O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri,
2010 yil 15 oktabr
www.ziyouz.com
kutubxonasi
20
MAMLAKATIMIZDA DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI
YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI
RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma
majlisidagi ma’ruzasi
Hurmatli deputatlar!
Aziz do‘stlar!
Shu kunlarda barchamiz nihoyasiga yetib borayotgan 2010 yilni
yakunlab, Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligi nishonlanadigan yangi
2011 yil ostonasida turibmiz.
Tariximizga kirib kelayotgan bu buyuk marra munosabati bilan o‘tgan
davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o‘zgarib
borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va
fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib
borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‘ilmoqda.
Qisqacha aytganda, biz o‘z oldimizga qo‘ygan uzoq muddatli strategik
maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga
kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini
yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash borasidagi sa’y-
harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho berishimiz
tabiiydir.
Ma’lumki, O‘zbekiston 1991 yili o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan
so‘ng umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-
taqsimot tizimidan voz kechib, “o‘zbek modeli” deb nom olgan o‘z
taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi.
Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tatbiq etayotgan ushbu
modelning ma’no-mazmuni – davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni
tubdan o‘zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning
siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini
www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
bajarishi, ya’ni islohotlar tashabbuskori bo‘lishi va ularni muvofiqlashtirib
borishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish,
islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga
asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan
iboratdir.
Biz islohotlarni inqilobiy usulda, ya’ni “shok terapiyasi” yo‘li bilan
amalga oshirishdan ongli ravishda voz kechib, tadrijiy taraqqiyot yo‘lini
tanlab olganimiz tufayli xalqimizni qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi
mumkin bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy to‘fonlardan asrab qolishga
muvaffaq bo‘lganimizni bugun hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda.
Izchil yuqori o‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya
tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga
oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, umuman, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish yo‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi,
shuningdek, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot
banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof
etilmoqda.
Haqiqatan ham, qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz
mobaynida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 3,5 barobarni,
aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining real
daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir. Ayniqsa,
ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar – aholini ijtimoiy himoya
qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko‘paygani,
turmush darajasining sezilarli ravishda yaxshilangani va buning natijasida
onalaro‘limi 2 barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 barobar kamaygani,
odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan,
ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga yetganini mamnuniyat bilan
ta’kidlasak arziydi, deb o‘ylayman.
2008-2010 yillarda, ya’ni dunyoning aksariyat mamlakatlarida
iqtisodiy o‘sish sur’atlari sezilarli ravishda tushib ketgan, ishlab
chiqarishpasaygan bir vaqtda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning
o‘sish sur’atlari 2008 yilda 9 foizni, 2009 yilda 8,1 foizni tashkil etgani,
2010 yilda bu ko‘rsatkich 8,5 foizga yetishi kutilayotgani, kelgusi 2011
yilda esa 8,3 foiz darajasida bo‘lishi belgilab berilayotgani ko‘pgina
xalqaro tuzilmalar, ekspert va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Dunyoda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda davlatning tashqi
qarzlari ko‘payib borayotgani jiddiy xavotir tug‘dirayotgan bir paytda
www.ziyouz.com
kutubxonasi
22
O‘zbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan
oshmaydi, davlat budjeti esa so‘nggi besh yilda profitsit bilan
bajarilmoqda.
Albatta, mamlakatimiz qo‘lga kiritayotgan bunday ulkan yutuqlar
ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin.
Ma’lumki, sobiq tuzum davrida respublikamizning iqtisodiyoti bir
tomonlama rivojlangan, faqat xomashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan
bo‘lib, mash’um salbiy oqibatlarga olib kelgan paxta yakkahokimligi
avjiga chiqqan edi. O‘zbekiston o‘zining qoloq ishlab chiqarish va sotsial
infratuzilmasi bilan sobiq ittifoqda jon boshiga iste’mol darajasi bo‘yicha
eng past o‘rinda turardi. Mustaqil rivojlanish yillarida – tarixan qisqa bir
davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qo‘lga kiritdi, buning natijasida
mamlakatimizning qiyofasi butunlay o‘zgarib, jahon hamjamiyatidagi o‘rni
va nufuzi yuksalib bormoqda.
Ayni paytda barchamiz bir haqiqatni o‘zimizga aniq tasavvur
etishimizni istardim. Ya’ni, erishilgan bunday marralar – barqaror
rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq demokratik huquqiy
davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so‘zda emas,
amalda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan, jahon miqyosida obro‘-e’tibor
qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak
maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo‘lning bir qismi, xolos.
Bu yo‘lda biz duch kelishimiz mumkin bo‘lgan shunday bir xavf borki,
u ham bo‘lsa, avvalambor erishilgan yutuqlarga mahliyo bo‘lib, xotirjamlik
kayfiyatiga berilish, real voqelikdan uzilib qolish xavfidir. Bu esa
mamlakatimiz taraqqiyotining samaradorligi va istiqboliga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan
bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar jarayonida
egallab turgan o‘rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib
borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan
hamqadam bo‘lishimiz shart.
Ma’lumki, hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi. Shu bois
avvalambor ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli falokatlar, jahon
iqtisodiyotining yuksalishi va inqirozini oldindan ko‘rish imkonini
beradigan, har tomonlama chuqur o‘ylangan, aniq maqsad va ustuvor
yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
23
strategiyasiga ega bo‘lgan mamlakat va xalq pirovard natijada
muvaffaqiyatga erishadi.
Shu munosabat bilan alohida ta’kidlab aytmoqchimanki, mustaqil
taraqqiyotimizning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob
qilar ekanmiz, ularni haqqoniy baholash va islohotlar dasturiga ma’lum
o‘zgartishlar kiritish bilan birga, birinchi navbatda ertangi kun talablaridan
kelib chiqqan holda, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish
yo‘lidagi izchil harakatlarimizni kuchaytirishimiz, ularni yangi, yanada
yuqori bosqichga ko‘tarishimiz darkor.
Shu ma’noda, 1992 yil dekabr oyida qabul qilingan, mamlakatimizning
demokratik taraqqiyotini ta’minlash va fuqarolik jamiyatini
shakllantirishning asosiy prinsiplarini belgilab bergan
Konstitutsiyamizning qoida va normalariga tayanish alohida ahamiyat kasb
etadi. Bu boradagi ishlarimiz 2001 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan keyingi
10 yil davomida yanada faollashib, ko‘lami va miqyosi tobora kengayib
bormoqda.
Natijada bugungi kunga kelib biz o‘z oldimizga qo‘ygan asosiy
maqsadimizga erishdik, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor.
Buning tasdig‘ini mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish
jarayoni hech qachon ortga qaytmaydigan, qat’iy va izchil tus olgani,
odamlarimiz o‘zgarib, ularning siyosiy va fuqarolik faolligi oshayotgani,
ongu tafakkuri yuksalib, yon-atrofda bo‘layotgan barcha voqea-hodisalarga
daxldorlik tuyg‘usi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani misolida
ko‘rish, anglash qiyin emas.
Yurtdoshlarimizning, butun jamiyatimizning hayotidagi ana shunday
o‘zgarish va yangilanishlar, o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, bugungi kunda
mamlakatimizning taraqqiyot va farovonlik yo‘lidan dadil rivojlanib
borishini ta’minlayotgan hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.
Mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘limiz va to‘plagan tajribamizni
xolisona baholash, qo‘lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish
mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha biz
tanlagan modelning naqadar to‘g‘ri ekanini va shu yo‘ldan bundan buyon
ham og‘ishmay qat’iyat bilan borishimiz zarurligini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, quyidagi yo‘nalishlarni demokratik
o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor vazifalari
sifatida belgilash zarur, deb o‘ylayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |