Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalligi tufayli
vafot etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining
muddatidan qat’i nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo‘lsa,
shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining
muddati sug‘urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo‘lgan yoshiga bog‘liq bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi
Qonunining IV bobi (“Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari”).
Do'stlaringiz bilan baham: