286-modda. Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi
Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi homiladorlik va tug‘ish ta’tilining butun davrida to‘liq
ish haqi miqdorida to‘lanadi (233-modda).
LexUZ sharhi
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomning 4 va
5-paragraflari (ro‘yxat № 1136, 14.05.2002-y.).
287-modda. Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa
Bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi. Har bir tug‘ilgan bola uchun
beriladigan nafaqaning miqdori va uni to‘lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi
nizomning 6 paragrafi (ro‘yxat raqami 1136, 14.05.2002-y.).
Do'stlaringiz bilan baham: |