehnatini munosib qadrlash va rag‘batlantirish 
bu borada eng muhim ahamiyat kasb etmoqda.  
Biz bugungi kunda dehqon va fermerlarimizning dunyoqarashi tobora 
yuksalib, yerga, mehnatga munosabati tubdan o‘zgarib, ularda o‘z yeriga 
haqiqiy egalik hissiyotining kuchayib borayotganini qishloq hayotini obod 
va farovon etishning, el-yurtimiz qo‘lga kiritayotgan barcha marralarning 
asosiy sharti va garovi deb bilamiz.  
Hech kimga sir emas – har qanday yutuqning pirovard natijasi 
daromad bilan – bu qishloq xo‘jalik xodimi yoki oddiy dehqonning 
daromadi bo‘ladimi, tuman yoki viloyat, qolaversa, davlat budjetiga 
tushadigan mablag‘ bo‘ladimi – hamma qilayotgan ishlarimizning samarasi 
daromad va yana bir bor daromad bilan o‘lchanadi. Shu ma’noda, bu yil 
paxtachilikdan olinadigan umumiy daromad taxminan 2 trillion so‘mdan 
ziyod bo‘lishi va o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga ko‘payishi kutilayotgani 
barchamizga mamnuniyat bag‘ishlaydi.  
Xalqimizda daromadga yarasha buromad, degan oqilona hikmat bor. 
Shu nuqtai nazardan qaraganda, qo‘lga kiritgan daromad hisobidan yangi-
yangi maktablar, litsey va kollejlar, shifoxonalar, qishloq vrachlik 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
19
punktlari, madaniyat va sport maskanlarini qurish, qishloqlarda qulaylik 
nuqtai nazaridan shahardagidan aslo kam bo‘lmagan zamonaviy uy-joylar 
barpo etish, yo‘llarni ta’mirlash, aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan 
ta’minlash, bir so‘z bilan aytganda, xalqimizning hayot darajasi va sifatini 
yanada oshirish borasida oldimizda katta imkoniyat va ufqlar paydo 
bo‘lishini barchamiz yaxshi tushunamiz.  
Aziz do‘stlarim, birodarlarim!  
Mana shu xursandchilik damlarida barchamizni yorug‘ kunlarga 
yetkazib, el-yurtimizni o‘z panohida asrab, bizdan marhamatini darig‘ 
tutmasdan, hamisha yo‘limizni ochib berayotgani uchun Yaratganimizga 
shukronalar aytishimiz ham qarz, ham farz deb bilaman.  
Sizlarni, butun xalqimizni bugungi katta g‘alaba bilan yana bir bor 
tabriklar ekanman, hammangizga chin qalbimdan minnatdorlik bildirib, 
barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-
osoyishtalik va qut-baraka tilayman.  
Mehnatingizning rohatini ko‘ring, hech qachon kam bo‘lmang, 
qadrdonlarim! 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish