Shuni alohida qayd etish lozimki, jinoiy-huquqiy sohadagi
siyosatni takomillashtirishda jinoyat va jinoyat-protsessual
qonunchiligini yanada liberallashtirish va insonparvarlik
tamoyillariga muvofiqlashtirish eng muhim yo‘nalishga aylandi.
Ushbu sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlar, xususan, 2001 yilda
“Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish
haqida”gi Qonunning qabul qilinishi ulkan sotsial va ijtimoiy-siyosiy
ahamiyat kasb etganini ishonch bilan ta’kidlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |