290-modda. Nogironlik pensiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironlik pensiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari
deb topilgan, sug‘urta qilingan xodimlarga:
mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli — mehnat
faoliyatining muddatidan qat’i nazar;
boshqa sabablar tufayli — muddati sug‘urta qilingan xodimning nogironlik ro‘y bergan
vaqtdagi yoshiga bog‘liq tegishli umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi
Qonunining III bobi (“Nogironlik pensiyalari”).
(290-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |