Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar
soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi
munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq
Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:
1) qaramog‘ida ikki yoki undan ortiq kishi bo‘lgan
xodimlarga;
2) oilasida undan bo‘lak mustaqil ish haqi oluvchi bo‘lmagan shaxslarga;
3) mazkur korxonada ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga;
Oldingi tahrirga qarang.
4) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv
yurtlarida tegishli mutaxassislik bo‘yicha malakasini oshirayotgan xodimlarga va ishlab
chiqarishdan ajralgan holda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarini tamomlagan
shaxslarga o‘qishni tugatgandan so‘ng mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotgan taqdirda ikki yil
mobaynida;
(103-modda ikkinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-
239-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 554-modda)
5) mazkur korxonada mehnatda mayib bo‘lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan
shaxslarga;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-sonli “Tibbiy-
mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada
takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga
yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
6) urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori
bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilova (“Urush
qatnashchilariga tenglashtiriladigan shaxslar”) va 2-ilova (“Urush nogironlariga tenglashtiriladigan
shaxslar”).
7) atom obyektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiatsiya
nurlanishi bilan bog‘liq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yo‘liqqan yoki shunday
kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga; nogironligi atom obyektlaridagi falokatlar
munosabati bilan boshlanganligi aniqlangan nogironlarga; ana shunday falokatlar va
halokatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari qatnashchilariga, shuningdek mazkur zonalardan
evakuatsiya qilingan yoki ko‘chirilgan shaxslarga hamda ularga tenglashtirilgan boshqa
shaxslarga.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-sonli qarori
bilan tasdiqlangan Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmat o‘tagan,
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Ro‘yxati.
Jamoa shartnomasida xodimlarni ishda qoldirishda afzallik beriladigan boshqa holatlar
nazarda tutilishi mumkin. Bu holatlar, agar xodimlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi
qismlariga muvofiq ishda qoldirishda afzallik huquqiga ega bo‘lmagan taqdirdagina, inobatga
olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar
tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi
haqida”gi qarorining 16-bandining birinchi, oltinchi xatboshilari va 25-bandi.
Do'stlaringiz bilan baham: